14-mavzu. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanayotgan O'zbekiston


  Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun



Download 436,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana22.06.2022
Hajmi436,91 Kb.
#692373
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu matni

2. 
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun 
ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevralda 
qabul qilgan “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar 
strategiyasi 
to'g'risida”gi 
farmonida 
davlat 
va 
jamiyat 
qurilishini 
takomillashtirishga 
yo'naltirilgan 
demokratik 
islohotlar 
va 
mamlakatni 
modernizatsiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat 
boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat qaratilgani 
ayniksa e'tiborga molik. Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi 
rivojlanish yo'nalishlari belgilab berildi. “Iktisodiyotda davlat ishtirokini strategik 
asoslangan darajada qisqartarish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni 
himoya qilishga doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi 
organlari va barcha darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa 
sifatida belgilanadi” . 
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati 
tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o'rtasidagi munosabatlarning samarali 
tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so'nggi yillarda konstitutsiyaviy 
qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan, 
2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
ayrim moddalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (78, 80, 93, 96 va 
98-moddalariga)”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini 
yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo'ldi. 
Hokimiyat sub'ektlari o'rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga 
erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga 
kiritilgan tuzatishlar jiddiy axamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni 
takomillashtirishga yo'naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari 
mustaqilligining oshishiga xizmat kilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida 
o'zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo'g'inlarni nazarda tutadi. 
Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar 
qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi 
Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar 
hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun 
taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi 
hokimiyat mustakilligini va ta'sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini 
taklif etish va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning hisobotini tinglash va 
muhokama qilish tartib takomilining kiritilishi Parlament rolini yanada 
kuchaytirishga ko'maklashuvchi institut bo'ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan 
yangiliklarning axamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining 
sub'ektlari, ya'ni, davlat boshlig'i bo'lgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlar o'rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini 
ta'minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to'g'risidagi ta'limotga 


ko'ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to'g'ri taqsimlanishi davlat idoralari 
faoliyatining barqarorligini, ular o'rtasida samarali hamkorlik yo'lga qo'yilishini 
kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib 
va adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma'noda demokratik tabiatga 
ega bo'lishi va inson huquqlari izchil ta'minlanishining garovidir. 
Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va 
ma'muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, 
milliy, jug'rofiy, ma'naviy va boshqa omillar ta'sirida shakllanadi. Boshqaruv 
madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va 
turg'undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt 
ichida o'zgartirish birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi 
tizimini qonunchilik islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o'zgartirish 
(yangilash) mumkin, ammo bosharuvga bog'liq mafkurani, mentalitetni, ongni va 
madaniyatni darxol o'zgartirishning iloji yo'q. 
Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini 
modernizatsiya qilishning bir qator yo'nalishlari va vazifalari Harakatlar 
strategiyasida belgilab berilgan.
Birinchidan, demokratik davlat boshqaruv mezonlarini belgilovchi 
printsiplarni hayotga sobitqadamlik va jadallik bilan joriy etib borish. Bular 
boshqaruvda inson huquq va manfaatlarining ustuvorligi, hokimiyatlar 
taqsimlanishi (shu jumladan, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar 
o'rtasida vakolatlarning oqilona taqsimlanishi), qonun ustuvorligi, davlat 
boshqaruviga xalq ommasi hamda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish, 
davlat boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligi va ochikligi kabi 
tamoyillardir. 
Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparata faoliyatining qonunchilik, huquqiy 
bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi. 
Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug'ullanuvchi 
organlarning tarkibiy tuzilmasi va funktsiyalarini ratsionallashtirish ma'muriy 
islohotning muxim vazifasi xisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy 
tuzilmalarning bo'lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo'lishini 
bartaraf etib borish talab etiladi. 
Turtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini 
ta'minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta'minlovchi 
samarali mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
faollashtirish zurur. 
Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma'muriy 
islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy 
asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida axamiyat kasb etadi. 
Bunday huquqiy xujjatlar qatorida Ma'muriy protsessual kodeksning, “Ma'muriy 
protseduralar to'g'risida”gi va “Davlat xizmati to'g'risida”gi qonunlarning qabul 
kilinishi Harakatlar strategiyasida aytib o'tiladi. 
O'zbekistan Respublikasida sudьyalar mavqeini oshirish bo'yicha sudьya 
lavozimida bo'lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddatini va 


shundan so'ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudьyalarga 
nisbatan intizomiy ish qo'zg'atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi. 
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan 
Resiublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida

gi PF-4966-son Farmoniga 
ko'ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudьya katta 
yordamchisi, sudьya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudьyalarni 
odil sudlov bilan bevosita bog'liq bo'lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda 
sudьyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat kiladi. 
Shuningdek, ushbu farmonga asosan sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni 
tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudьyalar 
xamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O'zbekistan Respublikasida sud 
hokimiyati 
mustaqilligining 
konstitutsiyaviy 
printsipiga 
rioya 
etilishini 
ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekistan Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi 
tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudьyalik lavozimlariga 
nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas'uliyatli mutaxassislar 
orasidan sudьyalarni tayinlash, raxbarlik darajasidagi sudьyalik lavozimlariga 
ko'rsatish uchun tavsiya berish yo'li bilan sudьyalar korpusini shakllantirish, 
sudьyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish 
borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo'yicha choralar ko'rish, odil 
sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo'yicha 
takliflar berish va boshqa muxim vazifalar belgilandi. 
Shuningdek, sudyalarning aloxida maqomini inobatga olgan xolda, ularning 
mexnatiga xaq to'lash normalari va pensiya ta'minoti mexanizmini belgilash, shu 
jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag'lari xisobidan moliyalashtirish 
tartibini, xar yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan 
ajratilgan xolda aloxida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi. 
Sudya sud hokimiyatining sha'ni va mustaqilligini mo''tabar tutishi, xalol va 
beg'araz bo'lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishi, 
xar kanday nojuya harakatlar yoki shunday bo'lib ko'rinishi mumkin bo'lgan 
harakatlardan o'zini tiyishi, o'zining sudьyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy 
manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo'lida foydalanishdan o'zini 
saqlashi, huquq sohasida o'zining kasb malakasini oshirib borishi, sud jarayonida 
taraflarga sabr-toqatliligini va obro'sini ko'rsatishi, shaxsiy xayotda yuksak ahlokiy 
qoidalarga amal qilishi shart. 
O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekistan Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq 
bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat 
dasturining ikkinchi yo'nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam 
mustaqilligini ta'minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, O'zbekistan 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O'zbekistan Respublikasi sud 
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish 
chora-tadbirlari 
to'g'risida”gi 
PF-4966-son 
Farmoni 
bilan 
sudьyalar 
xamjamiyatining oliy organi xisoblanadigan va O'zbekiston Respublikasida sud 


hokimiyati 
mustaqilligining 
konstitutsiyaviy 
printsipiga 
rioya 
etilishini 
ta'minlashga ko'maklashadigan O'zbekiston Respublikasi Sudьyalar oliy kengashi 
tashkil etildi.
Mazkur farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo'jalik 
sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iktisodiy sud ish yurituvi 
soxasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy 
sudini tashkil etish; ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
ma'muriy nizolarni, shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni 
ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar ma'muriy sudlarini, tuman (shahar) ma'muriy sudlarini tashkil 
etish; O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va xududiy harbiy sudlarning 
159 ta shtat birligini qisqartirish va O'zbekiston Respublikasi harbiy sudining 
qo'riqlash vzvodini tugatish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy xay'ati, O'zbekiston Respublikasi 
Harbiy sudi, okrug va xududiy xarbiy sudlar shtat birliklarini sudьyalar va xarbiy 
sudlar xodimlaridagi xarbiy xizmatchilar huquqiy maqomi, shu jumladan xarbiy 
xizmatchilar uchun belgilangan huquq, imtiyoz va afzalliklar saklanmagan holda 
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O'zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi tizimiga o'tkazish;
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Xarbiy xay'atini tugatib, O'zbekiston 
Respublikasi Oliy sudining ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov xay'atini tashkil etish; 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo'jalik sudlarini 
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib 
o'zgartirish; ishlarni birinchi instantsiyada ko'rib chiqishga vakolatli bo'lgan 71 ta 
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish; amaldagi sud majlisi 
kotibi lavozimini tugatib belgilangan umumiy shtat birligi doirasida sudlarning 
tuzilmalariga sudьya katta yordamchisi, yordamchisi lavozimlarini kiritish 
ma'qullandi. 

Download 436,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish