14-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sh. M. Mirziyoyev yangi O‘zbekistonning novator rahbari sifatida Reja


Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun



Download 304,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana13.06.2022
Hajmi304,43 Kb.
#662610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-seminar mavzusi matni

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish. Qonun 
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish. 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevralda qabul qilgan 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga 
yo‘naltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiya qilishda 
parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat qaratilgani ayniksa e’tiborga 
molik.
1
Bu tarixiy xujjatda mamlakatning yaqin istiqboldagi rivojlanish 
yo‘nalishlari belgilab berildi. “Iktisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan 
darajada qisqartarish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga 
1
Қаранг: 

Халқ сўзи

, 2017 йил 8 февраль.


doyr kompleks masalalarni xal etish, hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha 
darajadagi hokimliklar uchun eng muxim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi”
2

Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirishda, davlat hokimiyati 
tuzilmalari (parlament, prezident, hukumat) o‘rtasidagi munosabatlarning samarali 
tashkiliy va huquqiy mexanizmlarini yaratishda so‘nggi yillarda konstitutsiyaviy 
qonunchilikka joriy qilingan yangi institutlar muhim axamiyat kasb etdi. Xususan, 
2011 yil 18 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 
98-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni davlat hokimiyati tizimini 
yanada demokratlashtirishning muhim huquqiy asosi bo‘ldi. 
Hokimiyat sub’ektlari o‘rtasida vakolatlar mutanosib taqsimlanishiga 
erishishda islohotlarning avvalgi bosqichida Asosiy qonunimiz 98-moddasiga 
kiritilgan tuzatishlar jiddiy axamiyat kasb etdi. Konstitutsiyaviy qonunchilikni 
takomillashtirishga yo‘naltirilgan bu tuzatishlar, birinchidan, hokimiyat tarmoqlari 
mustaqilligining oshishiga xizmat kilsa, ikkinchidan, davlat hokimiyati tizimida 
o‘zaro bir-birini tiyib turish mexanizmida yangi bo‘g‘inlarni nazarda tutadi. 
Masalan, Vazirlar Maxkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar 
qabul qilish, ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzish va unga raxbarlik qilish huquqi 
Prezident vakolatlari doirasidan chiqarildi. Bosh vazirning Prezidentga viloyatlar 
hamda Toshkent shahar hokimlarini tayinlash va lavozimdan ozod etish uchun 
taqdim qilish huquqining berilishi Bosh vazir boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat 
mustakilligini va ta’sirini oshirishga xizmat qilsa, Bosh vazir nomzodini taklif etish 
va tasdiqlash tartibi, shuningdek, uning 
hisobotini tinglash 
va 
muhokama qilish 
tartib 
takomilining 
kiritilishi 
Parlament 
rolini 
yanada 
kuchaytirishga 
ko‘maklashuvchi institut bo‘ldi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga karatilgan 
yangiliklarning axamiyati yana shundan iboratki, ular davlat hokimiyatining 
sub’ektlari, ya’ni, davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chikaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada oqilona taqsimlanishini 
ta’minlashga qaratilgandir. Davlat hokimiyati taqsimlanishi to‘g‘risidagi ta’limotga 
ko‘ra, hokimiyat tarmoqlari vakolatlarining to‘g‘ri taqsimlanishi davlat idoralari 
faoliyatining barqarorligini, ular o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini 
kafolatlaydi. Qolaversa, davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy tarzda mutanosib va 
adolatli taqsimlanishi pirovardida davlatning tom ma’noda demokratik tabiatga ega 
bo‘lishi va inson huquqlari izchil ta’minlanishining garovidir. 
Mamlakatning davlat boshqaruv tizimi uning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va 
ma’muriy madaniyatining uzviy qismidir. Boshqaruv madaniyati bir qator tarixiy, 
milliy, jug‘rofiy, ma’naviy va boshqa omillar ta’sirida shakllanadi. Boshqaruv 
madaniyati davlat boshqaruvi tuzilmalariga nisbatan birmuncha barqaror va 
2
Шавкат Мирзиёев.
 
Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатинн 
мард ва олийжаноб халкимиз билан бирга қурамиз! 

Халк сузи

. 2016 йил 15 
декабрь. 


turg‘undir. Shu tufayli siyosiy (davlat) boshqaruv madaniyatini tarixan qisqa vakt 
ichida o‘zgartirish 
birmuncha mushkul. Masalan, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini qonunchilik 
islohoti vositasida tarixan qisqa muddatda o‘zgartirish (yangilash) mumkin, ammo 
bosharuvga bog‘liq mafkurani, mentalitetni, ongni va madaniyatni darxol 
o‘zgartirishning iloji yo‘q. 
Jamiyatni erkinlashtirishning xozirgi bosqichida davlat boshqaruvini 
modernizatsiya qilishning bir qator yo‘nalishlari va vazifalari Harakatlar 
strategiyasida belgilab berilgan.

Download 304,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish