SHe’rlarni turli templarda, ya’ni sekin, o‘rta va tez o‘qib ko‘rib,
ularning qay biri muvofiq kelishini bilib olish zarur bo‘ladi. SHe’rni aytish yoki
biror bir hikoyani so‘zlab berish jarayonida ovozga zo‘r berish yaramaydi.
Matnlarni
ovoz
chiqarib
o‘qish
o‘qituvchining
fikrlash
qobiliyatini
shakllantirishga katta yordam beradi. Bu mashqni har kuni bajarish kerak va
o‘qiyotganda tinglovchilarni ko‘z oldiga keltirib ularning nigohlariga qaragandek
o‘qish kerak. YAna uyda oila a’zolari va do‘stlariga turli ovozda she’r yoki
matnlarni gapirib berishi mumkin. Ular o‘zlariga yoqqan ovozni tanlab
beradilar.
Faqat shundagina ovoz yoqimlilik, bosiqlik kabi ifodalilikka ega bo‘lishi
mumkin.
Nutq texnikasining yana bir zaruriy elementlaridan biri diksiya sanaladi.
Diksiya nutq tovushlarini, bo‘g‘inlarni, so‘zlarni aniq talaffuz etishdir. Diksiyaning
yaxshi bo‘lishi artikulyasion qonun-qoidalarga rioya qilish bilan bog‘liq. Noaniq
artikulyasiya nutqning aniqligiga putur etkazadi hamda so‘zlovchining gaplarini
tinglovchilar tushunmasligiga olib keladi. Natijada kommunikativ aloqa yuzaga
chiqmaydi. SHuning uchun o‘qituvchi diksiyasini yaxshilaydigan mashqlarni
doimo bajarib yurishi maqsadga muvofiqdir. Hatto dars boshlashdan avval tovush
birikmalarini (ro, do, zi, mi, gi, ti...) diksiya bilan aytib, tayyorgarlik ko‘rish har bir
so‘zning to‘g‘ri va aniq aytilishiga sabab bo‘ladi. Ba’zilar juda tez gapiradi yoki
aksincha sekin gapiradi. SHunga o‘xshash kamchiliklarni bartaraf etishga yordam
beradigan mashqlar mavjud. Masalan:
Labni mahkam juftlab, hushtak chalmoqchi
bo‘layotgandek, uni oldinga cho‘chchaytirib chapga, o‘ngga, tepaga va pastga
harakatlantiriladi. Bu holatda tishlar mahkam qisilishi va iyak esa qimirlamasligi
kerak.
Tishlarni ko‘rsatmagan holda tabassum qilmoqchi bo‘lganday lablar cho‘ziladi.
Yuqorigi labni ochib, yuqori tishlar ko‘rsatiladi.
Pastki labni pastga tushirib, pastki tishlar ko‘rsatiladi.
A tovushini ovozsiz aytiladi, til xuddi esnash paytidagi holatda bo‘ladi
.
Nutq so‘zlashda nafas olishning ham ahamiyati katta. So‘zlashni boshlashdan
avval nafas olib olish kerak. Nafas olganda o‘pka havoga to‘ladi, ko‘krak qafasi
kengayadi, qovurg‘alar ko‘tariladi, diafragma esa pasayadi. O‘pkaga yig‘ilgan
havo nutq so‘zlangan paytda asta-sekinlik bilan sarflanadi. To‘g‘ri nafas olish,
to‘xtash, nafas chiqarish ma’lum mashqlar orqali amalga oshiriladi. CHunonchi,
qomatni tik tutib, bir qo‘lni qorinning ustki qismiga, ikkinchi qo‘lni yonga, ya’ni
qovurg‘alarning harakatini nazorat qilish uchun beldan yuqoriroq qismiga
qo‘yiladi. Burun teshiklarini qimirlatmasdan burundan asta-sekinlik bilan nafas
olinadi. (5 soniya), 2-3 soniya o‘pkada havo ushlanadi, so‘ngra A tovushini
talaffuz qilganday nafas chiqariladi (4-5 soniya). 1-mashqdagidek nafas olinadi va
nafas chiqarayotganda 1, 2,3... deb ovoz chiqarib sanaladi.
3- mashqda matnlarni
o‘qish orqali nafas olish tekshiriladi. Qaysi o‘rinlarda chuqur nafas chiqarilganligi
va nafas olinganligini belgilab olish kerak bo‘ladi. Bu kabi mashqlar bilan
o‘qituvchining diafragmasi mustahkamlanadi va nutqiy nuqsonlarga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Nutq texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan
xabardor bo‘lgan ma’qul. Ma’lumki, tovushning fizik-akustik xususiyatlari uning
balandligi, kuchi, tembri, cho‘ziqligi kabi sifatlardan tarkib topadi. Og‘zaki
nutqning yashashini ta’minlaydigan intonatsiyaning prosodik unsurlari bo‘lmish
nutq melodikasi, nutq ritmi, nutq tempi (tezligi), nutq tembri kabi tushunchalar
asosida ham mazkur fizik-akustik xususiyatlar yotadi. Ayrim o‘qituvchilar dars
jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar,
ba’zi o‘qituvchilar darsda deyarli past ovozda so‘zlaydilar. Bu ikkisi ham noto‘g‘ri.
O‘qituvchinng nutq texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi,
tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra
mo‘‘tadilligini saqlay olmaslikdan iborat.
Nutqda intonatsiyaning ahamiyati juda katta. Intonatsiya orqali turli
ma’nolarni ifodalash mumkin. SHuning uchun nutqning fonetik jihatdan bo‘linishi
(fraza, takt, bo‘g‘in, ayrim tovushlar)ni puxta egallash zarur. Ularni nutqda to‘g‘ri
qo‘llash orqali gapning mazmuni aniq anglashiladi.
Notiq nutqi orqali tinglovchi tafakkuriga, xulqiga ta’sirini o‘tkazadi,
dunyoqarashini kengaytira oladi. Ayniqsa, ona tili o‘qituvchisining nutqi katta
ahamiyat kasb etadi, chunki o‘quvchi o‘qituvchisiga taqlid qilish orqali uning
gapirish uslubini o‘zlashtirib oladi. Bu ma’noda o‘qituvchining nutqi o‘quvchi
uchun namunadir. Shuning uchun o‘qituvchi nutqi leksik, fonetik, grammatik va
stilistik me’yorlarning barchasiga rioya qilib gapirishi talab etiladi. O‘qituvchi
so‘zlayotgan nutqida o‘quvchilarning hissiyotiga ta’sir qilishi va eshitganlarini
tushunishlariga harakat qilishi kerak. Xabar berilayotgan axborotning nafaqat
qiziqarli va foydali bo‘lishi, balki tinglovchi, hikoya qilib beruvchi yoki o‘qiyotgan
o‘quvchi uchun tushunarli hamda tarbiyaviy ahamiyati jihatidan qimmatli bo‘lishi
lozim. Shundagina o‘qigan asarining mazmuni haqida aniq, yorqin va jonli
ko‘rinish namoyon bo‘ladi. Yana o‘qituvchining eng asosiy vazifalaridan biri -
matnlarni xatosiz ifodali o‘qishga hamda ularni ifodali gapirib berish yo‘llarini
o‘rgatishdan iborat. Ifodali o‘qishni yaxshi egallash uchun nutq texnikasini (ovoz,
diksiya, nafas olish, intonatsiya) puxta egallash talab qilinadi. Mashhur Rim notig‘i
Kvintilian aytganidek, notiqlik mahorati tinimsiz mehnat va tirishqoqlikni, turli-
tuman mashqlarni, boy tajribani, aql va yangicha fikrni talab qiladi. Umuman,
o‘qituvchi o‘zining nutq texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg‘urishi,
fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda bo‘lsa-da, xabardor bo‘lishi,
kerak bo‘lganda, o‘z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan
mashqlardan muttasil foydalanib borishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |