ular yigirma to‘rtta.
Tole Imoniy unlilar uchun va1-išba’ (ya’ni “išba’ bilan”) hamda bil- išba’ (“išba’ siz”) atamalarini qo‘llagan. A.K. Borovkov va1- išba’ atamasini “с насыщениям”, bil-išba’ atamasini esa “без насыщения” deya talqin qiladi. Uningcha, Tole Imoniy va1-išba’ atamasi ostida tor i, ȉ, u, ü unlilarini, bil-išba’ atamasi ostida esa o‘rtator e, ö, o unlilarini ko‘zda tutgan. Masalan, ishdagi “alif” išba’li kasra bilan (“с насыщениям”) talaffuz qilinsa - “ish” (делo); agar “alif” išba’siz kasra bilan (“без насыщения”) o‘qilsa - “eshmak” (“вить”, “прясть”) so‘zi anglashiladi (Borovkov 1961,12)|
Lug‘atda fe’llar -maq, -mak qo‘shimchali infinitiv ko‘rinishda berilgan. Muallif ularni masdar deb ataydi.
Fe’lning masdardan yasalgan boshqa ko‘rinishlari ham bosh so‘z bo‘lib kelishi mumkin.
Fonetik va grammatik qaydlar lug‘at maqolalar ichida izohlar bilan birga aralash keladi. Ba’zi so‘zlarning ma’nosi forscha ekvivalentlar bilan ham beriladi. Ayrim o‘rinlarda so‘zning arabcha tarjimasi va o‘zbekcha sinonimi ham ko‘rsatiladi:
2. Devonu lug‘atit-turk HAQIDA
Devonu lugʻotit-turk” (“Turkiy soʻzlar devoni”) — Mahmud Koshgʻariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari (1071-72/ 1072-1074). Bu asarda XI asrning 2-yarmida Markaziy Osiyoda va Gʻarbiy Xitoy hududida istiqomat qilgan turkiy urugʻ va qabilalar, ularning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geogr.si, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirilgan. “Devonu lugʻatit-turk”ning qoʻlyozmasi 1914-yil Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. 319 sahifali bu qoʻlyozma hozirgi Istanbulda saqlanadi. Bu nusxa “D.t.l.” yozilganidan salkam 200 yil keyin, yaʼni Mahmud Koshgʻariyning oʻz qoʻli bilan yozilgan nusxadan 1266-yilda kotib Muhammad ibn Abu Bakr ibn Fotihal-Soviy al-Damashqiy tomonidan koʻchirilgan.
“Devonu lugʻotit-turk” arab tilida yozilgan, 8 mingdan ortiq turkiy soʻzlarni toʻgʻri talaffuz qilish maqsadida arabcha hara-katlar (harflardagi ost-ust ishoralar)dan foydalanilgan. Bunda, albatta, muallif ancha qiyinchilikka uchragan, chunki arabcha harf va alif, vov, yo ishoralari bilan turkiy tovushlarni berib boʻlmas edi. Turkiy tildagi choʻziq va qisqa unlilar, yumshoq va qattiq tovushlar uchun Maxmud Koshgʻariy maxsus belgilar (harakatlar)ni qoʻllaydi yoki soʻz boshidagi choʻziqlikni ikki alif bilan koʻrsatadi yoki 2 xil talaffuz qilinadigan soʻzlarga 2 xil ishora qoʻyadi: azuqluq, eritmak soʻzlaridagi z va r harflari ustiga ham kasra, ham damma ishorasini qoʻygan, demak, bu soʻzlar oʻsha davrda ikki xil talaffuz etilgan: aziqluq — azuqluq, eritmak — erutmak kabi. Arabcha harf bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turkiy talaffuzni “Devonu lugʻatit-turk”da izohlab, taʼriflab oʻtgan.
Muallif ko‘rsatishicha, kitob bo‘limdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir bo‘limda ot – ism so‘zlar, fe’llar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. Asarda 7500 dan oshiq turkiy so‘z va iboralar izohlangan.
Lug‘atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o‘lka nomlari, daryo, tog‘, yaylov, vodiy, dara, yo‘l, dovon, ko‘l, soy kabi geografik atamalar, turli qabila, urug‘, elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi. Asarga Mahmud Koshg‘ariy tuzgan dunyo xaritasi, dunyoning doira shaklidagi tasviri ham ilova qilingan. Uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. XI asr geografiya ilmining namunasi bo‘lmish bu xarita Koshg‘ariyning qomusiy olimligining dalilidir.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, 700 satrdan oshiq she’riy parchalar ushbu asar sahifalaridan o‘rin olgan. She’riy parchalarning ko‘p qismi turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos to‘rtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan she’riy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri she’riyatiga xos bo‘lgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, g‘azal, qit’a parchalari bo‘lib, ularni Koshg‘ariy o‘zi ham ko‘pincha “bayt” deb ataydi. Bundan tashqari, hayvonot va oʻsimliklari, ularning nomlanishiga toʻxtalib oʻtadi, astronomik maʼlumotlar, burj va muchal haqida ham maʼlumotlar bor. “Devonu lugʻatit-turk”da ayniqsa qabila va urugʻ tillariga oid lingvistik maʼlumotlar ancha batafsil berilgan.
Kitobda 7 ta epik doston, ishqiy qo‘shiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, she’rlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshg‘ariy devonda keltirilgan VIII–XI asrlarga oid turkiy she’riyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga o‘tish moyilligi seziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |