Etologik yondashuv. Nobel mukofoti laureati mashhur etolog K. Lorens agressiyaga nisbatan evolutsion yondashuv tarafdoridan biri bo'lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan o'xshash ekanligini namoyish qilgan. K. Lorens ta'limotiga ko'ra, agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos boigan hayot uchun kurash tug'ma instinktidan kelib chiqqan.
U bu instinkt uzoq evolutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin qilgan bo'lib, uning uchta muhim vazifasini ajratib ko'rsatadi. Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologik tur vakillarini dunyo bo'ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yuboradi, bu esa oziq- ovqat resurslarining maksimal sarflanishini ta'minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologik turning genetik fondi yaxshilanishini ta'minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvatli individuumlargina o'zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan, kuchli tur vakillarigina o'zini himoya qila oladi va avlodining tirik qolishini ta'minlay oladi.
Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig'ilishi va tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir pallada, K. Lorens bu muammo yuzasidan aniq bir to'xtamga kelib boigan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan yo'g'rilgan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda aylanib yuradi, borgan sayin to'planib boraveradi. Demak, agressiv energiyaning hajmi qancha ko'p bo'lsa, uning tashqariga «otilib chiqishi» uchun shunchalik kam kuchga ega bo'lgan stimul (bahona) kerak bo'ladi.
K. Lorens nazariyasining qiziqarli jihati shundaki, u o'z nazariyasida inson boshqa jonzotlardan farqli o'laroq o'z turiga mansublarga qarshi zulm o'tkazishi holatlarining keng tarqalganligini ta'kidlab ko'rsatadi. Uning fikricha, barcha tirik jonzotlarga yashash uchun kurash instinktidan tashqari o'zining barcha xohish istaklarini bosa olish imkoniyati berilgan; bu imkoniyat ularning o'ljalariga qay darajada jiddiy talofat yetkazish yoki yetkazmaslik xohishlari bilan o'zgarib turadi. Shunday qilib, tabiat tomonidan boshqa jonzotlarni o'ldirish uchun barcha zarur ashyolar (epchillik, uzun tirnoq va o'tkir tishlar) bilan ta'minlangan yirtqich sher va yoibarslar o'z turi vakillariga tajovuz qilishning oldini oluvchi ushlab turuvchi omillarga egadir. Lekin ularga nisbatan ancha zaif bo'lgan insonlarning o'z tug'ma ehtiyojlarini ushlab turuvchi omillari yetarli darajada kuchli emas. Insoniyat tarixining muqaddimasida erkak va ayollar o'z qabiladoshlariga qarshi agressivlik ko'rsata turib, tish va mushtlarini ishga solganlar va bu hoi u qadar qo'rqinchli tuyulmagan, chunki ularning bir- biriga jiddiy jarohat yetkazish ehtimoli u darajada yuqori emas edi.
Insoniyat taraqqiyoti texnik taraqqiyot bilan uyg'unlashishi natijasida inson ommaviy qirg'in qurollarini yaratdi, uning o'z xohish- istaklarini qondirishga bunday holatda intilishi insonningtur sifatida yo'qolib ketish xavfini vujudga keltirdi. K. Lorens tarixda jahonga hukmronlik qilish istagida bo'lgan buyuklarning butun bir millatlarning qirilib ketishini istaganligini o'z oldiga maqsad qilib qo'yishi — aynan inson zo'ravonligi agressiyaning oldini oluvchi tug'ma ushlab turuvchi omillardan ustunlik qilayotganligi sifatida tushuntiradi. \
K. Lorens ham xuddi Freyd kabi agressiyadan qutulib bo'lmaydi deb hisoblasada, agressiyani susaytirish yoki nazorat qilish mumkin degan fikrni yoqlagan. U agressiv energiyaning xavfli darajagacha yetishining oldini olish va bu orqali zo'ravonlik holatlarini kamaytirishi mumkin, deb taxmin qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |