Havo radioaktivligini o‘lchashning maqsad va vazifalari
Havoni ifloslovchilarning muhim gigiyenik ahamiyati ularni har bir davlatning ko'plab hududlarida nazorat qilish zaruratini belgilaydi va tobora ko'proq jamoatchilik e ’tiborini tortib kelmoqda.
Aholiga tahdid solinishi nuqtayi nazaridan gigiyenist-mutaxassis uchun radioaktiv nurlanishning ( a - ,/ 3 - va у — nurlanishlar) o ‘zi va uning jadalligi emas, balki ularning davomiyligi (yarim parchalanish davri) ayniqsa radiatsiya tashuvchilari (radionuklidlar)ning kimyoviy tabiati qiziqish uyg‘otadi. Alohida radionuklidlar o'zining kimyoviy
xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan sezilarli farq qiladi. Ayniqsa 90Sr ning j3 — nurlanishi (yarim parchalanish davri 28 yil) manbayi xavflidir, u kalsiy bilan kimyoviy yaqinligi tufayli suyaklarda to ‘planadi va ancha uzoq vaqt saqlanadi. Ayrim radionuklidlar, masalan, 1311, qoramol tom onidan juda tez o ‘zlashtiriladi va qisqa vaqtdan keyin uning sutida paydo bo'ladi; insonda esa u qalqonsim on bezda
yig'iladi. Havoning radioaktivligi yuqori bo‘lmaganda va tabiiy jarayonlar natijasida yuzaga kelgan m iqdoridan oshm asa, uni m utaxassis tom onidan tekshirishga zarurat bo‘Imaydi. Ammo ruxsat etilgan chegaralar birdaniga oshib ketsa, kerakli himoya choralarini ko‘rish uchun qisqa fursatlarda to ‘liq tahliliy m a’lumotlarni to ‘plash kerak bo‘ladi. Yadroviy reaktorlar bor markazlarga yaqin joylarda asosiy e ’tibor kuchli radioaktivlikning mavjudligini tezkorlik bilan aniqlash va bu haqda ogohlantirishga qaratilishi kerak.
Bunday hollarda m untazam o ‘lchash!ar uchun moslamalarni o'rnatish ko‘zda tutiladi, ular qisqa vaqt oralig‘ida tegishli signallarni berib turadi. Agar xavf manbalari (yadroviy portlashlar, uzoqdagi reaktor markazlari) ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, m untazam ko‘rsatib turuvchi apparaturani o ‘rnatish bilan kifoyalanish mumkin, unda radioaktiv nurlanish darajasining ortishi, masalan, har 24 soatda o'lchanadi.
Chang (u bilan radioaktiv zarrachalar ham) havodan tegishli filtrlar orqali so‘rib olish yo‘li bilan ajratiladi. Bir martalik o‘lchashlar uchun 6 sm diametrli filtrlardan foydalaniladi. Oxirgi paytlarda gazli xromatografiya inert gazlarni aniqlashda eng mos usul sifatida tan olindi. Havo namunasini tahlil qilganda argon va kislorodni past haroratda (—72°C) ajratish birm uncha qiyinchilik tu g ‘diradi, bunda azot ajratuvchi kolonkada ushlanib qoladi. Kislorodni esa faol ko‘mirda palladiy ishtirokida vodorod bilan yondirish orqali yo‘qotish mumkin. Shundan so‘ng argon, kislorod va azotni xromatograflk ajratishni olib borish tavsiya etiladi. N 2 , 0 2 , Ar, CO, C 0 2, H 2S va S 0 2 aralashmasini xromatograflk
ajratish porapak (sorbent) da olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |