14 – Ma’ruza: Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#344899
  1   2   3   4
Bog'liq
14 – Ma’ruza Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar



14 – Ma’ruza: 

 

Bino konstruktsiyalarida uchraydigan defektlar. 

 

Reja: 

1)

 



Devorlarda  uchraydigan  shikastlanish.Deformatsiya  turlari  bo’yicha 

yemirilishni aniqlash.  

2)

 

Orayopmalar,  ularda  uchraydigan  shikastlanish.  Deformatsiya  turlari 



bo’yicha yemirilishni aniqlash.  

 

Tayanch  so’zlar:



orayopmalar,  elementlar  ekspluatatsiyasi,  nuqsonlar,  bartaraf  etish 

tadbirlari,  texnik  holat,  elementlarni  kuchaytirish,  diafragmalar,  fibrobeton,  foydalanish  davri, 

texnik  ekspluatatsiya,  devor  panellarida  uchraydigan  nuqsonlar,  deffektlarni  bartaraf  etish 

tadbirlari, deformatsiya turlar, yemirilish. 

 

Ekspluatatsiya qilish uchun odatda binolarning tiklanish narxiga nisbatan 25 



- 55% miqdorda mablag’ sarflashadi. Ekspluatatsiyalashning taqribiy narxi maxsus 

grafiklar va yiriklashtirilgan narxnomalar asosida  aniqlanadi. Bunda 1m

2

  yashash 



maydoni,  1m

2

  ishchi  maydon  yoki  1m



3

  bino  hajmi  asos  qilib  olinadi. 

 

Ekspluatatsiya loyihasi ishlab chiqilgandan so’ng unga asosan smeta hisoblari 



bajariladi  va  ishlar  majmuasining  aniq  narxi  hisoblab  topiladi.  Bunda  bino  - 

inshootlarni  ekspluatatsiya  qilish,  shuningdek,  kapital  ta’mirlash  uchun  maxsus 

ishlab  chiqilgan  yagona  me’yorlar  va  narxlar,  maxsus  narxnomalardan 

foydalaniladi.  Ekspluatatsiya  qilish  ishlari  ularning  xarakteriga  ko’ra  turli 

manbaalardan  moliyalashtiriladi.  Ishlarning  smeta  narxi  shartnomaviy  narxlar 

asosida  belgilanadi.  Bunda  ishlab-chiqarishni  rivojlantirish  fondi,  rezerv  fanlar  va 

markazlashgan  fondlar hisobidan  mablag’lar ajratiladi. Bundan tashqari, ajratilgan 

mablag’lar yetarli bo’lmasa, bank kreditlaridan foydalaniladi. 

 

Ekspluatatsiya  qilish  variantida  ishlarning  narxi  yangi  qurilishga  nisbatan  



sezilarli  darajada  kam  bo’lar  ekan.  SHu  sababli,  mavjud  barcha  nuqson  va 

kamchiliklarga qaramasdan, binoni ekspluatatsiya qilish maqsadga muvofiqdir.      

Bino-inshootlarning  asoslari  gruntlarini  kuchaytirishning  asosiy  mohiyati 

ularni sun’iy yo’l bilan mustahkamlash orqali yuk ko’tarish qobiliyatini oshirishdan 

iborat  bo’ladi.  Buning  uchun  qurilish  amaliyotida  silikatlash  va  elektrosilikatlash, 

termik kuydirish, yangi poydevorlar ostiga qum – shag’al yostiqlar yotqizish usullari 

qo’llaniladi. 

Asos gruntlarini silikatlash uchun poydevorlar tagligining ostiga diametri 19-

38  mmli  in’ektorlar – po’lat quvurlar tushiriladi  va ular orqali 0,3-0,6 MPa bosim 

ostida  qorishma  singdiriladi.  Tasmasimon  poydevorlar  ostiga  in’ektorlar  har  ikki 

tomondan  tushiriladi,  poydevor  tagligining  eni  katta  bo’lgan  hollarda  in’ektorlar 

qiya  holatda  joylashtiriladi.  Elektrosilikatlashda  mustahkamlanuvchi  gruntga 




doimiy elektr toki yuboriladi, natijada gruntga singdiriluvchi qorishmaning siljishini 

tezlashtirib, miqdorini 20% gacha oshirishga imkon beradi. 

Termik usul lyossimon cho’kuvchan gruntlarni  mustahkamlashda qo’llanilib, 

unda  issiqqa  chidamli  quvurlar  orqali  gruntga  600-800

0

S  gacha  qizdirilgan  havo 



oqimi yuboriladi. 

Bino  -  inshootlarning  poydevorlarini  kuchaytirishda  tsementlashtirish,  beton 

va  temirbeton  gardishlar  tiklash,  tagligini  kengaytirish,  ustunqoziqlar  vositasida 

kuchaytirish kabi usullar qo’llaniladi. 

Tosh  -  g’isht  terimidan  tashkil  topgan  poydevorlarni  tsementlashtirib 

kuchaytirish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  poydevor  tanasida  diametri  25  mmli 

teshiklar ochilib, ular orqali 1:1 (tsement-suv) tarkibli tsementli qorishma 0,3 – 0,5 

MPa  bosim  ostida  singdiriladi.  TSementlashtirish  imkoni  yo’q  bo’lgan  hollarda 

poydevor  beton  va  temirbeton  gardishlar  tiklab  kuchaytiriladi.  Bunda  beton 

gardishning minimalь eni 15 smdan kam bo’lmasligi kerak. Temirbeton gardishlar 

bir tomonlama yoki har ikki tomondan tiklanishi mumkin. Ularning minimalь eni 10 

sm bo’lib, bir–biri bilan diametri 20 mm li ankerlar bilan bog’lanadi. 

Poydevorlarni  tagligining  enini  kattalashtirib  kuchaytirishda  bir  yoki  ikki 

tomonlama  tiklanuvchi  banketlar  hosil  qilinadi.  Banketning  eni  quyida  30  smdan, 

yuqorida 20 smdan kam bo’lmasligi kerak. Bu usulda kuchaytirishda turli kashaklar, 

rafaqlar,  yuklarni  taqsimlovchi  to’sinlar  sifatida  prokat  profilli  po’latlar  ham 

ishlatiladi.  Poydevorlarning  kuchaytiriluvchi  va  kuchaytiruvchi  qismlarining  yuk 

ko’tarish qobiliyati hisoblar natijasida va talablar asosida armaturalanadi. 

Mavjud  poydevorlardan  past  sathlardagi  gruntning  yaxlitligi  buziluvchi 

hollarda,  hamda  bino  –  inshootlarning  vaqt  davomida  intensiv  ravishda  ortib 

boruvchi  deformatsiyalarini  to’xtatish  uchun  yangi  poydevorlar  tiklash  usuli 

qo’llaniladi.  Hozirgi  paytda  mavjud  poydevorlar  ostiga  ustunqoziqli  poydevorlar 

hosil qilib ularni o’tqazish usullari ham amalga oshirilmoqda. 

Foydalanilayotgan 

bino-inshootlarning 

shikastlangan 

poydevorlarini 

kuchaytirish  ishlarini  bajarishda  ularning  konstruktsiyalarini  yer  osti  suvlari 

ta’siridan  himoyalashga  ham  alohida  ahamiyat  berilishi  zarur.  Bu  maqsadda 

samarali gidroizolyatsiyalash ishlarini amalga oshirish talab etiladi. 

Pardevorlarni  almashtirishda  ko’plab  zamonaviy  konstruktsiyalar  va  detallar 

qo’llaniladi.  Ichki  konstruktsiyalar  to’liq  almashtiriladigan  hollarda  minorali  kran 

mavjud  bo’lsa  panalli  gipsobeton  pardevorlar  qo’llanilishi  maqsadga  muvofiqdir. 

Binolarning o’lchamlari turlicha bo’lganligi sababli, ko’p hollarda plita  va bloklar 

ko’rinishidagi pardevorlar qo’llanilishi qulaydir. 

 

 



 


 

 

 



1-rasm



Gruntni 

ximiyaviy in’ektsiya usulida 

mustahkamlashning hisobiy 

sxemasi: a – yakka yurish  

usulida;  b – yaxlit massiv 

ko’rinishida. 

 

 



 

 

 



 

2-rasm. Lentasimon 

poydevorlar asosini 

silikatlashtirish sxemasi: 

 1-in’ektor; 2-poydevor; 3 

- mustahkamlangan soha.  

 

 



 

 

Ayrim  hollarda  yog’och  sinchli  pardevorlar  qo’llaniladi.  Bunda  50mm 

qalinlikdagi  taxtalardan  sinch  tiklanadi,  ularning  orasida  meneral  paxta  yoki 

plitasimon  to’ldirgich  joylashtiriladi,  qoplama  sifatida  quruq  suvoq  yoki 

asbestotsement  listlardan  foydalaniladi.  Ekspluatatsiya  qilinadigan  binolarda  yirik 

blokli  sanitariya  kabinalari,  ventilyatsiya  kanallari,  gazoxodlar  qo’llanilishi 

maqsadga muvofiqdir.  

 

Oshxonalar  va  sanitariya  xonalari  ekspluatatsiyadan  oldingi  joylarida 



joylashtiriladigan  hollarda  kapital  devorlarda  mavjud  bo’lgan  kanallardan 

foydalanish imkoniyatlari tekshirib ko’rilishi zarur. Bunday kanallarning joylashishi 

devorlarning yoyma chizmalarida hamda o’lchov chizmalarida ko’rsatilishi kerak.  

 

Eshik  bloklari  va  deraza  romlari  komplekt  holda  almashtiriladi.  Eshik  va 



derazalar zamonaviy standartlar va tipovoy yechimlar asosida almashtiriladi. Eshik 

va  derazalar  o’rniga  qarab  ularning  o’lchamlari,  tuzilishi  va  konstruktsiyalari 

aniqlanadi. Ayrim hollarda eshik va derazalar o’lchamlari kattalashtiriladi, bir necha 

deraza va eshiklar o’rni birlashtirilishi ham mumkin.  

Havfli,  yo’l  qo’yib  bo’lmaydigan  nuqsonlari,  latlari  va  shikastlanishlari 

borligi aniqlangan konstruktiv elementlarning texnik holatini me’yoriy talablarga 

javob  beradigan  holatga  keltirish  uchun  ularni  kuchaytirish  va  almashtirish 

tadbirlari  amalga  oshiriladi.  Hozirda  mavjud  usullar  yordamida  bino  va 

inshootlarning  ekspluatatsiyasini  birmuncha  muvaffaqiyat  bilan  talablarga  javob 

beradigan darajaga keltirish imkoniyati bor. 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish