13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis


Qotishmalarning umumiy xossalari



Download 264,73 Kb.
bet74/76
Sana22.06.2023
Hajmi264,73 Kb.
#952904
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis

126 .Qotishmalarning umumiy xossalari

Ikki va undan ortiq metallardan tashkil topgan sistemalar qotishmalari deyiladi. Qotishmalarning xossalari, tarkibi turlicha boʻlib oʻzini tashkil etgan metallardan farq qiladi. Qotishmalarni oʻrganishda Kurnakov I.S katta xissa qoʻshgan. Tajribalar orqali kislota va ishqorlarga bardoshli, issiqbardosh, oʻta qattiq va boshqa qorishmalarni olish imkoni bor. Qotishmalar suyuqlantirilgan metallarga boshqa metallarni yoki metalmaslarni erishidan hosil boʻlgan eritmalardir. Ular kristall tuzlarga ega. Qotishmalar: yumshoq, qattiq, qiyin va oson suyuqlanadigan, kislota va ishqorlarga bardoshli, chidamlilarga boʻlinadi.
Qotishmalar tarkibiga koʻra: gemogen, geterogen, intermetal qotishmalarga boʻlinadi. Qotishmalar xossalarining turli-tumanligi bilan sanoatda va maishiy turmushda keng qoʻllaniladi. Qotishmalarni tarkibiga koʻra quyidagilarga ajratish mumkin:
Poʻlat. Таrkibi 1,7% gаchа С vа qoʻshimchalardan Mn, Si, S, P bor boʻlgan qotishma hisoblanadi. Ular sof temirga qaraganda ancha qattiq hisoblanadi. Таrkibidagi moddalarga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: marganesli poʻlat; Fe 83%, Mn 12%, C1% – sisternalar tayyorlashda va maydalashda; xrom poʻlati -Fe83,7%, Cr 12%, C 0,3% – zanglamaydigan poʻlat sifatida; volframli poʻlat Fe 70-85%, W 12-23%, Cr 2-6%, C 0,5-0,6% – tez kesar asboblar tayyorlashda ishlatiladi.
Choʻyan. С 2% dаn yuqori, Si, P, S, Mn bilan hosil qilgan qorishmalar kiradi. Bu qotishma temirga nisbatan ancha qattiq lekin moʻrt. Undan turli uskunalar, stanok va dvigatellarning kompuslari, kanalizatsiyalari va vodoprovod trubinalari, qozonlar, tovalar, plitalar tayyorlashda ishlatiladi.
Bronza – misning metallar bilan qotishmasi kiradi. Tarkibiga koʻra qalayli bronza, alyuminiy bronza, kremniy bronza, qoʻrgʻoshinli bronzalarga boʻlinadi. Bulardan badiiy quyma buyumlar tayyorlanadi.
Latun – mis va ruxning 30-35% gacha rux boʻladi qotishmasidan tayyorlanadi. U nihoyatda katta plastik xususiyatga ega. Undan uy-roʻzgʻor ashyolari, asboblari, mashinalarni detallari tayyorlanadi.
Qattiq qotishmalar — yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda oʻz qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli xillarga boʻlinadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor.
Metallokeramik Qattiq qotishmalar, asosan, bir yoki bir necha karbiddan — volfram, titan, tantal karbidlari va boshqalardan iborat; bogʻlovchi komponent sifatida, odatda, kobaltdan, kamdankam hollarda nikel, uning molibden, poʻlat bilan qotishmasidan foydalaniladi. Metallokeramik Qattiq qotishmalar presslab va qizdirib qovushtirib, turli shaklli va har xil oʻlchamli plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlash, bosim bilan ishlash (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalar), burgʻilash ishlari va boshqalarda foydalaniladi.
Mineralokeramik Qattiq qotishmalar alyuminiy oksidli minerallarni presslash va. chamasi 1750°, trada qovushtirish yoʻli bilan tayyorlanadi va turli oʻlcham hamda shakldagi plastinalar tarzida boʻladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalarning qattiqligi Rokvell boʻyicha 93 ga yetadi (qarang Rokvell usuli), 1200° gacha qizdirilganda ham mexanik xossalarini yoʻqotmaydi; kesuvchi asboblar tayyorlashda ishlatiladi.
127.Analitik kimyo fani xaqida ma’lumot
Analitik kimyo – moddalar tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan. U sifat analizi va miqdoriy analizga boʻlinadi. Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo boʻlishi va taraqqiy etishi bilan bogʻliq. Miqdoriy analiz rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va boshqa metallarning miqdorini aniqlashdan iborat boʻlgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi zamon kimyosining tugʻilish davri (17-asr oʻrtasi – 18-asr oxiri)da analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini oʻrganadigan fan deb hisoblanardi. 17-asr oʻrtalarida Robert Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-asr boshida Jozef Gey-Lussak hajmiy analizni, oʻsha asrning oʻrtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi. 20-asrda Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (masalan, kolorimetriya, rentgen, lyuminessensiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va boshqalar) tobora koʻproq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qoʻllanila boshladi.
Tekshirish obyektiga koʻra analitik kimyoni anorganik moddalar analizi va organik moddalar analiziga boʻlish rasm boʻlgan. Anorganik moddalarning sifat analizida eritmadagi ionlarni topish uchun, odatda, yaxshi seziladigan har xil (rang hosil boʻlishi yoki eritma rangining keskin oʻzgarishi, gaz ajralib chiqishi kabi jarayonlar bilan boradigan) reaksiyalardan foydalaniladi. Organik moddalarning sifat analizida esa maxsus usullar qoʻllaniladi. Oddiy modda yoki biror birikmadagi elementning miqdorini aniqlashda uning biror fizik xossasi (masalan, ogʻirligi, hajmi, zichligi, nur sindirish koʻrsatkichi, elektr oʻtkazuvchanligi, sirt tarangligi va hokazolar) oʻlchanadi. Element yoki moddalar miqdori va oʻlchanadigan fizik xossalar oʻrtasida analitik yoki grafik ifodalangan maʼlum funksional bogʻliqlik boʻlishi kerak. Vazniy analiz va titrlash usullari modda miqdori bilan uning ogʻirligi yoki hajmi orasida toʻgʻri proporsional bogʻliqlik saqlanishiga asoslanadi. Spektral usullarda element miqdori bilan analitik spektr chiziqlarining ravshanlik darajasi oʻrtasidagi proporsional bogʻliqlikka maʼlum chegarada rioya qilinadi. Fotometrik analizda esa moddaning konsentratsiyasi bilan nurning yutilishi oʻrtasidagi proporsional bogʻliqlik eʼtiborga olinadi. Element (modda) miqdorini oʻlchashdan avval, odatda, u boyitiladi va aniqlanadigan element qulay birikma holida ajratib olinadi. Koʻpchilik usullar selektiv va sezgir boʻlmaganligi uchun moddalarning miqdorini oʻlchashda ularni guruhlarga boʻlib, ayrim elementlarni choʻktirib, haydab, ekstraksiyalab ajratish katta ahamiyatga ega. Birga boʻladigan koʻpchilik ionlarning choʻkishiga va ekstraksiyalanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni barqaror kompleks ionlarga aylantirish mumkin. Aniqlanadigan elementni eritmadan elektroliz qilib erkin holda yoki oksid holida ajratib olsa boʻladi. Maʼlum sharoitni tanlab, bir xil elementlarni elektrodda choʻktirib, boshqalarini esa eritmada qoldirishga erishiladi. Koʻpchilik metallarning oz miqdorini ajratib olish uchun ichki elektroliz usuli qoʻllaniladi. Eng qulay ajratish usullaridan biri xromatografiya hisoblanadi. Organik analizda elementlar miqdorini aniqlash uchun modda avval SO2, N2O, N2, NH3 va hokazolargacha parchalanadi. Keyinchalik ularning miqdori anorganik analiz usullarida aniqlanadi. Miqdoriy elementar analiz birikmaning brutto-formulasini aniqlash imkoniyatini beradi. Organik birikmalarning struktura formulasini aniqlash uchun funksional analiz oʻtkaziladi. Unda har qaysi funksional guruh uchun tavsifli reaksiyalardan foydalaniladi. Tabiat va sanoat obyektlaridagi elementlarning nihoyatda oz miqdorini aniqlash zarur boʻlgani uchun analitik usullar (mikrokimyoviy, ultramikrokimyoviy va yarim-mikrokimyoviy usullar)ning sezgirligini oshirish yoʻlida ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekistonda A.k-.ni rivojlantirishga Sh. T. Tolipov, N. A. Parpiyev va boshqa olimlar katta hissa qoʻshdilar.



Download 264,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish