3. Boshi osmonga yetmoq
|
|
4.Kovushini to‘g‘irlamoq
|
|
5.Tili kalimaga kelmoq
|
|
6.Yog‘ tushsa yalagudek
|
|
7.Yerga ursa ko‘kka sakramoq
|
|
8. Zuvalasi pishiq
|
|
3-topshiriq. Chap ustundagi iboralarga zid ma'noli ta'rifni o‘ng ustundan toping.
1) tilidan bol tomdi
|
A) gapida turadi
|
2) qo‘li baland
|
B) esiga keldi
|
3) ko‘kka ko‘tarildi
|
S) dimog‘i chog‘
|
4) og‘zi bo‘sh
|
D) tili zahar
|
5) so‘zidan qaytmoq
|
E) bag‘ridan itardi
|
6) yodidan ko‘tarildi
|
I) turqi sovuq
|
7) ichi qora
|
K) qo‘li kalta
|
8) kayfi buzuq
|
L) yerga urdi
|
9) qo‘ltig‘iga oldi
|
M) og‘zi mahkam
|
10) istarasi issiq
|
N) qalbi toza
|
4-topshiriq. Maqollarning she'riyatdagi uslubiy xususiyatlarini izohlab bering.
1.Davramizni to‘ldira qol kech qolgan o‘rtoq, Bir mayizni qirqqa bo‘lib baham ko‘ramiz. (H.Xudoyberdiyeva) 2.“Boriga baraka” degan elimga, Mayizni qirq bo‘lib yegan elimga. (O.Hojiyeva) 3.Bir pas meni etmang tomosha, Yig‘lab olay quvonganimdan Sizlar bilan oshkor hamisha, Ho‘lu quruq yoqilganimdan! (O.Hojiyeva) 4. Hassasini yo‘qotib bir bor, Ko‘zi moshdek ochilgani choq. (O.Hojiyeva) 5. Boshga tushganini mana ko‘z ko‘rdi, Taqdirin shu yurtga qo‘sh-egiz ko‘rdi. (O.Hojiyeva) 6. Qudachilik ming yilchilik, Doimo bir ko‘ngilchilik. (O.Hojiyeva) 7. Aytsam tilim kuyar, aytmasam - dilim, Bir orqa sochlarin qirqibdi Gulim. (O.Hojiyeva) 8. Axir o‘nta bo‘lsa, boshqadir o‘rni, Qirqta bo‘lsa axir, qilig‘i boshqa (O.Hojiyeva) 9.Bezabon etdi meni mahbubga bir so‘z aytmadim. Sut bilan kirgan bu odat endi chiqqay jon bilan! (O.Hojiyeva)
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
1-topshiriq. A.Avloniy asarlarida qo‘llangan maqollarning hozirgi kundagi variantlarini ayting va uslubiy xususiyatlarini tushuntiring.
Avloniy qo‘llagan maqol:
|
Maqolning xalq tilidagi asliy shakli:
|
1. Zamonga boqmasang, zamon aslo nazar qilmas.
2. Zahriga bardosh edan, totgay orining bolidan.
3. Kim hamdam bo‘lsa noqobil bila zahmat chekar.
4. So‘z quruq bo‘lsa, kishining qulog‘iga yoqmas.
5. Sufrangda do‘st bo‘lub g‘iybatingni qilur, Do‘sting iloj bo‘lsa seni po‘sting shilur.
6. Ko‘p ishlagan ko‘p olur, oz ishlagan -oz, Kishi rohatdadur kim ishlasa yoz.
7. Har kim nima eksa, albatta shuni o‘radur, Ekmaganlar o‘zgalarga muhtoj bo‘ladur.
8. To‘g‘ri so‘z qutqarur balolardan, Dog‘i Hijron va majorolardan.
9. Tinch o‘turmoq yaxshi ming afsonadan, tilni tiymoq yaxshidir so‘zonadan.
10. G‘unajin bir dam ko‘zini suzar, Buqaxon to‘ra ipini uzar.
11. Yaxshi bila yursa har kim maqsudi hosil bo‘lur.
12. Kuylagi yo‘qlar tizi yirtiq kishilardan kular, Xoh hayvon, xoh insondur-o‘zini sog‘lar.
13. Har kishi o‘z aybini ko‘rmas, kishi aybin ko‘rar, O‘zgani bir ignacha aybi ko‘ringay tog‘lar.
14. Oh tama zararlari keltirur, Nafsini tiymagan o‘zin yitirur.
|
|
2-topshiriq. Badiiy asarlardan maqol va matallarga misollar toping va ularning o‘xshash hamda farqli jihatlarini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |