14-mavzu. Iste’mol bozori reja



Download 29,65 Kb.
bet1/8
Sana18.02.2022
Hajmi29,65 Kb.
#456535
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MAVZU. ISTE’MOL BOZORI


14-mAVZU. ISTE’MOL BOZORI
rEJA:
14.1. Iste’mol bozorining tavsifi
14.2. Iste’mol bozori rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari
14.3. O‘zbekistonda iste’mol bozorining rivojlanish ko‘rsatkichlari
14.4. O‘zbekistonda tirikchilik minimumi va iste’mol me’yorlari
14.5. Iste’mol bozorini tartibga solish va rivojlantirish
Milliy iqtisodiyotning taraqqiyotini tavsiflovchi sohalardan biri – bu iste’mol bozoridir. Iste’mol bozoridagi vaziyat ishlab chiqarishning pirovard natijalarini, yakunini o‘zida aks ettiradi. Iste’mol bozori to‘yingan bo‘lsa, unda sotilayotgan tovar va xizmatlarning bahosi nisbatan barqaror bo‘lsa, iste’mol bozoridagi talab va taklif o‘rtasida muvozanat ta’minlansa, bu – mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini bildiruvchi muhim holat hisoblanadi.
Iste’mol bozoridagi barqarorlik aholi turmush farovonligini oshiruvchi asosiy shart-sharoitlardan biridir. Narx barqarorligi, bozorning to‘yinganligi, talab va taklif o‘rtasidagi nisbiy muvozanat aholi turmush darajasini yuksaltirish uchun bozor sharoitlari hisoblanadi. Mehnat unumdorligi, mehnat intensivligi yoki rentabellik aholi daromadlarini oshirishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Iste’mol bozorida iste’mol buyumlari va xizmatlari oldi-sotdi amalga oshiriladi. Bunda alohida shaxs yoki uy xo‘jaliklari o‘zlarining shaxsiy iste’moli uchun tovar va xizmatlarni xarid qiladilar. Iste’mol bozorining subyekti, ya’ni bozor ishtirokchilari tovar sotuvchi firmalar, yakka sotuvchilar, aholi, davlat va jamoat idoralaridan iborat xaridorlardir. Uning obyekti esa shu yerda sotiladigan iste’mol buyumlari, maishiy va boshqa pullik xizmatlar hisoblanadi.
Iste’mol bozori miqyosiga ko‘ra xalqaro, hududiy, milliy va mahalliy bozorlarga bo‘linib, bu bozor boshqa bozorlardan ko‘p segmentliligi bilan ajralib turadi. Bu segmentlardan eng yiriklari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy xo‘jalik tovarlari, maishiy-ijtimoiy xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu segmentlar xaridorning mavqeyiga qarab yoshlar, bolalar, qariyalar, erkaklar va ayollar tovar bozorlariga ham ajraladi. Xaridorning qurbiga qarab nufuzli tovarlar bozori, hammabop tovarlar bozori va arzon tovarlar bozoriga ham bo‘linadi.
O‘zbekistondagi iste’mol bozori supermarketlar, magazinlar, salonlar, do‘konlar, dehqon bozorlari va sanoat mollari bozorlari, pullik maishiy xizmat korxonalari, pullik ijtimoiy xizmat tashkilotlari va muassasalari faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Iste’mol bozorida ulgurji va chakana savdo amalga oshiriladi. Aholiga keng xalq iste’moli tovarlari va xizmatlari sotiladigan iste’mol bozorida ko‘proq chakana savdo amalga oshiriladi. Iste’mol bozorida ulgurji savdo korxonalari, tashkilot va muassasalari ham faoliyat ko‘rsatadi. Ulgurji bozor tovar iste’molchilariga yoki uni chakana sotadigan xaridorlarga tovarlar yirik to‘plari bilan ko‘tarasiga sotiladigan bozor bo‘lib, ulgurji savdo aylanmasi hajmi oshishi ham iste’mol bozori rivojlanayotganligini bildiradi.



Download 29,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish