Atmosfera yog‘ingarchiIiklaridagi radioaktiv moddalar miqdorini aniqlash
Tegishli obhavo sharoitlarida havoda mavjud radioaktiv aerozollar boshqa chang zarrachalariga o ‘xshab, yomg'ir va qor bilan pastga tushadi. Shu tariqa radioaktiv yog'ingarchiliklar yom g'ir sifatida yog*iladi. Shuning uchun radioaktiv zaharlanishni aniqlashda yog'ingarchilik namunasini tahlil etish zarur. Yog‘inlar, masalan, polivinilxloridli katta baklarda yig‘iladi, adsorbsiya tufayli yo‘qotishlarni oldini olish uchun bakka faol bo‘lmagan moddalar eritmalari, masalan, 20 mg Sr, Cs va Ce tuzlari qo'shiladi. Radioaktiv moddalar konsentratsiyasini oshirish uchun bug'latilgandan so‘ng ionitlardan foydalanish va cho‘ktirishni qo‘llash mumkin. a — va f i — nurlanishlaming jadalligi proporsional o'lchagichlarda, у — nurlanish jadalligi ko‘proq ssintillyativ o'lchagichlar yordamida o ‘lchanadi, у — spektrometrlardan foydalanish radioaktiv moddalarni aniqlash imkoniyatlarini kengaytiradi. B undan tashqari, m urakkab b o ‘lm agan hollarda n am u n ad a n u rla n ish n in g m uayyan tash u v ch isin i an iq lash u c h u n y arim parchalanish davrini o'lchash mumkin. Zarur hollarda radiaktiv tahlil uchun gravimetrik tahlil va ionli almashinuvning turli usullaridan foydalaniladi.
Inert gazlar Inert gazlardan turli sohalarda, masalan, yorug‘lik texnikasi va elektron moslamalarda foydalaniladi: argon avtogen payvandlashda himoya gazi sifatida, geliy esa, bundan tashqari, gazli xromatog- rafiyada tashuvchi gaz sifatida qo‘llaniladi.
Havo gigiyenasi nuqtayi nazaridan radondan tashqari barcha inert gazlar katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi, shuning uchun ularning tahlili juda muhim emas.
Havodagi inert gazlarni tahlil qilishning klassik usuli ularni ajratish va konsentratsiyalarini qoldiq azotda oddiy gazli tahlil usuli bilan aniqlashdir. Azot 400°C haroratda metall kalsiy bilan birikadi. Inert gazlardan iborat qoldiq gazning alohida kom ponentlari konsentratsiyasi fraksion sorbsiya va desorbsiya yordamida aniqlanadi.
Chunonchi, turli sinflarga oid zaharli, yuqori qaynash haroratiga ega organik birikmalar murakkab aralashmalarining tahlili olib borilgan bo‘lib, ular AQSH ning sanoat shaharlaridan birida atmosfera havo sidagi qattiq zarrachalardan ajratib olingan.
Tahlil Xyulett-Pakkard (AQSH) firmasining kapillar kolonka bilan jihozlangan gazli xromatografida olib borilgan. Bu kapillar kolonka 30m x 0,25 mm hajmli bo'lib, silikonli statsionar faza va massselektiv detektorga ega. Xromatograflk kolonkadagi tashuvchi gaz (geliy)ning bosimi asta- sekin oshirilgan, kolonka harorati esa 50—320°C oralig‘ida 12-35°C / daqiqa tezligiga dasturlashtirilgan. Tekshirilayotgan aralashmada inson salomatligi uchun zaharli bo'lgan xlor va nitrobenzollar, xlorva nitrofenollar, ftal kislotasining murakkab efirlari, PAU va ularning turli geteroatom li hosilalari, aminlar, nitrozoam inlar va boshqa zaharli birikm alar borligi
aniqlangan. Ularning ko'pchiligining kanserogen va mutagen ta ’siri yaqqol ko‘rinadi.
Havoning ushbu ifloslovchilarini xromatograflk ajratishdan keyingi identifikatsiya qilish mass-selektiv detektor yordamida olib borildi, u ancha ishonchli hisoblanadi.
Bunday tahlillar shahar havosini va avtotransport ham da kimyo sohasidagi sanoat korxonalarining ishi bilan bog'liq bo'lgan ekologik xavfsizlikni baholashda juda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |