3. Korxona kassasiga naqd pullarni kirim qilishda asosan: 1. bankdan olingan naqd pullar - bank cheki asosida; 2. chakana savdo orqali yoki aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish natijasida olingan naqd pullar tushumi; 3. korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi mumkin. Naqd pul qabul qilinganda: 1 buxgalteriya xisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassir tomonidan imzolanadi 2 kassir shtampi bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi tushurilgan chipta pul topshirgan shaxsga beriladi. Tashkilot kassasidan naqd pullarni chiqim qilish tashkilot rekvizitlari tushirilgan toʻrtburchak shtamp bosilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderi yoki toʻlov qaydnomasi asosida amalga oshiriladi. Kassadan naqd pul berish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarga tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzo qoʻyishi shart. Kassa chiqim orderiga ilova qilinadigan hujjatlarga (arizalar, toʻlov qaydnomalari va boshqa toʻlov hujjatlariga) tashkilot rahbari tomonidan rozilik imzosi qoʻyilganda, kassa chiqim orderiga tashkilot rahbarining imzosi qoʻyilishi talab etilmaydi. Касса муамалаларини юритишда фойдаланиладиган шакллар • КО- 1 касса кирим ордери • КО- 2 касса чиқим ордери • КО-3а касса кирим ордерларини рўйхатга олиш дафтари • КО-3б касса чиқим ордерларини рўйхатга олиш дафтари • КО-4 касса дафтари КО-5 кассир томонидан берилган ва қабул қилнган пулларни рўйхатга олиш дафтари • Нақд пул олиш учун чек дафтарчаси aylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash, o‘rab-bog‘lash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash va chiqim qilish uchun bank kassa tarmog‘ida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi;bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama; valyuta qimmatliklari — naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin;