13-mavzu: Sohada o‘zbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot va uning turlari. Muloqot shakllari va nutqiy faoliyat
13-MAVZU: Sohada o‘zbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot va uning turlari. Muloqot shakllari va nutqiy faoliyat. MULOQOT Muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi. L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) vazifalarini alohida ko‘rsatish mumkin. L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) vazifalarini alohida ko‘rsatish mumkin. 1. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi. 1. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi. 2. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. 3. Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. “Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. “Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Kommunikatsiya
«Kommunikatsiya» soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi.
«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. Sotsiolog Marshal Maklyuen kmmunikatsiyaning quyidagi davrlarini ajratgan: «Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. Sotsiolog Marshal Maklyuen kmmunikatsiyaning quyidagi davrlarini ajratgan: — og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan); — yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan); — nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi); — multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish). Piter Litl muloqotga quyidagicha ta’rif beradi: «Muloqot yakka shaxslar va tashkilotlar oʻrtasidagi ma’lumot beruvchi jarayon boʻlib, u tushunish javobini keltirib chiqaradi».
Piter Litl muloqotga quyidagicha ta’rif beradi: «Muloqot yakka shaxslar va tashkilotlar oʻrtasidagi ma’lumot beruvchi jarayon boʻlib, u tushunish javobini keltirib chiqaradi».
Nyuman va Sammer Juniorning ta’kidlashicha, «Muloqot – ikki yoki undan koʻp shaxslarning faktlar, gʻoyalar, fikrlar yoki his-tuygʻulari almashinuvidir».
Keys Vevisning fikriga koʻra, «Bir insondan boshqasiga ma’lumot va tushunchani yetkazish jarayonidir. Bu, ayniqsa, insonlar oʻrtasidagi ma’no-mohiyat koʻprigidir. Koʻprikdan faoydalanish orqali inson tushunmovchiliklar daryosidan xavfsiz oʻtib olishi mumkin”.
TESTLAR 1. Kommunikatsiya so’zining ma’nosi nima? A.Lot.xabar bermoq B.Grek.eslatmoq C.Lot.qurilma D.Grek.aloqa 2.1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri qo‘shib yoziladi? A. kir sovun B. tarjimayi hol C. liq to‘la 3.Muloqot funksiyalarini aniqlang. 3.Muloqot funksiyalarini aniqlang. A.Ma’lumot berish, baholash B. Ko’rsatma, o’qitish, C.Ta’sir ko’rsatish,integrallashuv D.barcha javoblar 4. «Kommunikatsiya» atamasi fanga qachon kirib kelgan? A. XVIII asr boshlarida C. XX asr boshlarida D. XX asr oxxirlarida E’tiboringiz uchun rahmat!
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |