Bog'liq 13. Mutaxasislikka kirish fani va uning vazifalari. Mutaxassis
16. Ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil qilishda kimyo fanining o’rni. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:
1. davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari; 2. ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
3. ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir
O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi: 1.maktabgacha ta`lim; 2. umumiy o’rta ta`lim; 3. maktabdan tashqari ta`lim; 4. o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi; 5. oliy ta`lim; 6. oliy ta`limdan keyingi ta`lim; 7. malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash
Ta`limni boshqarish organlari : Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti va xalqaro mashhur xorijiy OTMlari (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi: 1. ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish; 2. davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish; 3. ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
4. ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;
5. ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash; 6. boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyatini bevosita boshqarishni ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.
XTV - maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta`lim maktablari faoliyati uchun mas`uldir. XTV boshqaruvida 5 ta oliy ta'lim muassasasi va 16 ta o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta`lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta`limi bo’limlariga ega.
Bakalavriat – fundamental bilimlar beriladigan asosiy oliy ta`lim bo’lib, to’rt yil davom etuvchi oliy ta`limning yo’nalishlaridan biri.
Bitiruvchilarga davlat attestatsiya natijalariga ko’ra, bakalavriyat ta`lim daturining oxirida tayyorlov yo’nalishiga ko’ra “bakalavr” akademik unvoni, munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi beriladi
Bakalavriyatning mos yo’nalishlari uchun, davlat ta`lim standartlari asosida, oliy ta`limni boshqarish bo’yicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar, o’quv fanlari ishlab chiqiladi