G‘analash. Qurt boqish davrida berilgan bargning yeyilmagan qismi, novdasi, qurt axlati to‘planib qoladi. Bu chiqindilar g ‘ana deb, ulami olib tashlash g'analash deb ataladi. Chiqindilar o‘z vaqtida olib tashlanmasa, ulaming chirishi natijasida zararli gazlar ajralib chiqadi. Bunday qurtxonalarda kasallik ko‘payadi.
Shuning uchun g‘anani ko‘paytirmasdan vaqti-vaqtida yengillatib turish zarur. G‘analashda qurtlar g‘ana bilan birga tashqariga chiqarib tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda, sun’iy ravishda hosil kamayishiga sabab bo‘ladi. Birinchi yoshida qurtlar g‘analanmaydi. Nag safar barg ilgarigiga nisbatan kengroq maydonda berilsa, g‘ana qalin bo‘lmaydi.
Ikkinchi yoshning ikkinchi kunida qurtlar birinchi marta g‘einalanadi. Bunda qurtlar ustiga yangi butun barg qo‘yiladi, 1-2 soat o‘tganda, ya’ni qurtlar hammasi bargga yopishgandan keyin, ular barg bilan birga boshqa joyga olinadi. G‘anadan qurtlami olgach, uni tashlab yuborishga shoshilish kerak emas, chunki ikkinchi yoshdagi qurtlar kichik bo‘ladi va uyqudan turib ulgurmaganlari g‘anaga qo‘shilib ketishi mumkin. Shuning uchun bir necha soat kutib, uyg‘ongan qurtlami yangi barg berib olish kerak. Uchinchi yoshda bir marta, to‘rtinchi yoshda 1-2 marta g‘analanadi.
Beshinchi yoshda barg berish keskin ko‘payishi natijasida g‘ana tez to‘planadi. G‘ana, asosan, novda qoldig‘i hamda qurt axlatidan iborat bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshda 2-3 marta va pilla o‘rashdan oldin g‘analanadi. Dastavval yangi kesib keltirilgan novdalar qo‘yiladi, ularga qurtlaming asosiy qismi ko‘tarilgach, novda bilan bo‘sh so‘rilarga olib siyraklanadi. Beshinchi yoshining keyingi kunlarida, pilla o‘rash oldidan, g‘ananing ustki qismidagi novdalarni so‘rining eshikka yaqinroq tomonidan yo‘g‘onroq tut yoki tot novdasi bilan ko‘tarib turib, ostidagi bargsiz novda va chiqindilar olib tashlanadi. Bu davrda sanitariya-gigiyena talablariga alohida e’tibor berish zarur.
G‘analash miqdori boqish sharoiti va tartibiga bog‘liq, Yulib olingan yoki kesilgan barg va nam havoda, yomg‘ir yog‘gan kundan bir kun keyin g‘anani olib tashlash tavsiya etiladi. Eski g‘anani olib tashlash uchun qurtlarga yangi barglar solinadi. Qurtlar barglarga ko‘tarilgach, ular barg bilan oldindan tayyorlab qo‘yilgan yangi joyga qo‘yiladi, so‘ngra qurtlarning yana boshqa partiyasi shu yo‘sinda ko‘chirilib, eski g‘ana olib tashlanadi. Olingan eski g‘ana birdan tashlab yuborilmasdan (ayniqsa, 2- va 3-yoshida) g‘ana ustiga bir necha bargli novdalar solinib, g‘anadagi qolgan qurtlar terib olinadi. Lekin kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, g‘ana orasi yoki tagida qolgan ko‘pchilik qurtlar orqada qolgan, kasallangan yoki jarohatlangan bo‘lar ekan. Bunday qurtlar tezda nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, birinchi uch yoshida orqada qolgan qurtlami terib olish mumkin. Lekin ular, yuqorida aytganimizdek, yaroqsiz bo‘lsa, bunday qurtlarni tashlab yuborgan ma’qul. Katta yoshdagi qurtlarni boshqa joyga ko‘chirish qo‘shimcha qurt boqish maydoni va ortiqcha mehnat talab etadi. Shuning uchun g‘ananing ustki qismi novdalari so‘kchakning eshikka yaqinroq tomonidan yo‘g‘onroq tut yoki toi novdasi bilan ko‘tarib turiladi, ostidagi bargsiz navda va chiqindilar olib tashlanadi.
Bundan tashqari, qog‘oz yoki kardondan yasalgan maxsus ko‘targichlar yordamida qurtlar ko‘tarib olinib, eski g‘ana olib tashlanadi. Arqon yordamida ham g‘anani olib tashlash mumkin. Bunda oziqa berishdan oldin so‘kchakning ustiga uzunligi bo‘yicha 2-4 ta arqon joylashtiriladi. Arqonning uchlari so‘ridagi uzun novdalarga bog‘lab chiqiladi. Arqonning ko‘ndalangiga tut novdalari joylashtiriladi. Qurtlar yangi bargga ko‘tarilgandan keyin, arqon boylangan xodacha 20-40 sm ko‘tarilib, tagida qolgan eski g‘ana olinadi. So‘ngra ko‘tarilgan qurtlar o‘z joyiga tushiriladi.
Olingan g‘ana (kasallik tarqatilmasligi uchun) yerga ko‘miladi yoki yoqib yuboriladi. G‘analar olib tashlangach, qurtlar boqilayotgan xona, yo‘lak va hovlilar supuriladi. Bu ishda qatnashganlar barg berishga kirishish oldidan qo‘llarini sovun bilan yuvishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |