14- mavzu: XXI asr ilmiy texnika taraqqiyoti va ilmiy texnika inqilobi asri


I.2. Ta’lim mazmunida “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining zarurligi



Download 102,86 Kb.
bet2/2
Sana02.02.2022
Hajmi102,86 Kb.
#425204
1   2
Bog'liq
14- Mavzu FT

I.2. Ta’lim mazmunida “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining zarurligi.
Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integrasiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim.
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va
tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo’ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo’ldi.
O’tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo’lmish kompyuterlarning o’nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo’lib, ular






hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan kompyuterlarning turli ko’rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini – kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo’lishi kutilmoqda. Ko’rinib turibdiki, bugungi dunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko’plab kompyuterlar zarur.
Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko’pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularga hisoblash texnikasini keng ko’lamda qo’llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fizika, matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirilgan kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo’llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko’maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Turli xil jarayonlarni har tomonlama o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operasiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir.
Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirish “Sun’iy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo’lishi hozirgi davr taqozosi.




Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hokazolardir.
Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo’lmish “XXI asr
– intellektual asr” ning faol ishtirokchisi bo’lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilizasiyasining faol ishtirokchisi bo’lmog’i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi fan va texnika yutuqlari bilan boyitib borish kerak. Buning uchun barkamol avlodni shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:

xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga suyangan holda ta’lim – tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib DTSni takomillashtirish; shakllanishi lozim bo’lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish; uzluksiz ta’lim tizimida o’quv – axborot muhitini yaratish; uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter
t armoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish; uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikasiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, elektron telekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish; uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot
v ositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash; yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini
oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish;
uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog’ini kengaytirish, “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish; uzluksiz ta’lim tizimiga ilg’or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda
mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k.

Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti (F.T.T.) bilan qattiq bog’langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va chuqur o’zgargan ayrim davrlar ham bo’lgan. XVIII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo’lgan davr ana shunday davrlardir. Bu davrlarda qo’l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tildi. XX asrning o’rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish davridir.
FTI insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo’lib, u fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan.
FTI asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarining benihoya o’sishiga turtki bo’ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon FTI 4 ta asosiy hususiyatga ega:
Birinchidan, ko’p qirrali bo’lib, hamma tarmoqlar, hamma sohalarni mehnat jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartiradi. Agar ilgari sanoatda burilishning ramzi deb bug’ mashinasi hisoblangan bo’lsa, hozirgi FTI ning ramzi EHM, kosmik kema, samolyot, AES, televizor, telefon, mini kompyuterlar bo’lishi mumkin.
Hozirgi FTI ning ko’p qirrali ekanini geografik jihatdan ko’p sharxlash mumkin. Chunki FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig’iga, shuningdek koinotga ham ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi.
Ikkinchidan fan-texnika qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o’rtasidagi vaqtning keskin qisqarganida mahsulotlarning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida o’z ifodasini topdi.
Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnining tubdan o’zgarishiga olib keldi. FTI mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab






sizlarning har biringiz uchun ham zarurdir. Bu hol ingson faoliyati barcha
sohalarida aqliy mehnat salmog’ini oshirdi, ya’ni mehnatni aqliylashtirish ro’y berdi.
To’rtinchidan, FTI ning muhim hususiyati shuki, FTI II-jahon urushi vaqtida harbiy texnika inqilobi sifatida paydo bo’ldi. 1945 yil Xirosimada portlagan atom bombasi harbiy-texnika inqilobi boshlanganligi haqida jar soldi. Butun “sovuq urush” davomida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari harbiy maqsadlarda foydalanishga qaratildi.
Iqtisodchilar, faylasuflar va sosiologlar hozirgi zamon FTI ko’p qirrali bo’lib, yagona murakkab tizimdan iborat. Bu tizimda uning 4 ta tarkibiy qismi bir-biri bilan o’zaro juda bog’lanib ketgan, deb hisoblaydilar. Bu 4 ta tarkibiy qism:
1.Fan
2.Texnika va texnologiya.

  1. Boshqaruv.

  2. Ishlab chiqarish.

Fan va talab tarmoqlarning rivojlanishi.
FTI davrida fan bilimlarning juda murakkab majmuaga aylandi. Shu bilan birga ilm-fan inson faliyatining juda keng sohasiga aylandi.; jahondagi ilmiy hodimlar soni 5,5 mln. ga yaqin, ya’ni yer yuzida yashagan barcha ilmiy hodimlarning 9G’10 qismi bizning davrimizda yashamoqda. Fanning ishlab chiqarish bilan
aloqalari juda o’sdi, ishlab chiqarish tobora ko’proq fantalab bo’lib bormoqda. Lekin bunda rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar orasidagi farqlar juda katta.
Butun jahonda bajariladigan ilmiy ishlarning 4G’5 qismi 10 ta rivojlangan mamlakatga to’g’ri keladi. Bu mamlakatlarda IYAMning 2-3 %i fanga sarflanadi. Hamma rivojlanayotgan mamlakatlarga esa jahondagi fanga qilinadigan harajatning 4-5%i to’g’ri keladi.
Texnika va texnologiya: taraqqiyotning 2 yo’li. Texnika va texnologiya ilm va kashfiyotni o’zida mujassamlashtiradi. Yangi texnika va texnologiyadan










foydalanishdan maqsad ishlab chiqarish samarasini, mehnat unumdorligini oshirishdir.
Jami eksport mahsulotining Malayziyada 50 % ini, YAponiya va Koreya Respublikasida 38 % ini, AQSH da 31 % ini yuksak texnologiya buyumlari tashkil etadi (2005 y.).
Keyingi yillarda texnika va texnologiyaning asosiy vazifasi bo’lgan mehnatini iqtisod qilish bilan birga resurslarni iqtisod qilish va tabiatni muhofaza etish vazifalari tobora kuchayib bormoqda. Masalan: Buyuk Britaniya va Italiyada po’latni 2G’3 qismi temir-tersakdan olinadi. Buyuk Britaniya bilan Yaponiyada qog’ozning 1G’2 qismi makulaturadan iborat, AQSH va Yaponiyada alyuminiyning katta qismi ikkilamchi alyuminiydan olinadi. FTI sharoitida texnika va texnologiyaning rivojlanishi 2 yo’ldan iborat:
1.Evolyutsion (mukammallashish) tarqqiyot yo’li. Bunda mavjud texnika va texnologiya tobora mukammallashib, mashina va jihozlar quvvati oshib, transport vositalarining yuk ko’tarish qobiliyati ko’payib boradi. Masalan: Dunyodagi eng yirik energiya bloklari va domna pechlari Rossiya bilan Yaponiyada, Kostroma GRESida quvvati 1,2mln. kVtli energiya bloki ishlab turibdi.
50 yillar boshida eng katta dengiz tankeri 50ming t. Neftni tashiy olardi. 60- yillarga kelib yuk ko’tarish qobiliyati 100,200,300 ming t. 70 yillarga kelib
500,550 ming t. Bo’lgan ulkan tankerlar vujudga keldi. Bulardan eng yirigi Yaponiya va Fransiyada qurildi.
Hozirgi zamondagi jamiyat hayotini uy-ro’zg’orda ishlatiladigan elektron asboblarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Tranzistor, radiopriyomniklar, televizor, magnitafon, personal EHM, elektron soatlar, elektron o’yinlar tobora keng tarqalmoqda. FTI davridagi texnika va texnologiya taraqqiyotining asosiy inqilobiy yo’l.
Ishlab chiqarish taraqqiyotning 6 asosiy yo’nalish. FTI davrida ishlab chiqarish 6 ta asosiy yo’nalishda rivojlandi.
1.Elektronlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini elektron hisoblash texnikasi bilan to’ldirish. Elektronlashtirish tufayli ko’p ishlab chiqarish







jarayonlari butunlay o’zgaradi. Elektronlashtirish ta’lim sog’liqni saqlash maishiy, uy-ro’zg’or ishlariga tobora ko’proq singib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron jihozlar ishlab chiqarish sanoatning ilm-fanga talabi kuchli bo’lgan asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib qoldi.
2.Kompleks avtomatlashtirish. 50 yillarda EHM paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirish boshlandi. 70 yillarda mikro EHM va mikropressiya paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirishni yangi bosqichi boshlandi. Chex yozuvchisi K.Chapek 20 yillardayoq mikroprosessorlarni robotlar deb atagan. Hlzirgi vaqtda robot yasash ishlab chiqarishning ilm-fanni talab qiladigan eng yangi tarmoqlardan biri bo’lib qolmoqda. Horijiy dunyoda sanoat robotlari eng ko’p bo’lgan mamlakatlar Yaponiya va Germaniya, Italiya va Fransiyadir.
3.Energetika xo’jaligini qayta qurish. Energiya xo’jaligi energiyani iqtisod qilishga yoqilg’i energetika balansi tarkibini mukammallashtirishga energiyaning yangi manbaalaridan tobora ko’proq foydalanishga asoslanadigan bo’ldi.
4.Yangi materiallar ishlab chiqarish. Hozirgi kunda ishlab chiqarish eski konstruktiv materiallar bo’lgan qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga yuqori talab qo’yadi. Bunday materiallar salmog’i oshdi. Lekin hozirgi ishlab chiqarish tamoili yangi kompozision yarim o’tkazgich, sopol materiallar, shaffof tolalar, shuningdek, “XX asr metallari” hisoblanadi. Berilliy, litiy, titan va boshqa ko’pgina metallar ishlatiladigan bo’ldi.
5.Biotexnologiyaning jadal rivojlanishi. Bu yo’nalish 70 yilda paydo bo’ldi. Hozirda eng istiqbolli sohaga aylanib qoldi. FTIning ilm-fanni eng ko’p talab qiladigan yangi tarmoqlaridan bo’lgan biotexnologiya va biosanoat ham Yaponiya, va Fransiyada rivojlanmoqda.
6.Kosmosning o’zlashtirilishi.
Boshqarish yuqori axborot madaniyat yo’lida. FTIning hozirgi bosqichi boshqarishga yangi talablar qo’yadi. Eskichasiga nazar solib boshqarish endi mumkin emas. Informatika kursidan sizga ma’lumki, amaliyot talabiga javob tariqasida boshqarish haqidagi yangi fan-kibernetika vujudga keldi. Kibernetika shu bilan birga axborot haqidagi fan ham hisoblanadi.







Biz hozir axborot davrida yashayapmiz. Akademik A.P.Ershov ta’biri bilan aytganda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning hozirgi sistemalari insoniyat jamiyatining o’ziga xos asab sistemasini shakllantiradi. Chunonchi, ilm-fan talab ko’p tarmoqlar yaxshi tashkil etilgan va turli xil axborotlar manbaiga yaqin erga, ya’ni yirik shaharlar hamda shahar aglomerasiyalarda joylashtirishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlar hajmi va axborot manbalari juda tez ko’payib bormoqda. Shuning uchun ham oddiy qog’ozli axborotdan mashina axborotiga o’tib borish juda muhimdir. Masalan: yozuv mashinkasi va kompyuter diski. Bu texnikani ishlatish uchun dasturchi (programmist), boshqaruvchi (operator) va boshqa mutaxassislar vujudga keladi.




Download 102,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish