xalq ertaklari, hajmi uncha katta bo'lmagan hikoyalar misol bo'la olishi mumkin. Shuningdek, dasturda bolalarning qayta hikoyalariga bir qancha talablar qo'yilgan: - Ma’nosiga tushungan holda, ya’ni matnni to'liq tushunib hikoya qilish;
- Asarni to'liq bayon etish, ya’ni asardagi muhim joylari ni tashlab ketmasdan bayon etish;
- Izchillik (ketma-ketlik) bilan hikoya qilish;
- Muallif matnidagi lug'atlardan va iboralardan foydalanish, ayrim so'zlarni ularning sinonimtari bilan almashtirish;
- To'g'ri ohangdan foydalanish, uzoq pauzalaming bo'lmasligi;
- Ogizaki nutq madaniyatiga e'tibor berish: qayta hikoya qilayotganda gavdani to'g'ri tutish, tinch turish, tinglovchilarga murojaat qilish, nutqning intonatsion ma’nodorligidan (ifodalili- gidan) foydalanish, yetarlicha baland ovozda tovushlarni aniq talaffuz etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |