Bu nazariyaning asosiy holatlari quyidagicha ifodalanadi:
Frustratsiya har doim birorbir shakldagi agressiyaga olibkeladi.
Agressiyani doimo chorlovchi masalalarda uchta omil halqiluvchi ahamiyatga ega:
1. Subyekt tomonidan kutilayotgan bo'lg'usida erishiladigan maqsadga erishish darajasi — agar shaxs o'z oldiga qo'yganmaqsadiga erishishi ancha vaqtga cho'zilib ketsa, bunday hoi albatta agressiyani chaqiradi.
Maqsadga erishish yo'lidagi to'siq kuchi — shaxsning o'zoldiga qo'ygan maqsadi yo'lida uchragan to'siq yengib bo'lmasdarajada bo'lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa,agressiya vujudga keladi.
Ketmaket frustratsiyalar soni — agar maqsad yo'lida birto'siq ortidan ikkinchisi, uning ortidan uchinchisi va bu davomiylikdavom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani keltirib chiqaradi.
Ya'ni subyekt maqsadidan qoniqishni qay darajada ko'p kutsa, bu yo'lda to'siqlar qay darajada kuchli bo'lsa va to'siqlar qay darajada ko'p blokirovka qilinsa, agressiv xulq- atvorga turtki shuncha kuchli bo'ladi.
Frustratsiyalar ketmaket sodir bo'lganda ularning kuchi birbiri bilan qo'shilib, katta kuchdagi agressiv reaksiyani tug'dirishi mumkin.
Bundan tashqari organizmdagi og'riq va frustratsiya (maqsadga erishish yo'lida to'siq paydo bo'lishi) ko'pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqazishi va buning ortidan agressiya yuzaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustratsiya qo'rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo'lsa, shaxs alamini (agressiyasini) ko'pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda «agressiyani chiqarib yuborish» fenomeni deb ataladi.
O'z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil nishonlarni topadi. Misol sifatida quyidagi tarixiy holatni keltirish o'rinli. Germaniya Birinchi jahon urushida mag'lubiyatga uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi va ko'pchilik nemislar buning alamini olish uchun yevreylarni tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. Gitler hokimiyat tepasiga kelishidan ancha oldin, bir nemis lideri shunday degan edi: «Yevreylar — bu bizning agressiyamizni chiqarishimiz uchun juda qulay obyektdir. Agar yevreylar bo'lmaganida edi, ularni o'ylab topishga to'g'ri kelgan bo'lardi» (G.W. Allport. 1958). O'rta asrlarda odamlar o'zidagi qo'rqinch va agressiyani jodugarlarga ko'chirishgan, vaqtivaqti bilan ularni gulxanda kuydirib, alamini chiqarib yuborganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |