Quddusga kelayotgan ziyoratchilarnii himoya qilish uchun tuzilgan ikkinchi ritsarlik ordeni dastlab TAMPLIYERlar (xramovniklar, “xram” ibodatxona so'zidan) deb nomlangan. U Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan.

Orden a’zolari harbiy jasoratlari va ishbilarmonligi bilan ajralib turgan. Tampliyerlar xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo'rlik bilan ham shug'ullangan. Yevropada ularning boyliklari haqida afsonalar to'qilgan. Boylik ХIV asr boshlarida ordenning ta`qiqlanishiga olib keladi.
Uchinchi yirik diniy-ritsarlik ordeni Muqaddas Bibi Maryamga bag'ishlangan. Undagi ko'pchilik ritsarlar Germaniyadan bo'lgani uchun, uni NEMIS (lotincha TEVTON) ordeni deyishgan. Orden Falastinda uzoq qolmagan.

Salibchilarning Venetsiya savdogarlari bilan uchrashuvi
Salibchilarning Venetsiya savdogarlari bilan uchrashuvi
Lotin imperiyasi.
(1204—1261). Lotinlar (vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida zamondoshlari Sharqdagi Romaniya, hozirgi tarixchilar Lotin imperiyasi deb atagan davlatni tuzadilar.
Romaniyaning birinchi imperatori etib salibchilar yo‘lboshchilaridan biri — Flandriya grafi Bolduin saylanadi. Qizig‘i, Bolduin o'zini Vizantiya imperatorlari hokimiyatining qonuniy davomchisi, Romaniyani — Vizantiyaning davomi deb hisoblagan.
Lotinlar bosib olingan hududlarda o‘z tartiblarini o‘mata boshlaydilar. Bu davlatda ham G'arbiy Yevropadagi kabi ritsarlar qasrlari qad ko‘tardi. Konstantinopol patriarxi taxtini katolik ruhoniysi egallaydi, dehqonlar ritsarlaiga shaxsiy qaramlikka tushadilar.
Vizantiyani zabt etgan ritsarlarning ko‘pchiligi tez orada vataniga qaytib ketadi. Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar hokimiyatni faqat о‘zl arming temir intizomi va uyushganligi bilan ushlab turadi. Konstantinopol saroyi butun Yevropada ritsarlarining jasorati bilan shuhrat qozongan edi. Ular, ayniqsa, ritsarlik sha’niga, sadoqatiga rioya qilishda namuna bo‘lishgan.
Ammo mahalliy yunonlaming mardonavor qarshiligi tufayli lotinlar Vizantiya yerlarini to'liq bo'ysundira olmadilar. Lotin imperiyasining o‘zi ham tez orada bir necha mayda knyazliklarga bo'linib ketadi.