“Yoshlar partlamenti”
tuzildi
hamda 29 iyunь kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Yoshlar
ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida «Yoshlar parlamenti» faoliyatiga
ko‘maklashish to‘g‘risidagi hamkorlik Bitimi imzolandi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish,
jamiyatda yoshlarni siyosiy faol qatlamga aylantirish hamda ularning siyosiy-
huquqiy bilim va ko‘nikmalarini amalda boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi
jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida
keng
targ‘ib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini
oshirish “Yoshlar parlamenti”ning maqsadi etib belgilandi.
“Yoshlar parlamenti” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi, tegishli siyosiy partiyalar va O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga
hisobdor bo‘lib, “Yoshlar parlamenti” a’zosi parlamentning vakolatlari muddatiga
jamoatchilik asosida saylanadi.
“Yoshlar parlamenti” a’zosiga komissiya tomonidan guvohnoma va ko‘krak
nishoni beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |