1. Quyidagi qaysi omillar tovar narxini pasaytiradi?
yuqori naflik;
kuchli raqobat;
talabning ortishi;
taklifning kamayishi;
v va g javoblar to‘g‘ri.
2. Raqobatning mavjud bo‘lish shartlarini ko‘rsating.
tarmoqda ishlab chiqaruvchilarning ko‘p bo‘lishi
iqtisodiy aloqalarning rivojlangan bo‘lishi
kishilarning mulk egalari sifatida alohidalashuvi
tovar-pul munosabatlarining mavjud bo‘lishi
kishilarning mulk egalari sifatida alohidalashuvi va tovar-pul munosabatlarining mavjud bo‘lishi
3. “Djeneral Motorz”, “Ford”, “Kraysler” kabi kompaniyalar qanday raqobat sohasiga mansublar?
sof raqobat
monopolistik raqobat
oligopoliya
sof monopoliya
bu kompaniyalar o‘zaro raqobatga kirishmaydilar
4. Bozor raqobati qaysi bosqichda mahalliy bozorlar doirasidan chiqib, milliy bozor miqyosida yuz beradi?
natural xo‘jalikdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o‘tish bosqichi
kapitalistik erkin raqobat bosqichi
manopol raqobat bosqichi
yangicha erkin raqobat bosqichi
raqobatning har bir bosqichi milliy doirada yuz beradi
5. Raqobatga bir maqsad sari intiluchi bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvi, deb ta’rif berilsa u kimlar o‘rtasiga raqobatni xarakterlaydi
Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi
Xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi
Iste’molchilar o‘rtasidagi
Noto‘g‘ri javob yo‘q
Topshiriq №11
1. Ikki raqobatlashayotgan firma bir-birini yengish maqsadida o‘z tovarlari narxinn tushira boshladilar. «A» firma 300 so‘mlik mahsulotini 240 so‘mdan kuniga 400 ta sotishga erishdi. «V» firma esa 300 so‘m o‘rniga mahsulotni 230 so‘mga tushirib, kuniga 500 ta mahsulot realizatsiya etdi. Qaysi firma kuniga ko‘p naf ko‘radi? Mahsulotlarning har biriga 200 so‘m harajat qilingan.
Topshiriq №12
1. Firma avvalgi yili 1000 ta kurtka sotib, 5 mln. so‘m foyda ko‘rdi. Har bir kurtka ishlab chiqarish uchun harajat 70 ming so‘mni tashkil etdi. Bu yil esa talabning bir oz tushganligi sababli 800 ta kurtka sotildi. Agar kurtkaning narxi va unga bo‘lgan sarf-harajatlar o‘zgarmagan bo‘lsa, firmaning daromadi bu yil qancha so‘mga kamayadi?
Topshiriq №13
1. Bozorda ikkita firma mavjud bo‘lib, ular bir xil mahsulot bilan iste’molchilar talabini qondirishadi. Ikki raqobatlashayotgan firma bir-birini yengish maqsadida o‘z tovarlari narxini tushira boshladilar. “A” firma 400 so‘mlik mahsulotni 350 so‘mdan kuniga 200 ta sotishga erishdi. “B” firma esa 400 so‘m o‘rniga mahsulotni 330 so‘mga tushirib, kuniga 250 ta mahsulot realizatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi. Qaysi firma kuniga ko‘p naf ko‘radi? Mahsulotlarning har biriga 300 so‘m harajat qilingan.
Topshiriq №14
1. Korxona oyiga 1500 dona mahsulot chiqaradi. Har bir mahsulot 375 so‘mdan sotiladi. Agar mahsulot uchun chiqimlar 255 so‘mni tashkil etsa, korxona oyiga qancha foyda ko‘radi. Poyabzal ishlab chiqarish harajatlari 7000 so‘m bo‘lib, uni ishlab chikaruvchi firma, ikki ulgur-ji vositachilar hamda bir chakana savdo vakili tannarxga nisbatan 20% dan o‘z ustamala-rini qo‘yadilar. Iste’molchiga poyabzal necha so‘mga tushadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |