Ilmiy uslub. Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy terminlaridan foydalaniladi. Masalan: Iqtisodiyotda kredit, moliya, pul, sug‘urta, narx, tannarx, hi-sob, taftish, aylanma kabi terminlar ishlatiladi.
Rasmiy uslub. Hukumat tomonidan chiqarilgan qarorlar, qonunlar, xalqaro hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, tarjimayi hol, e’lon, hisobot, bildirishnoma kabi hujjatlar rasmiy uslubda rasmiylashtiriladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.
Rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. So‘zlar o‘z ma’-nosida qo‘llanadigan, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘z-lar ishlatiladi.
Rasmiy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, farmoyish, ko‘rsatmalarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi.
Rasmiy uslub boshqa uslublardan keng farq qiladi. Uning quyidagi funksional turlari mavjud: 1.huquqiy (qonun, buyruq, farmon, fuqarolik akti) 2.Mamuriy (ish qog’ozlari va boshqa hujjatlar) 3.Diplomatik (nota, memorandum) Rasmiy uslub huquqiy- ma’muriy munosabatlar sohasi uchun xizmat qiladi va kishilar, idoralar va davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Rasmiy uslubda farmon berish, da’vat etish, majburiylik ohangi mavjud.
Publistik uslub. Publisistik uslub ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning asosiy vazifasi- axborot berish va ta’sir etish, tashviqot va targ’bot yuritish. Publistik uslubning quyidagi funksional turlari mavjud: 1.Gazeta publisistik uslub. 2.Radiopublisistik uslub. 3.Tele publisistik uslub. 4.Kino publisistik uslub. 5.Notiqlik uslub. Bu uslublarning har biri o’ziga xos xususiyatga ega va yozma nutq shaklida yuzaga keladi. Pubisistik uslubning mazmun doirasi keng bo’lib, narsa va hodisalar fakt va hujjatlarga asoslangan holda tezlikda va oshkoralikda ifodalanadi.
Badiiy uslub. Badiiy uslub so’z san’atiga, timsoliy fikrlash sohasiga oid va funksional juxatdan biqiq – chegaralangan emas. Uning mazmun doirasining nihoyatda keng va u timsollar, badiy to’qima, yozuvchi fantaziyasi natijasida yuzaga keladi. Badiy uslubda proza, poeziya va dramaturgiya asarlar yaratiladi. Badiy uslub timsol, ijod va shahs munosabatida yuzaga keladi. Badiiy uslubda umum xalq tili va adabiy tilning barcha qatlamiga mansub so’z va iboralar keng va faol ishlatiladi hamda istetik ta’sir etish vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |