to‘xtalaylik. Tizim ishga tushurilgandan keyin 1–rasmda ko‘rsatilgan interfeys oynasi
o
asosiy menyular satri;
Rasm 1.
3.
asosiy instrument(vosita)lar paneli;
4. kontekstli instrumentlar paneli;
5. ishchi varaqning maydoni;
6. holatlar satri.
Sarlavhada Maple 6 tizimining belgisi va joriy ishchi varaq faylining nomi
ko‘rsatiladi.
Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning
mazmuniga qarab o‘zgarib turadi. Ishchi varaqda grafik tasvirlangan bo‘lsa, u
holda asosiy menyular satrining holati 2–rasmda tasvirlangan ko‘rinishda
bo‘ladi. Agar ishchi varaqda ma’lumotlar maydoni tasvirlangan bo‘lsa, u
vaqtda 1–rasmdagi standart ko‘rinishda bo‘ladi. Sichqoncha ko‘rsatkichini asosiy
menyular satrining ixtiyoriy menyusiga keltirib chap knopkasi bosilsa, menyu
faollashib, undagi komandalar yoki qismiy menyular ro‘yxatini ko‘rish mumkin.
Menyular ro‘yxatidagi biror komandani sichqoncha yoki komandaning o‘ng
tomonida ko‘rsatilgan tugmalar yordamida bajarish mumkin.
Asosiy menyular satrining pastki qismida amalda tez-tez qo‘llanilib turiladigan
komandalarga biriktirilgan knopkalar ko‘rsatilgan asosiy instrumentlar paneli
joylashgan. Bu knopkalar sichqoncha yordamida faollashtirilsa, ularga
biriktirilgan komandalar bajariladi. Panelning holati ishchi varaqdagi hujjatga
bog‘liq emas. Bu panelning pastki qismida kontekstli instrumentlar paneli
joylashgan. Kursor ishchi varaqning qanday qismida joylashganligiga va qanday
ma’lumotni ko‘rsatib turishiga qarab, kontekstli instrumentlar panelining holati
o‘zgarib turadi. Panelning besh xil holati mavjud: ikki o‘lchamli, uch o‘lchamli,
animatsiyali grafiklar aks ettirilgan paytdagi holati va kursorni ishchi varaqning
ma’lumot kiritish yoki chiqarish maydonida turishiga mos holatlari. Kursor
ma’lumotlarni kiritish maydonida turgan bo‘lsa, kontekst menyuning holati
komandalarni standart Maple 6 talqinida yoki standart matematik yozuvlar
ko‘rinishida yozilishiga qarab o‘zgaradi. 1–rasmda kontekstli menyuning,
komandalarni standart Maple 6 talqinida yoziladigan holatiga mos ko‘rinishi
tasvirlangan.
rasm 2.
Maple 6 ning interfeysida bir nechta oynadagi ishchi varaqlar bilan ishlash va
giperlavhalar yordamida ishchi varaqlarning biridan ikkinchisiga o‘tish
mumkin.
Interfeysning eng pastki qismida tizimning ishchi holatlari satri aks ettirilgan
bo‘lib, unda joriy faylga va tizimga tegishli ma’lumotlar aks ettiriladi.
Ish jarayonida ishchi varaqda aks ettirilgan ob’ektlar (grafik, komanda natijasini
aks ettirish maydonidagi ma’lumot, kiritish maydonidagi komanda) larga mos
kontekstli menyuni hosil qilish mumkin. Buning uchun sichqoncha
ko‘rsatkichini kerakli ob’ektga keltirib, o‘ng knopkani bosish kerak. Kontekstli
menyuda tanlangan ob’ktga qo‘llaniladigan komandalar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: