14-variant
1.Inventarizatsiya natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish.
2. Xo’jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo’ladigan o’zgarishlar va ularni farqi. 3. Banklarda hisob-kitob va valyuta schetlarini ochish tartibi.
1 Inventarizatsiya natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari haqiqiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi. Inventarlashning asosiy maqsadlari mol mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash,haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda toʻgʻri aks ettirilganligini tekshirish. Solishtirish qaydnomalari inventarlash paytida hisob maʼlumotlarida tafovutlar aniqlangan boyliklar boʻyicha tuziladi. • Solishtirish qaydnomalarida inventarlash natijalari, yaʼni buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha koʻrsatkichlar va inventarlash roʻyxatlari (dalolatnomalari) maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutlar aks yettiriladi. • Inventarlash natijalarini rasmiylashtirish uchun yagona registrlar qoʻllanilishi mumkin, ularda inventarlash roʻyxatlari (dalolatnomalari) va solishtirish qaydnomalarining koʻrsatkichlari birlashtiriladi. Mazkur standart asosiy faoliyati budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni qo‘shgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasi hamda uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. 1.3. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash; haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish; majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. 1.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan joyidan qat’i nazar, barcha aktivlari va majburiyatlari inventarizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’ul saqlashda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarizatsiya qilinishi kerak. Mol-mulkni inventarizatsiyasi uning joylashgan joyi va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |