14-mavzu: Estetik tarbiyaning turlari va yunalishlari


ekan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashining voqelikka



Download 86 Kb.
bet2/8
Sana21.02.2022
Hajmi86 Kb.
#53583
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
топширик 14b

ekan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashining voqelikka
ko‘rsatadigan ta’siri bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo‘lib turgan
milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirishning sharti sifatida alohida
e’tirofetilishi bejiz emas. Bu jarayonlarda estetika amaliy jihatdan o‘zini
estetik tarbiya orqali namoyon qiladi. Zero, avval boshda uqtirib
o'tganimizdek, nafosat tarbiyasi insonda hayot va san’atdagi
go‘zalliklardan bahramand bo‘lish, ularni baholay bilish hamda o‘zi
ham go‘zalliklar yaratish tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘mak beradi.
Ammo, bu jarayon o‘z-o‘zicha emas, balki bir qator omillar va vositalar
ishtirokida amalga oshiriladi.
Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideal bilan bog‘liq bo‘lib, estetik
ideal egasi nafis didga, pokiza tuyg‘ularga egaligi bilan ajralib turadi.
Ma’lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli xil jabhalarida bevosita va
bilvosita ishtirok etadi va faoliyat olib boradi, shaxs bu bilan ijtimoiy
taraqqiyotning estetik subyektiga aylanadi. Shunga ko‘ra, aytishimiz
mumkinki, jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs estetik jarayonlardan
chetda turmaydi, aksincha, o‘zining muayyan xatti-harakati bilan mazkur
jarayonlarga u yoki bu darajada ta ’sir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyaning
maqsadi ana shunday ta’sirlarni go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik
asosida yo‘naltirishdan iborat.
Shuni ta ’kidlash joizki, estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan doimiy
tarzda aloqada bo‘lib keladi. Biroq, bu “estetik tarbiya badiiy tarbiya
bilan bir xil ma’no kasb etadi” , degan gap emas. Negaki, badiiy tarbiya
ijod jarayonidagi rang-barangliklar olamini inson tomonidan estetik
tarzda anglash va o‘zlashtirishning bir qismi, xolos. Shu ma’noda estetik
tarbiya — jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi
muhim unsur bo‘lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi
hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi
kuchdir.
Tarbiyaning estetik shakli ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etar ekan, u
o‘z navbatida, kishilarga jamiyatda olib borilayotgan ijobiy ishlardan
zavqlanish, demokratik munosabatlarga nisbatan qiziqish tuyg‘usini
uyg‘otishni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi. Shuning uchun ham
estetik tarbiyaning pirovard maqsadi inson ma’naviy olamini boyitishga
qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. U insonni yangiliklar yaratishga undabgina
qolmay, ayni paytda uni nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida
rivojlantirishga o‘rgatadi ham. Negaki, inson dunyoga estetik qarashi
boy, tuyg‘ular va didi tarbiyalangan holda kelmaydi. Aksincha, bu
ko‘nikmalarni voqelikni kuzatishi, o‘rganishi va ulardan tegishli xulosalar
•olishi natijasida shakllantiradi. Inson ana shu tuyg‘ular ta ’sirida o ‘zi
uchun mutlaqo yangi bo‘lgan olamni kashf etadi. Shunday ekan, o‘zo‘
zidan ma’lumki, mazkur zaruriyatni teran anglagan inson jamiyatning
ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shilmaslikka, unga beparvo munosabatda
bo‘lishga ma’nan haqqi yo‘q.
Hozirda estetik tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. Shunga
ko4ra, u o‘z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo‘ygan. Bular:
— kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish