14.9. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash Ko`pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag`batlantirish tadbiri sifatida ko`pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo`llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat budjetidan imtiyozli kreditlar berish ko`zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo`llaniladi. Bularga:
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo`qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat budjeti yo`qotishga uchraydi, importyor davlat budjeti esa qo`shimcha daromad ko`radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko`rinishlaridan biridir.
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo`llanilib, o`zida qo`shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo`yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o`rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so`ng chiqaradi hamda uning miqdorini va to`lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o`z valuta resurslarini to`ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko`paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo`llanilmoqda.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste‘mol
o`sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda yo`qotishga duch bo`ladilar. Tanqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste‘molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo`ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo`lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga ―ixtiyoriy‖ eksport miqdorlarini cheklashdan iborat.
Bu yerda «ixtiyoriy so`zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o`z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste‘molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste‘molchilar ularni e‘tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste‘molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko`rgan yo`qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko`rib o`tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a‘zo bo`lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.