124.Ion va vodorod bog’lanishga ta’rif va misollar keltiring
Ionlar orasida elektrostatik tortishish kuchlari ta’sirida yuzaga keladigan bog’lanish ion bog’lanish deyiladi. Ion bog’lanish elektromanfiyligi bo’yicha katta farq qiladigan atomlar orasida hosil bo’ladi.
Ion boglanish hosil bo’lish mexanizmi kovalent bog’ hosil bo’lish mexanizmiga o’xshaydi. Avval umumiy elektron juft hosil bo’ladi. So’ngra bir yoqlama qutblanish hisobiga bu elektron juft elektromanfiyligi yuqoriroq bo’lgan atom tomonga siljiydi. Kovalent va ion bog’lanishlar hosil bo’lish mexanizmlari o’xshash bo’lib, umu-miy elektron juftining qutblanish darajasi bilan farq qiladi. Aga 0 bo’lsa, qutbsiz kovalent bog’, 0 < 0,7 < 4 bo’lsa, qutbli kovalent bog’, 0,7 > 4 ion bog’lanish.
Ion bog’lanishli birikmalar qiyin suyuqlanadigan qattiq moddalardir. Osh tuzi NaCl ning suyuqlanish harorati T suyuq 800 0C, KCl niki T suyuq 768 0C. Ion bog’lanishli moddalarning suvli eritmalari, hatto suyuqlanmalari elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Ion bog’lanish ionlararo o’zaro ta’sir natijasida hosil bo’ladi.
Har qaysi ionni zaryadlangan shar deyish mumkin. Ionning kuch maydoni fazoda hamma yo’nalishda bir tekisda tarqala oladi, ya’ni o’ziga qarama-qarshi zaryadli ionni har qanday yo’nalishda ham bir tekis torta oladi. Demak, ion bog’lanish yo’naluvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bundan tashqari, manfiy va musbat ion o’zaro birikkan bo’lsa ham, har bir ion o’ziga harama-qarshi zaryadli boshqa ionlarni ham o’ziga torta oladi. Demak, ion bog’lanish to’yinuvchanlik xossasiga ega emas.
Ion bog’lanish to’yinuvchanlik va yo’naluvchanlik xossalariga ega bo’lmagani uchun har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda qarama-qarshi zaryadli ionlar bo’ladi. Ionlarning maksimal miqdori kation va anionlar radiuslarining bir-biriga nisbatan katta-kichikligiga bog’liq. Masalan, Na+ ioni atrofida eng ko’p 6 ta Cl - ioni Cs + ioni atrofida esa ko’pi bilan 8ta Cl - ioni bo’ladi.
Biri musbat, biri manfiy iondan iborat ion bog’lanishli molekulalar odatdagi sharoitda yakka-yakka holda mavjud bo’la olmaydi.Ular o’zaro birikib juda ko’p molekulalardan iborat kristallarni hosil qiladilar. Shuning uchun NaCl, CsCl emas, Na nCln ; CsnCln yozish to’g’riroq bo’ladi.
Vodorod atomi yuqori elektromanfiylikka ega bo’lgan atomlar F, O, N, Cl, S lar bilan bog’langan molekulalar orasida yuzaga keladigan bog’lanish vodorod bog’lanish deyiladi. Bunday molekulalarda umumiy elektron juft lektromanfiyligi yuqori bo’lgan atom tomonga kuchli siljiganligi tufayli, vodorodning musbat zaryadi kichik hajmda to’planib, proton boshqa atom yoki ionning bo’linmagan elektron jufti bilan o’zaro ta’sirlashadi va uni umumlashtirib oladi. Natijada vodorod bog’ yuzaga keladi.
Vodorod bog’lanish kovalent bog’lanishga nisbatan ancha bo’sh bo’ladi. Kovalent bog’lanish energiyasi 150-400 kj/mol, vodorod bog’lanish energiyasi esa 8-40 kj/mol. Vodorod bog’lanish ko’pgina moddalarning xossalariga ta’sir qiladi. Yuqorida keltirilgan suv va vodorod ftorid molekulalari orasida kuchli vodorod bog’ ularning qaynash haroratlarining yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. Xuddi shu tuzilishdagi H 2S, H2Se, HCl, HBr larning qaynash haroratlari pastroq, chunki ulardagi vodorod bog’lar ancha bo’sh. Vodorod bog’lanish organik birikmalar molekulalari orasida ham sodir bo’ladi.
Katta molekulalarda vodorod bog’lanish bitta molekula ichida ham sodir bo’ladi. Salitsil kislota molekulasida karboksil va gidroksil gruppalari orasida vodorod bog’ hosil bo’ladi. Oqsillar, nuklein kislotalar, kraxmal, tsellyuloza molekulalarida kuchli vodorod bog’i bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |