13-Modul: Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy- madaniy taraqqiyot. O’zbekiston va jahon hamjamiyati



Download 454,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana31.12.2021
Hajmi454,4 Kb.
#249229
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jahongir

 

 

 


 

 

SO’Z BOSHI 


 

 O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim 

ustivorligidir”. “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitishdan maqsad  - yosh avlod ongida insoniyat uchun eng 

muhim bo’lgan  ma’naviyatni  shakllantirish  hamda  yanada  yuksaltirish,  ular  ongida milliy  ong  va 

sog’lom fikrni uyg’otish, tarixiy xotiraning yoshlarimizni Vatanga sadoqat hamda  millatparvarlik  ruhida  

tarbiyalashdagi  mislsiz  ahamiyatini  ifoda etish,  o’z  taqdiri va kelajagini barpo  etadigan  yosh  avlodni 

yangi  jamiyatni  yanada    rivojlantirishga    yo’naltirilgan    g’oyalar    asosida    tarbiyalashga  qaratilgan. 

Prezident SH.M.Mirziyoyev “Xususan milliy o’zligimizni anglash, Vatanimizning boy tarixini o’rganish, 

bu borada ilmiy ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama 

qo’llab-quvvatlashimiz  lozim”,  deb  ta’kidladi

8

.  O’zbekiston  mustaqil  davlat  sifatida  200  dan  ortiq 



mamlakatlar  orasida  o’zining  qat’iy    gumanistik  (insonparvar),  tinchlikparvar  siyosati  bilan  dunyo 

mehvarida muhim o’rin egallaganligini dunyo jamoatchiligi tan olib turibdi. 

O’zbekiston  Prezidenti  SH.M.Mirziyoyev  “Dunyo  shiddat  bilan  o’zgarib,  barqarorlik  va  xalqlarning 

mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va havflar paydo bo’layotgan bugungi kunda 

ma’naviyat va ma’rifatga, ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga intilishga e’tibor qaratish har 

qachongidan  ham  muhimdir.  Aynan  ta’lim  va  ma’rifat    bashariyat  farovonligining  asosiy  omillaridan 

hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga undaydi”

9

, deb ta’kidlaydi. 



Tarixchi mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yaxshilash, tarixga ixtisoslashtirilgan maktablar ochish lozim. 

O’zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi  tarkibida  “O’zbekiston  tarixi”  telekanali  tashkil  etilishi 

yurtboshimiz tomonidan alohida e’tirof etildi

10

.  Bundan tashqari “Vatanimiz tarixidan lavhalar” turkumida 



muntazam ravishda ilmiy va ilmiy ommabop kitoblar nashr etib borish kerakligi ta’kidlab o’tildi. Buyuk 

zotlarning  bebaho  merosini  chuqur  o’rganish,  ularning  qadamjolarini  obod  qilish,  xotirasini 

abadiylashtirish bo’yicha birgalikda qilgan ishlarimiz barchamizga mamnuniyat yetkazadi

11



Yosh  avlodning  ta’limi,  tarbiyasi  haqida  gapirganda  alloma  Abdurauf  Fitratning  quyidagi  fikrlari: 

“Xalqning  aniq  maqsad  sari  harakat  qilishi,  davlatmand  bo’lishi,  baxtli  bo’lib,  izzat-hurmat  topishi, 

jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga 

tobe  va qul, asir bo’lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”

12

 degan purma’no 



gaplari naqadar haqiqatdir.  

Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz 

ma’naviyatini  asrash  va  yanada  yuksaltirish,  yosh  avlodning  qalbi  va  ongini  turli  zararli  g’oya  va 

mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama chuqur tadqiq etish, kelajak 

avlodga  Vatanimiz  tarixini  o’qitish  orqali  ularni  yuksak  ma’naviyatli  shaxslar  etib  tarbiyalash  dolzarb 

ahamiyat  kasb  etadi.  “O’zbekiston  tarixi”  fani  mustaqil  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  qadimgi 

zamonlardan  bizning  kunlarimizgacha  yashab  kelayotgan  xalqlarning  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va 

madaniy sohalarda bosib o’tgan uzoq taraqqiyoti tarixini o’rganadi va o’rgatadi. O’zbekiston tarixi mustaqil 

O’zbekiston  yoshlari  ongida  milliy  vijdonni  shakllanishiga  ko’maklashadi.  Yoshlar  ajdodlarimizning 

taraqqiyoti yo’lini, tarixiy tajribalarini o’qib o’rganganlaridagina ularda istiqlol tafakkuri, ijtimoiy-siyosiy, 

iqtisodiy  va  madaniy  ma’rifiy  turmushning  o’tmish  bilan  qiyoslash  va  kelajakka  nazar  solish  tuyg’usi 

shakllanadi. 

Mamlakatimiz  tarixida  yangi  davr  –  mustaqil  taraqqiyot  davri  boshlandi.  Xalqimiz  demokratik 

huquqiy  davlat  va  ochiq  fuqarolik  jamiyati  qurish  yo’lida  zalvorli  sinovlardan  o’tdi.  Istiqlol  yillarida 

yurtimizda milliy tariximizni, ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha 

ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Yangi jamiyat qurish 

avvalo, yoshlarga, ularning ma’naviy dunyosi, kasb-mahoratiga bog’liq. Binobarin, yosh avlodda milliy 

                                                           

8

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // “Xalq so’zi”, 2018 yil 29 dekabr 



9

 Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: O’zbekiston 

2017. 

10

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // “Xalq so’zi”, 2018 yil 29 dekabr 



11

 SHavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. 45-

bet 

12

  SH.M.Mirziyoev.  Milliy  taraqqiyot  yo’lidan  qat’iyat  bilan  davom  ettirib,  yangi  bosqichga  ko’taramiz.  1-  jild.  –  Toshkent: 



O’zbekiston, 2017. 124-125 betlar  

 

 




g’oyani, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog’lom fikrni uyg’otish, ularni Vatan, 

xalq va istiqlol taqdiri uchun g’oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma’naviyatli komil inson 

bo’lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida “O’zbekiston tarixi” fanining 

ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari hamda maktablarda o’qitilishi 

ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi. 

Mazkur  uslubiy  qo’llanma  oliy  o’quv  yurtlari  nomutaxassis  yo’nalishlarda  tahsil  olayotgan 

talabalarining seminar mashg’ulotlarini olib borishda, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida maxsus kurslarni 

o’qitish, Vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan. 



 

Download 454,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish