14-amaliy mashg`ulot.
Endorеproduksiya fazalarini o`rganish.
Endoreproduksiya - hujayrada DNK miqdorining ko`payishi. Ularga politeniya, poliploidiya va ko`p yadrolik misol bo`ladi.
Politeniya - hujayraning bo`linmasdan DNK ning bir necha hissa ko`payishi. DNK bir necha ming marotaba kattalashuvi mumkin. Politeniya bo`linish endomitozning bir urinishi bo`lib, xromasoma iplarining soni ortib tarqalmau bir–biriga yopishib qoladi. Xromasomalar reduplikasiyasi 2 uo`l bilan politeniya va polisomatiya bilan boradi. Politeniya xodisasi qiz hujayra xromatidlar ajralmau va ko`p ichlar politen xromasomalarni hosil qiladi. Masalan: drozofilla lichinkasining so`lak bezi hujayrasida xromasomalar soni 1024 gacha, boshqa turlarida undan ham ko`p bo`lishi mumkin.
Polisomatiya – qiz hujayralarga ajraladi. Somatik poliploidiyada xromasomalar soni normadagi ipchalardan tashkil topgan. Poligeniya polisomatiyadan sifat jihatdan farq qilib, ular 1 ta hujayrada kechadi. Polisomatik hujayralarda xromasomalar soni doimiydir.
Hujayra bo`linishi jarayoni reduplikasiyaga nisbatan sekin borsa politeniya va polisomatiya hodisasi bo`ladi. Aksincha, bo`lsa, hujayralar bo`linishi jarayoni poliploid hujayrada xromasomalar soni kamayadi, ya`ni somatik reduksiya vujudga keladi. Bunday o`zgarish yuksak o`simliklarda va ayrim hasharotlarda uchraydi. Somatik reduksiya ko`pipcha tabiatda uchraydi. Uni eksperimental uo`l bilan ham vujudga keltirish mumkin.
Ba`zan tabiatda yadrodagi xromosomalarning soni ko`p marta ortishi kuzatiladi. Bu hodisa poliploidiya deb ataladi. Agarda xromosomalar soni gaploid yadrodagiga nisbatan 3 marta oshsa – triploid, 4 marta oshsa – tetraploid yadro deyiladi va hokazo.
O`simliklarning poliploid formalari, ko`pincha o`zida qimmatli xo`jalik belgilarini tutib, ular kеyingi tanlash va ko`paytirish uchun xizmat qiladi.
Ma`lumki, organizmlar irsiy belgilarining nasldan-naslga o`tishida xromosomadagi DNK molekulalari to`plami va ularning tarkibi asosiy rol o`unaydi. Irsiyatni belgilaydigan barcha irsiy omillar yig`indisi genotip, organizm va uning belgilarining rivojlanishida bu omillarning amaliy namoyon bo`lishi fenotip deyiladi.
Irsiy belgi – xususiyatlarning ota-ona organizmidan naslga o`tishi quyidagicha ifodalanadi: yadrodagi DNK molekulalari alohida axborot RNK molekulalarini hosil qiladi, bular kеyinchalik sitoplazmaga o`tib, ribosomalarga qo`shiladi va shu organizm uchun xos bo`lgan matrisa (asos) bo`lib xizmat qiladi. Xullas, DNK molekulalarida bo`lg`usi organizmning genotipik xususiyatlari kodlangandir va genotip fenotipning kеyingi rivojlanishini nazorat qiladi. SHuningdek, organizm shakllanayotgan muhit sharoiti ham bunga ta`sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |