14 Amaliy mashg’ulot



Download 0,61 Mb.
bet3/6
Sana19.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#562977
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14 - Amaliy mashg’ulot. Ipak qurtlarini katta yoshlarda boqish agrotexnikasi (1)

Tut navlari nomi

Qurtlar hayotchanligi, %

Lichinkalik davri, sutka

Tojikiston urug‘siz

90,5

21,5

Qatlama

91,0

2!,5

Payvandi

89,0

21,6

O‘zbekiston

89,0

22,0

Xasak

86,0

24,0

Aralash tut navlarining barglari bilan ipak qurtlarini boqish o‘zbek pillachiligida keng tarqalgan. Ipak qurtlari birinchi yoshida xasak navli tut bargi, beshinchi yoshida madaniylashgan tut navlarining barglari bilan boqilgan. Chunki xasak bargi beshinchi yoshda dag‘allashib, uning oziqaviylik sifati pasayadi, madaniylashgan navlarning oziqaviylik sifati esa yetiladi (2 -jadval).
Navli tut barglarining oziqaviy tarkibi 2-jadval

Tut navlari

Suv miqdori,
%

Umumiy azot, %

Oqsilli azot, %

Karbon suvlar, %

Kul moddalar,
%

Tojikiston urug’siz

70,10

3,96

3,36

16,20

9,15

Qatlama

71,60

3,90

3,60

16,10

10,30

Payvandi

71,40

3,70

3,40

15,00

12,40

O’zbekiston

68,80

3,20

2,70

14,20

12,70

Duragay tut

69,70

3,42

3,14

13,80

12,90

Ipak qurtlari sermahsul tut navlari bargi biliin boqilganda bir quti urug‘dan olingan pilla og‘irligi, sifati va ipak miqdori ortgan (15-jadval).
3-jadval
Ipak qurtlarini navdor tut barglari bilan oziqlantirishning mahsuldorlikka ta’siri

Tut navlari

Pillaning o’rtacha vazni, g

Navli pillalar
miqdori, %

Ipak qobig’ining vazni, mg

Pillaning ipakchanligi,
%

Tojikiston urug’siz

2,23

88,5

520

23,3

Qatlama

2,21

89,0

530

24,0

Payvandi

2,19

87,0

510

23,4

O’zbekiston

2,13,

86,0

505

23,7

Duragay tut

2,10

85,0

490

23,3

Qurtlarni po‘st tashlash (uyqu) davrida parvarishlash, siyraklashtirish va g‘analash. Ipak qurtlari lichinkalik davrida to‘rt martapo‘st tashlaydi. Po‘st tashlash davridan boshlab qurtlar harakatdan to‘xtaydi. Bu davrda qurtlami parvarish qilishning o‘ziga xos xususiyati bor. Ma’lumki, ipak qurtlarining o‘sishi va rivojlanishi irsiy hamda tashqi omillar ta’sirida ro‘y beradi. Hamma qurtlar bir xil irsiyatga ega bo‘lmaganidek, ularga tashqi muhit (oziqa, harorat, namlik va boshqalar) ham turlicha ta’sir etadi. Shu tufayli qurtlar bir vaqtda uyquga kirmaydi. O’sish va rivojlanishda sal ilgarilagan qurtlar birinchi bo‘lib uyquga ketadi. Bunday qurtlarga qarab barg berishni to‘xtatib qo'yish hali oziqlanishni davom ettirayotgan qurtlaming och qolishi va ularning po‘st tashlash jarayoni cho‘zilib ketishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun barcha qurtlar uyquga kirguncha ularga oz-ozdan barg berish davom ettiriladi. Hamma qurtlar uyquga ketgach, barg berish to‘xtatiladi.
Odatda, mo‘tadil sharoitda qurtlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi yoshida po‘st tashlash jarayoni bir sutka, to‘rtinchi yoshda bir yarim sutka davom etadi. Fast haroratda po‘st tashlash davri bir necha kunga cho‘zilishi mumkin. Kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi, qurt bezovtalanadi. Shuning uchun deraza va oynalarni to‘sish kerak.
Yuqorida aytganimizdek, rivojlanishda ilgarilab ketgan qurtlar tezroq po‘st tashlaydi. Agar hamma qurtlar uyqudan turmasidan barg berish boshlansa, awal uyg‘ongan qurtlar barg yeyishga kirishadi va rivojlanishda yana ilgarilab ketadi. Uyqudan turmagan qurtlar bezovtalanadi. Bezovtalangan qurtlar po‘st tashlay olmay nobud bo'lishi mumkin yoki barglar tagida qolib rivojlanishda orqada qoladi.
Uyg‘ongan qurtlaming o‘sish va rivojlanishi uni birinchi oziqlantirishdan boshlanadi. Po‘st tashlab bo‘lgandan keyin qurtlar maium vaqtgacha bo‘shashgan holda boiadi, shuning uchun darrov oziqlantirmasdan, hamma qurtlar uyg‘onishini, faol harakat qilishini kutish kerak.
Po‘st tashlagandan keyin birinchi oziqlantirishda kam miqdorda chtiyotkorlik bilan bir tekisda barg berish kerak. Agarda yuqoridagi qoidalar buzilsa, bir so‘kchakdagi qurtlar katta-kichik boiib qoladi. Qurtlaming rivojlanishidagi notekislik ularga dasta qo‘yishda katta qiyinchiliklami keltirib chiqaradi. Oqibatda pilla hosili, ayniqsa, xomashyoning sifat ko‘rsatkichlari yomonlashadi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish