13-variant Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashning mazmun-mohiyati. Loyihaviy moliyalashtirishda shartnoma munosabatlari tahlili. Sindikatli kreditlashni amalga oshirish uchun bank sindikatini tashkil etish tartibi. Javoblar: 1



Download 32,86 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi32,86 Kb.
#591950
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish maruza



13-variant


  1. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashning mazmun-mohiyati.

  2. Loyihaviy moliyalashtirishda shartnoma munosabatlari tahlili.

  3. Sindikatli kreditlashni amalga oshirish uchun bank sindikatini tashkil etish tartibi.

Javoblar:
1. Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo‘ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so‘zning aniq atamasi yo‘qligi sababli, ko‘pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit, deb ham ataladi.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo‘lgan kreditlarga loyihaviy moliyalashtirish ham kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yirik investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish, faqatgina maqsadli moliyalashtirilgandagina samarali amalga oshirilishi mumkin. Maqsadli moliyalashtirish kredit resurslaridan foydalanishdagi o‘sha javobgarlikni bartaraf etadi.
Maqsadli moliyalashning afzalligi shundaki, bunda kreditor nafaqat qarz resurslarini taklif qiladi, balki ularni qulay shartlarda tovarlar bilan ta’minlaydi.
Moliyaviy globalizatsiya davrida investitsiya loyihalarini xalqaro kreditlash jarayonida loyihaviy moliyalashtirish tobora samarali moliyalashtirish shakli bo‘lib kelmoqda. Loyihaviy moliyalashtirish deganda odatda bank tomonidan investitsiya loyihasini moliyalashtirishdagi maxsus kreditlash turi tushunilib, bunda regressiz yoki qarzdorga bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini maqsadli moliyalash (kreditlash) tushunilib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarining ta’minoti bo‘lib, mazkur loyiha faoliyatidan olgan daromadlari hamda bu loyihaga taaluqli aktivlar hisoblanadi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda loyihaviy moliyalashtirishning turli sxemalari asosida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Bulardan biri «Evro tunel» investitsiya loyihasini moliyalashtirishdir. Bu investitsiya loyihasiga asosan Buyuk Britaniyani Evropa kontinenti bilan bog‘lab, sof xususiy sektorlarning (xukumat va xalqaro tashkilotlar aralashuvisiz) investitsiyalariga barpo etilgan va loyiha qiymati 7 mlrd funt sterlingni tashkil etgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda 198 ta bank o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etgan.
Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko‘pchilikloyihani moliyalashtirishning sindikat kreditlari shakliga zarurat sezmoqda. Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o‘rnatadi va u boshqa banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi.
Sindikatlashgan kredit bo‘yicha foiz summasi qoidaga ko‘ra suzib yuruvchi stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate – Londondagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va unga bank marjasi qo‘shiladi.
2. Loyihaviy moliyalashtirish to‘g‘risidagi shartnoma quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:

  • izoh - shartnomada qo‘llaniladigan terminlarning ta’rifi;

  • kredit, ssuda - operatsiyaning tartibi va strukturaning ta’rifi;

  • foizlar - foizlarning tarkibiy tuzilishi va stavkasining ta’rifi. Ma’lumki, LIBOR bu Londondagi banklararo foiz stavkasi hisoblanadi, biroq uning yuridik jihatdan aniqlanishida muammo kelib chiqadi;

  • kredit to‘lovlari, kreditni qaytarish va muddatini uzaytirish - formal, biroq juda muhim tushunchalar, ularga mijoz va ajratilgan mablag‘lar taqdiri bog‘liq;

  • muhitning o‘zgarishi - aytaylik, Oliy majlisga yangi soliq turlarini kiritmoqda. Bunday holat kreditorlar daromadlari va mijoz majburiyatlariga qanday ta’sir etadi?

  • arizalar va kafolatlar mizojning taqdim etayotgan hujjatlari va ma’lumotlari to‘g‘riligini va u qarz olish huquqiga ea ekanligini tasdiqlashi;

  • jarimalar va foiz to‘lovlari - mijoz kreditni o‘z vaqtida qaytarmasa, u to‘laydigan foiz va jarimalar summasini aniqlash;

  • to‘lovlar kreditni qaytarish va foizlarni to‘lash usuli;

  • komissiyalar va xarajatlar - normal jihatdan foiz to‘lovlari tarkibiga kirmaydigan (biroq kreditning umumiy qiymatiga qo‘yiluvchi) turli xil xarajatlar va komissiyalar to‘lovi tartibi;

  • konsessiyalar va transfertlar - sindikatlar bozorini rivojlantirishda muhim bo‘lgan bo‘limlardan biri. Har qanday kredit shartnomasi fuqarolik huquqi umumiy prinsiplariga asosan kredit bo‘yicha 3-shaxs huquqlariga yon bosishiga ruxsat beradi (sessiya-sindikat uchun 3-shaxs bo‘lgan tomon, transfert-sindikatga a’zo bo‘lgan tomon). Bank kreditlarining ikkilamchi bozori, birinchi navbatda sindikatlar likvidligini oshirish maqsadida barcha banklar turli yon bosishlarga ruxsat berishi mumkin. Tranzansion xarajatlarni kamaytirishga xarakat qiladilar. Xususan, hozirda sindikatlashgan (va oddiy) kreditlar bo‘yicha hujjatlarni soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda.

  • huquq va yurisdiksiya - ko‘pincha barcha sharnomalar sindikat tashkilotchisi va tomonlar kelishuvidan kelib chiqib, ingliz, nemis, shveysar qonunchiligi asosida tuziladi;

boshqa masalalar - shartnoma ustida ishlash. Shartnoma ustida ish olib borganda, 3 asosiy holatga diqqatni qaratish kerak.
Birinchidan, shartnoma matnida boshlang‘ich shartlarning mijoz uchun to‘g‘ri va foydali etib aks ettirilishi zarur. Ikkinchidan, shartnomaning amal qilish davrida mijoz uchun turli cheklovlar o‘rnatuvchi moddalarga e’tiborni qaratish muhim. SHuningdek kreditor mablag‘larni qaytarishni talab qilib olishga imkon beruvchi moddalarni ham sharnomaga kiritish muhim hisoblanadi. Uchinchidan, kreditdan foydalanganligi uchun mijoz to‘laydigan soliqlarni aniqlashga katta e’tibor berish kerak. Ba’zan bu masalalar juda muhim hisoblanganligi bois ular “Term SHeet” tarkibiga kiritiladi.
3. Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog‘liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga ko‘ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko‘rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo‘jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o‘rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so‘rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni: o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to‘g‘risida etakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, etakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. SHundan keyin etakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar etakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Etakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi lozim. Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina etakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o‘zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar.
Bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit shartnomasini imzolashda bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo‘ladi.
Download 32,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish