О’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
Mustaqillik davrida О’zbekiston jahon arenasida xalqaro munosabatlarning о’z ovoziga ega bо’lgan teng huquqli subyekti sifatida namoyon bо’la boshladi.
XX asrning sо’nggi о’n-yilligida dunyoda tub о’zgarishlar yuz berdi. Turli qarama- qarshiliklar avj olib, xalqaro vaziyat alg’ov-dalg’ov holatiga kelib qoldi. Tabiiyki, О’zbekistonning boy tabiiy zahiralari, muhim geografik joylashuvi, buyuk merosi, bag’rikeng, tanti hamda zahmatkash xalqi, mamlakatning boshqa qator о’ziga xos jihatlari ham jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg’otar, ayrim g’arazli kuchlarning "ishtahasini" qо’zg’otar edi. Mamlakatimiz tevarak atrofida unga gо’yoki "beg’araz yordam" qо’lini chо’zayotgan, nima qilsa "tо’g’riyu", nima qilsa "notо’g’ri" bо’lishini chetdan turib "о’rgatishga», "yо’riqnomalar» berib turishga harakat qilayotgan davlatlar yо’q emasdi.
Bu davrda qо’shni mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglik, siyosiy boshboshdoqlik, ayniqsa, ayrim davlat boshqaruv organlarining "falajlik" holatiga tushib qolishi О’zbekistonning tinchligiga rahna soluvchi ichki va tashqi kuchlarga qulay sharoit yaratdi. Bularning hammasini tahlil qilgan xorijiy sharhlovchilar Bolqon yarim orolida yuz berayotgan fojialarning Markaziy Osiyoda takrorlanishi yoki Afg’oniston mojarosi mintaqani о’z domiga tortib olishini "bashorat» qilardi. Bu hududning "bolqonlashuvi" yoki "afg’onlashuvi» haqida turli siyosiy sharhlar tayyorlab qо’yilgan edi.
Mustaqillikning ilk-yillarida va undan keyin ham О’zbekiston juda katga sinovlarga duch keldi, mamlakat atrofida turli murakkab vaziyatlar, qurolli mojarolar, fojiaviy voqealar tо’xtovsiz yuz berib turgan bir paytda davlat va jamiyatni taraqqiyotga yetaklash, xalqning tinchligi va barqarorligini ta’minlash mamlakat rahbaridan о’ta donolik, mislsiz shijoat va metin irodani talab etardi. Prezident Islom Karimov О’zbekiston aholisini ana shunday sinovlardan, bо’hron va larzalardan eson-omon olib chiqish sharafiga muyassar bо’ldi.
Jahon tajribasi shuni kо’rsatadiki, biron mustaqil davlatning jahon siyosat maydonidagi о’rnini birov chetdan kelib, tayyorlab bermaydi. Davlat bu yо’lda xorijiy hamkorlar tomonidan kо’rsatiladigan dо’stona munosabat, qо’llab-quvvatlash bilan birga, jiddiy muammolarga, kutilmagan vaziyatlar, shuningdek, ba’zi xalqaro kuchlar tomonidan bildirilayotgan ishonchsizlik, ochiqdan-ochiq tazyiq о’tkazishga urinish holatlariga doimo tayyor turishi kerak. Bu fikrimizga mustaqil О’zbekiston tarixi misol bо’la oladi.
Har bir davlat va uning rahbari, avvalo, о’z xalqi kuchiga ishonib, beminnat tashqi hamkorlikka tayangan holda, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlashga, mamlakatni turli qaltis vaziyatlardan talofatsiz olib chiqishga erishmog’i darkor. Hozirgi kunda Yer yuzida 3,5 mingdan ortiq millat va elatlar yashab turib, ulardan faqat 200 ga yaqinigina о’z davlagchiligiga ega ekanligi bunday vazifa naqadar murakkab va uni amalga oshirish qat’iyatli, eng sobitqadam xalq uchungina munosib bо’lishini tasavvur qilish qiyin emas.
О’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga davlat tashqi siyosatining bosh tamoyillarini о’zida aniq va ochiq-oydin ifoda etgan alohida bob kiritildi. Qomusning "Tashqi siyosat" deb nomlangan 4-bobi "Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizlgi, nizolarni tinch yо’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi", deya bayon etildi. 17-moddada "Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdо’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin", degan qoida muhrlab qо’yildi.
Milliy manfaatlarni sobitqadamlik bilan ilgari surish, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni saqlash; siyosiy, iqtisodiy, savdo- sotiq, transport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalarni keng diversifikatsiya qilish О’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yо’nalishlari etib belgilandi.
Tashqi aloqalarning qonuniy asosini yaratish jarayoni bilan bir paytda xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar о’rnatish va izchil rivojlantirib borish mexanizmlarini zudlik bilan shakllantirishga kirishildi. Shu tariqa О’zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi, chet ellardagi elchixonalari va konsullik xizmatlari tashkil etildi. Davlat uchun yangi bо’lgan xalqaro munosabatlar sohasini milliy kadrlar bilan muntazam ta’minlab borish maqsadida 1992-yil 23 sentabrda mamlakat tarixida va Markaziy Osiyoda birinchi bо’lib, Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ochildi.
1991-2001-yillarda О’zbekistonni dunyoning 165 ta davlati tan oldi, 120 dan ortiq davlatlar bilan diplomatik munosabatlar о’rnatildi. Mamlakatimiz 100 dan ziyod xalqaro tashkilotlarning tо’laqonli a’zosi bо’ldi. О’zbekiston dunyoning 46 davlatida о’zining diplomatik va konsullik vakolatxonalarini ochdi. Mamlakatimiz poytaxti Toshkentda 44 xorijiy davlatlarning elchixonalari, 9 konsullik vakillari, 15 xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat kо’rsata boshladi.
О’zbekiston nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan barqaror mamlakat, xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatida, balki global va mintaqaviy xavfsizlikni, xalqaro barqarorlikni ta’minlashga bevosita daxldor davlat sifatida ham jahon hamjamiyatidan munosib о’rin egalladi. Bu borada О’zbekiston xalqaro "xavfsizlikning bо’linmasligi tamoyiliga" amal qildi (Karimov
I.A. О’zbekiston XXI asr bо’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: О’zbekiston, 1997. B. 167,325), globallashuv davrida har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qо’shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog’liq ekanligi, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini yaxshi anglagan holda ish tutdi (Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008. B.111.).
О’zbekiston bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik tamoyiliga amal qildi. О’zi ilgari surgan ilk xalqaro tashabbuslardayoq О’zbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga va shu orqali global barqarorlikni mustahkamlashga hissa qо’shish yо’lidan borishi aniq namoyon bо’ldi. Xususan, О’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish va shu orqali jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslari qatorida BMT Bosh assambleyasining minbaridan turib, (1993-yil 28 sentabr) Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona tuzish g’oyasini aytib о’tish о’rinlidir. Ushbu tashabbusni amalga oshirish bо’yicha olib borilgan xalqaro muzokaralar, tinimsiz say-harakatlar natijasida 2009-yili 21 martda mintaqadagi beshta davlat tomonidan imzolangan "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tuzish tо’g’risida»gi shartnoma kuchga kirdi. Bu xalqaro hujjatga binoan, mintaqa davlatlari yadroviy qurol ishlab chiqarmaslik va uni о’z hududida joylashtirmaslik majburiyatini zimmalariga oldilar. Mazkur shartnomaning о’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u Markaziy Osiyodagi beshta davlatni bir-biriga bog’lab turuvchi xavfsizlik sohasidagi eng birinchi va shu kungacha yagona fundamental shartnomadir.
Mintaqada barqarorlik va tinchlikni saqlashga yо’naltirilgan eng muhim tashabbuslardan biri sifatida Islom Karimovning qо’shni Afg’onistondagi qurolli mojaroga chek qо’yish, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga xavf solayotgan terrorizm va aqidaparastlik, noqonuniy qurol va giyohvand moddalar savdosiga qarshi birgalikda kurashish bilan bog’liq ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy masalalarni qamrab olgan qator amaliy takliflar majmuasini aytib о’tish mumkin (Karimov I.A. Bunyodkorlik yо’lidan. 4-j. -T.: О’zbekiston. 1996. B. 30-38.).
Jumladan, 1997-yili Prezident Islom Karimov Afg’oniston bilan qо’shni olti mamlakat, shuningdek, AQSH va Rossiya davlatlari ishtrokida BMT shafeligi ostida afg’on muammosini muzokaralar yо’li bilan yechishga qaratilgan "6+2" muloqot guruhini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida qator siyosiy-diplomatik chora-tadbirlar kо’rildi. Toshkent, Nyu-York va Afg’oniston hududida mazkur mamlakatda davom etayotgan qurolli tо’qnashuvlarning ishtirokchilari bilan maxsus muzokaralar olib borildi va 1999-yilga kelib, О’zbekistonda BMT shafeligida "6+2" muloqot guruhining Afg’oniston muammosi yechimiga bag’ishlangan xalqaro anjumanini о’tkazishga erishildi. Toshkent shahrida bо’lib о’tgan ushbu tadbirda birinchi bor Afg’onistonda о’zaro nifoqlashayotgan kuchlar vakillarini umumiy muzokaralar davrasida jamlashga muvaffaq bо’lindi. Bu о’zbek diplomatiyasining tarixiy yutuqlaridan biri edi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur yig’ilishda qabul qilingan "Afg’onistondagi ziddiyatni tinch yо’l bilan hal etilishining asosiy tamoyillari" tо’g’risidagi Toshkent deklaratsiyasi BMTning muhim hujjati sifatida e’tirof etilgan.
Mustaqillikning ilk davridanoq davlatimiz rahbariyati Afg’onistonda yig’ilib qolgan muammolarga о’z vaqtida e’tibor qaratilmasa, tegishli xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilmasa, mazkur mamlakatda yuz berayotgan qonli voqealar avj olishi, oxir-oqibatda, nafaqat qо’shni davlatlarga, balki, xalqaro barqarorlikni ta’minlashga ham salbiy ta’sir kо’rsatishi haqida ogohlantirib keldi. Jahon hamjamiyatini afg’on muammosini hal etishga chorlovchi chaqiriqlar BMT Bosh assambleyasi majlisi minbaridan turib aytilgan paytlarda, "bu muammo О’zbekiston uchun juda dolzarbdir, lekin biz uchun juda yiroqda" degan fikrda befarq о’tirgan siyosatdonlar qattiq yanglishdilar. Terrorchi kuchlar tomonidan 2001-yil 11-sentabrda aynan BMT qarorgohi joylashgan Nyu-York shahrini larzaga solgan dahshatli terroristik tajovuz natijasida minglab kishilarning qurbon bо’lishigina ularni uyg’ota oldi.
Ushbu voqeadan keyin Afg’onistonda harbiy operatsiyalarni boshqarayotgan NATOning 2008-yil 2-aprelda Buxarestda о’tkazilgan yalpi yig’ilishida Prezident I.A.Karimov "afg’on muammosi"ni faqat harbiy kuch ishlatish yо’li bilan bartaraf etib bо’lmasligi, bu zaminda tinchlik va xotirjamlikka asosan muloqot yо’li bilan erishish mumkinligini ta’kidladi. О’z paytida ijobiy natija bergan "6+2" muloqot guruhini "6+3" shaklida, yani mavjud voqelikni inobatga olib, ushbu guruh tarkibiga Afg’onistondagi vaziyatga bevosiga aloqador bо’lgan NATOni qо’shgan holda qaytadan ishga tushirish tashabbusini ilgari surdi.
Eng muhimi, О’zbekiston о’zining taklif va g’oyalarini amaliy ishlar bilan mustahkamlab bordi. Chunonchi, mamlakatimiz Afg’onistonda yо’llar, temir yо’llar, kо’priklar qurilishida faol ishtirok etdi. Afg’oniston tarixida eng birinchi zamonaviy temir yо’l aynan О’zbekiston tomonidan "Termiz-Hayraton-Mozori-Sharif" yо’nalishida qurib bitkazildi va 2010-yili ishga tushirildi. Qо’shni mamlakat poytaxti Qobul shahrini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlay boshlagan mamlakat ham aynan О’zbekiston bо’ldi. Hozirgi kunda ham О’zbekiston mazkur qо’shni mamlakat iqtisodiy infrastrukturasini rivojlantirishga katta hissa qо’shib kelmoqda. Ikki tomonlama munosabatlarda о’zaro foydali savdo-sotiq aloqalarini ravnaq toptirish, siyosat borasida ichki ishlarga aralashmaslik, yaxshi qо’shnichilik an’analariga sodiq qolish yо’lidan bormoqda.
2018-yilning mart oyida Afg’oniston bо’yicha о’tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy Afg’oniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman bо’lganini ta’kidlash lozim.
Konferensiya yakuni bо’yicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining yakdil pozitsiyasi ifoda etilgan ―Toshkent deklaratsiyasi» Afg’onistonda tinchlik о’rnatish bо’yicha о’ziga xos Dastur bо’ldi.
Ma’lumki, Afg’onistondagi vaziyatni barqaror etishning muhim sharti – mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklashdan iborat.
Bu borada biz Afg’onistonda transport va logistika, energetika, savdo va ta’lim sohalarida yirik qо’shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdik.
О’zbekiston tomonidan qurilayotgan Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasi, Termiz shahrida afg’on fuqarolarini о’qitish uchun ochilgan Ta’lim markazi, bojxona terminaliga ham ega bо’lgan Termiz-kargo logistika markazi, Mozori Sharif-Hirot va Mozori Sharif-Kobul- Peshavor temir yо’l liniyasi loyihalari ishlab chiqilayotgani shundan dalolat beradi.
О’zbekiston rahbariyatining butun Markaziy Osiyo taqdirini hal qila oladigan darajada о’ta keskin, о’ta tahlikali vaziyatlarda ham vazminlik bilan eng maqbul qarorlar qabul qilishga qodirligini amalda tasdiqlagan yana bir mashaqqatli sinov 2010-yili 10 iyun kuni Qirg’iziston janubida yuz bergan xunrezlik va fojiali voqealar bо’ldi.
О’sha-yilning 11-14 iyun kunlari qо’shni Qirg’izistonning О’sh va Jalolobod viloyatlarida о’zbek millatiga mansub fuqarolarga qarshi xunrezliklar mintaqamizda misli kо’rilmagan gumanitar halokat yuz berishiga olib keldi. Qirg’izistonning qariyb yarim million aholisi halokatli qirg’inbarotdan qutulish ilinjida о’z uy-joylarini tashlab, boshqa hududlarga qochib о’tishga majbur bо’ldi. Yuz mingdan kо’proq о’zbek millatiga mansub kishilar najot izlab О’zbekiston chegarasida tо’plandi. Ularni qutqarish uchun chegarani ochishga va Andijon viloyatida qochqinlar uchun zaruriy shart-sharoitlarni zudlik bilan yaratishga tо’g’ri keldi.
Chegara hududi va О’zbekistonning ichkarisida, ayniqsa, qirg’iz va о’zbek millatiga mansub aholi yonma-yon istiqomat qiladigan joylarda osoyishtalikni saqlash, mamlakatimizda kutilmaganda paydo bо’lgan yuz mingdan ortiq qochqinlar, bolalar, xotin-qizlar, qariyalarni vaqtinchalik yashash joylari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, tibbiy yordam va boshqa zaruriy narsalar bilan ta’minlash maqsadida katta kuch, mehnat va resurslar safarbar etildi.
О’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan telefon orqali muloqotida mazkur tashkilotni Qirg’iziston janubida sodir etilayotgan xunrezliklarni tо’xtatish, vaziyatni о’nglash, jabrdiydalarga zudlik bilan yordam kо’rsatishga da’vat etdi. Shu bilan birga, tomonlar о’rtasida yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan tinch yо’l bilan chiqish yо’llari, avvalo, Qirg’izistondagi vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan fikr almashildi. О’zbekiston rahbariyati xunrezlik va zо’ravonliklarni jazosiz qoldirmaslikka, bu musibat bо’yicha mustaqil xalqaro tekshiruv о’tkazish, ushbu qonli vahshiyliklarning barcha buyurtmachilari, tashkilotchilari va ijrochilarini jinoiy javobgarlikka tortishda BMT boshchiligida xalqaro hamjamiyat amaliy ishlarni bajarishi lozimligini ta’kidladi. О’zbekiston rahbariyati qabih niyatda tashkil etilgan ushbu voqealarning yanada rivojlanishiga, shafqatsiz zо’ravonlikning avj olib, millatlararo nizodan davlatlararo mojaroga aylanishiga yо’l qо’ymaslik, tomonlar orasida о’zaro qahru-g’azabni jilovlash, ekstremizmning shiddatli tus olishining oldini olishda tezkor va keng qamrovli choralar kо’rdi. "Faqat aql-idrok, oddiy haqiqatni, ya’ni ushbu zaminda kо’p asrlar davomida о’zbeklar va qirg’izlar yonma-yon yashab kelgani va bundan buyon ham ularning farzandlari hamda avlodlari kо’p asrlar mobaynida birga yashashini teran anglash bizga va xalqimizga mazkur fojianing Markaziy Osiyoda qarama- qarshiliklarning yangi, keng kо’lamli о’chog’iga aylanib ketishining oldini olishda muhim omil bо’ldi", deb ta’kidlagan edi Prezident Islom Karimov.
О’zbekiston rahbari aytib о’tganidek, о’sha kunlari qirg’izlarning о’zi ham, Qirg’iziston janubida yashayotgan kо’p sonli о’zbeklar ham uchinchi kuchlar tomonidan puxta о’ylangan va uyushtirilgan aksiyaning qurboniga aylandi, deyish uchun bugun barcha asoslar bor. Qabih niyatda amalga oshirilgan bu tо’qnashuvdan maqsad mamlakatda nafaqat tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish, balki О’zbekistonni ushbu vahshiyona xunrezlikka tortish, pirovard natijada, millatlararo qarama-qarshilikni ikki qо’shni mamlakat Qirg’iziston hamda О’zbekiston о’rtasidagi davlatlararo qarama-qarshilikka aylantirishdan iborat edi (Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: О’zbekiston. 2011. B. 13-14.).
О’zbekiston о’zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, ushbu mintaqani barqaror taraqqiyot hududiga aylantirishga yо’naltirilgan boshqa qator tashabbuslarni ham ilgari surib, mintaqaviy masalalardan tortib, Yer shari va insoniyat taqdiriga daxldor bо’lgan ulkan vazifalarni ham jahon hamjamiyati e’tiboriga havola etmoqda. Orolbо’yi hududidagi ekologik fojia oqibatlarini bartaraf etish, mintaqadagi transchegaraviy suv zahiralaridan oqilona foydalanish, О’rta Osiyo Fors kо’rfazi transport koridorini yaratishga qaratilgan taklif va tashabbuslar shular jumlasidan.
Tajriba shuni kо’rsatadiki, mavjud muammolarni hal etishda asosiy rolni mintaqa davlatlarining о’zlari о’ynashlari darkor. Bu g’oya 2012-yil 10 sentabrda qabul qilingan О’zbekiston Respublikasining "Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi"da rasman e’lon qilingan (О’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi // "Xalq sо’zi" gazetasi, 2012-yil 7-avgust.).
Ushbu Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor qaratilgan va "О’zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog’liq" ekanligi rasman e’tirof etilgan. Unda Markaziy Osiyo о’zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xom ashyo resurslarining ulkan zahiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e’tibor obyektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari tо’qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta’kidlangan. Yirik davlatlar Markaziy Osiyo davlatlarining о’z rivojlanish modeli va siyosiy yо’lini belgilashiga ta’sir о’tkazishga urinayotgani, mintaqada о’z maqsadlarinigina kо’zlayotgan tashqi kuchlarning о’zaro raqobati kuchayib borayotgani kо’rsatilgan. Shuningdek, dunyoning yirik davlatlari tomonidan mintaqada olib borilayotgan о’zaro geosiyosiy raqobat inobatga olinib, "Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi davlatlarning о’zlari tomonidan yechilmog’i zarur", degan fikr bayon etilgan.
Konsepsiyada xavfsizlikka rahna solayotgan an’anaviy va noan’anaviy tahdidlarning turlari kengayib borayotgani, mamlakatimiz chegaralari yaqinida keskinlik va tanglik о’choqlarining saqlanib qolayotgani e’tirof etilgan. Shu munosabat bilan ushbu hujjatda bayon etiladiki, О’zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini о’zida saqlab qoladi. Konsepsiyada birinchi bor quyidagi muhim qoidalar muhrlab qо’yildi: "О’zbekiston о’zini qо’shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish maqsadida tegishli choralarni kо’radi; о’z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obyektlari joylashtirilishiga yо’l qо’ymaydi; О’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi".
О’zbekiston xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik yо’lidan borib, xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yо’li bilan hal etishga qat’iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari о’rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-g’ayrat sarflashni о’z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Mudofaa doktrinasiga binoan, О’zbekiston jahondagi birorta ham davlatni о’zining dushmani deb hisoblamaydi, о’z harbiy qо’shinlarini faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirish, ayni vaqtda, о’z fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini о’z zimmasiga oladi, о’zini о’zi mudofaa qilishdek muhim hayotiy huquqini amalga oshiradi, davlatning harbiy qudrati va mudofaa qobiliyati oqilona zarurat darajasida bо’lishini ta’minlaydi, xorijiy davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirib boradi.
Bunday oqilona siyosat butun dunyoda qurolli mojarolar borayotgan bugungi davrda umumbashariy tinchlikni saqlash yо’lida milliy darajada tashlangan muhim qadamlardan biri bо’ldi, desak mubolag’a bо’lmaydi. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi zamonda dunyo hamjamiyatiga izchil integratsiyalashuvni ta’minlashda, eng avvalo, harbiy kuch emas, balki oqilona siyosat va diplomatiya, aql-idrok, fikr-mulohaza hamda izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiy salohiyat xal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Tashqi savdo va iqtisodiy aloqalar. Jahon tarixidan ma’lumki, globallashuv davrida mustaqil taraqqiyot yо’liga kirgan hech bir mamlakat о’z qobig’iga о’ralgan, xalqaro hamjamiyatdan ajralgan holda rivojlana olmaydi. О’zbekiston ham bundan mustasno emas, Prezident Islom Karimov "Iqtisodiyotimizning kelajagi uning jahon xо’jaligiga qо’shilishiga bog’liq", deb ta’kidlagan edi (Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-j. -T.: О’zbekiston, 1996. B. 248.). Bunga erishishning muhim shartlaridan biri sobiq mustabid tuzumdan qolgan yopiq, ma’muriy buyruqbozlik asosida ishlaydigan iqtisodiyotni ochiq, bozor munosabatlari negizida rivojlana oladigan butunlay yangicha modelga о’tkazishdan iborat edi. Shu bois О’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari uchun mustahkam poydevor yaratish, zarur siyosiy, huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni shakllantirish yо’lidan bordi. Bu yо’lda uchragan mashaqqatli vaziyatlarni qat’iyat bilan yengib о’ta boshladi.
SSSR parchalanganidan keyin ilgari yagona mexanizmni hosil qilgan ishlab chiqarish tizimi ham parokandalikka yuz tutdi. Markaz esa MDH doirasidagi qator kelishuvlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini "ortiqcha yuk" deb hisoblay boshladi, о’z muammolarini hal qilish bilan band bо’lib, sherik davlatlardagi dolzarb masalalarga kerakli darajada e’tibor qaratmadi.
Bundan tashqari, MDH davlatlari bilan savdo-sotiqda erkin valyuta bilan emas, imkon qadar barter yо’li bilan hisob-kitob qilishga urinish avj oldi. Sobiq Ittifoq davridan qolgan markaziy bank tizimi esa, asosan, Rossiya Federatsiyasi manfaatlari doirasida ish yurita boshladi. Butun MDH doirasida pulning qadrsizlanishi jarayoni misli kо’rilmagan giperinflyatsiya darajasiga kо’tarildi, Hamdо’stlik davlatlarining barchasida iqtisodiy beqarorlik vujudga keldi.
О’zbekiston bozor munosabatlariga о’tishning о’ziga xos yо’lini tanlash jarayonida rivojlangan mamlakatlarning kо’p asrlik tajribasiga, shuningdek, о’zbek xalqining milliy tarixiy merosi, turmush tarzi, an’analari va ruhiyatiga tayandi. Prezident Islom Karimov tomonidan xalqimizning "Yangi uyni qurmasdan, eskisini buzmang", degan fikriga asoslanib, "Davlat – bosh islohotchi" tamoyili asosida iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yо’naltirilgan bosqichma- bosqich usuli tanlab olindi. Milliy iqtisodiy tizim asoslari, institut va boshqaruv mexanizmlarini yaratishda, milliy valyuta, milliy bank va moliya infratuzilmasini shakllantirishda, tashqi savdo, iqtisodiy hamkorlik, chet el sarmoyalarini jalb etish sohalarida о’ta mas’uliyatli tarixiy qadamlar tashlandi.
1992-yil 26-martda О’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. О’zbekiston Respublikasi "Tashqi iqtisodiy faoliyat tо’g’risida"gi Qonuni qabul qilinishi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda asosiy tamoyillarni belgilab berdi, bu borada yagona davlat siyosatini olib borishda muhim omil bо’ldi. Bu "avval iqtisod, keyin siyosat" shiori ostida ish tutib, xalqaro hamkorlar bilan ularning mafkuraviy qarashlaridan qat’i nazar, teng huquqli va о’zaro manfaatli sherikchilik munosabatlarini о’rnatishga kirishildi. Bunda umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish, xalqaro tartiblar va standartlarga izchillik bilan о’tish kо’zda tutildi.
1993-1994-yillar davomida bosqichma-bosqich tarzda о’ta mas’uliyatli vazifa milliy valyutani joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirildi. О’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 122-moddasi va "О’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari tо’g’risida"gi Qonunning 11-moddasi, shuningdek, О’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 3-sentabrdagi qaroriga muvofiq 1994-yil 1-iyuldan boshlab, О’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy tо’lov vositasi bо’lgan milliy valyuta "sо’m" muomalaga kiritildi.
1994-yildan О’zbekiston Jahon Savdo tashkilotining savdo va tariflar bо’yicha bosh bitimi (GATT)ga qо’shildi va uning xalqaro savdo-sotiq borasidagi qoidalarini bosqichma-bosqich tarzda amalga tadbiq qila boshladi. Shu bilan birga, О’zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi о’rnini mustahkamlash va tobora kengaytirib borish maqsadida tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini tartibga soluvchi qonunlar, normativ hujjatlarning dastlabki majmuasi yaratildi. О’zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari tо’g’risida"gi (1998-yil 30 aprel), "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari tо’g’risida"gi (1998-yil 30 aprel), "Xorijdan mablag’ jalb qilish tо’g’risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat tо’g’risida"gi (2000-yil 26-may) va boshqa qator qonunlar shular jumlasidan. Ularda yurtimizning xorijiy mamlakatlar bilan faol va keng kо’lamli hamkorlik о’rnatishi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratib berildi.
Milliy istiqlolning ilk davridanoq chet el investorlari ishtirokida strategik ahamiyatga ega bо’lgan qator ustuvor loyihalarni amalga oshirishga erishildi. Ulardan eng yiriklari qatorida AQSH va Yaponiya firmalarining "Kellog-Nisho Ivai" konsorsiumi bilan hamkorlikda Kо’kdumaloq konida zamonaviy kondensant kompressor stansiyasi qurilishi, Fransiyaning "Teknip" va Yaponiyaning "Marubeni Djey Djisi" kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurib bitkazish, Markaziy Osiyodagi eng yirik Farg’ona neftni qayta ishlash zavodini Yaponiyaning "Mitsui" firmasi kо’magida modernizatsiya qilish, AQShning "ABB Lummus Global" firmasi bilan SHо’rtan gaz-kimyo majmuini qurish va boshqa shu kabi yirik loyihalarni sanab о’tish mumkin.
Xalqaro hamkorlar bilan samarali sherikchilik asosida ishlab chiqarish va eksport borasida О’zbekiston uchun mutlako yangi sohalar yaratildi. Bunga misol tariqasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Asaka shahrida qurilib, 1996-yilning 19 iyulida ishga tushirilgan avtomobil zavodini aytib о’tish joiz. Bu yirik loyihaning amalga oshirilishi xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining, mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, sanoat ishlab chiqarishining yorqin timsollaridan biriga aylandi. Avtomobilsozlik sanoati mustaqil О’zbekiston iqtisodiyotining eng yosh, ammo shiddat bilan rivojlanayotgan muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. Yurtimiz dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlat safiga qо’shildi. Avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga butlovchi qismlar tayyorlaydigan, neft va gazni ilg’or zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlaydigan, zamonaviy uy jihozlari va boshqa qator yangidan-yangi mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalar rivojlanishi natijasida mamlakatimizning dunyo bozorlaridagi о’rni mustahkamlanib bordi. Mamlakatda 900 turdagi yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yо’lga qо’yildi. Dunyo bozorlari mahsulotlarida "O’zbekistonda ishlab chiqarilgan" "Made in Uzbekistan" degan belgi paydo bо’ldi.
2000-yilda respublika eksporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari bozorlariga kirib bordi. Bu davrga kelib, О’zbekiston uzoq xorij mamlakatlarining 38 tasi bilan о’zaro qulay savdo-iqtisodiy rejimiga ega bо’lib, ular bilan "Sarmoyalarni о’zaro himoya qilish tо’g’risida» bitimlar tuzdi. Bunday bitimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlyandiya, Koreya Rsspublikasi, AQSH, Fransiya kabi davlatlar bilan imzolandi. Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya banklari va firmalari bilan hukumatlararo 32 ta yirik kredit bitimlariga imzo chekildi.
Shu asnoda mustaqillikning dastlabki-yillaridan beri izchillik bilan bilan hayotga tadbiq etib kelinayotgan va xorijiy mutaxassislar tomonidan "taraqqiyotning о’zbek modeli" deb e’tirof etilgan islohotlar strategiyasi amaliyotda о’z ijobiy natijasini berayotgani yaqqol namoyon bо’ldi. Bu jarayonlarga izoh berar ekan, Prezideng Islom Karimov о’zining BMT sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqida shunday dedi: "Biz avval boshdan "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni chetdan turib joriy etishga urinishlardan, "bozor iqtisodiyoti о’zini о’zi tartibga soladi", degan о’ta jо’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik, "yangi uyni qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, ma’muriy buyruqbozlik, mustabid tizimdan boshqaruvning bozor tizimiga о’tish jarayonida tadrijiy yondashuvni tanladik" (Karimov I.A. Demokratiya: islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-j. -T.: О’zbekiston, 2011-B. 19.)
2008-yil 14-iyulda Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) Ijrochi direktorlari kengashi О’zbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning yuqori iqtisodiy о’sish sur’atlari, makroiqtisodiy barqarorlikni izchil mustahkamlash va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tarkibiy о’zgarishlarda о’z ifodasini topayotgan natijalarini yuksak baholadi. XVJ mutaxassislari О’zbekistonda yuritilayotgan qat’iy soliq-byudjet siyosati, puxta о’ylangan makroiqtisodiy strategiya va izchil amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlar yuqori iqtisodiy о’sish sur’atlari barqarorligi, savdo va tо’lov balansining ijobiy saldosini yanada mustahkamlash, oltin-valyuta zahirasini kо’paytirish, shuningdek, mamlakat qarzini о’tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakatlar orasida eng past darajagacha kamaytirishni ta’minladi, degan xulosaga kelishdi.
Jahon iqtisodiy inqirozi davrida О’zbekiston yalpi ichki mahsulotining-yillik о’sishi 8 foizdan kamaymadi. Bunday о’sish sur’atini dunyoning kamdan-kam davlatlarida kuzatish mumkin. 2008-2011-yillari global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli kо’plab rivojlangan mamlakatlarda ishlab turgan zavod va fabrikalar faoliyati tо’xtab qolayotgan bir paytda О’zbekistonda yangi zavodlar ishga tusha boshladi. Toshkent viloyatida "Jeneral Motors" kompaniyasi bilan hamkorlikda 2009-2011-yillarda qurib ishga oshirilgan General Motors Powertrain Uzbekistan avtomobillar uchun motor ishlab chiqarish korxonasi bunga misol bо’la oladi.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan О’zbekiston yutuqlarining, qolaversa, uning global retsessiya paytida ishlab chiqilib, amalga oshirilgan "Inqirozga qarshi choralar dasturi" muvaffaqiyatining tan olingani 2010-yili Osiyo Taraqqiyot banki boshqaruvchilari-yillik yig’ilishi mamlakatimiz Toshkent shahrida о’tkazilganida ham yorqin namoyon bо’ldi.
Hozirgi kunga kelib, О’zbekiston dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo- iqtisodiy aloqalar о’rnatgan, tashqi savdo bо’yicha geografik qamrovini sezilarli darajada kengaytira olgan. Respublikamiz tashqi savdo aylanmasi muttasil о’sib bormoqda. Bu kо’rsatkich 2011-yilda 25,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2000-yilga nisbatan 4,1 barobar о’sdi. Eksport hajmining 2011-yilda 2010-yilga nisbatan о’sishi 15,4 foizni tashkil etdi. 2000- 2011-yillar davomida eksportni diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi
Istiqlol-yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida 165 milliard dollardan ortiq kapital mablag’ о’zlashtirilgan bо’lib, buning 56 milliard dollardan ziyodi xorijiy investitsiyalar. 2013-yil kapital investitsiyalar hajmi 14 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etdi.
Jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda О’zbekiston eksporti hajmining о’sishi 10,9 foizdan iborat bо’ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi umumiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. Sо’nggi-yillarda eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan о’sib borayotgani yaqqol kо’zga tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy eksport hajmining 72 foizidan ortig’i tayyor tovarlar hissasiga tо’g’ri kelgani iqtisodiyotimizning diversifikatsiya qilinayotgani, unda modernizatsiya jarayonlari jadal kechayotganidan dalolat.
2013-yilning 1-yanvar holatiga kо’ra, "О’zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagani, bu kо’rsatkich esa xalqaro mezonlar bо’yicha "о’rtachadan ham kam" darajada baholangani buni isbotlab bermoqda".
О’zbekistonning jahon xо’jalik tizimida munosib о’rin egallashida mamlakatimizda tashkil etilgan tarmoqlararo kо’rgazmalar о’zining ijobiy natijalarini bera boshladi. "Paxta va ipak", "Neft va gaz mahsulotlari", "Qurilish mollari" va boshqa qator shu kabi muhim xalqaro yarmarkalar mamlakatimizning dunyo bozorlarida о’z о’rniga ega bо’lishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda О’zbekistonda yana boshqa qator sohalarda xalqaro kо’rgazmalar muntazam о’tkazilib kelinmoqda.
Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ajdodlarimizning boy merosini о’rganish va targ’ib etish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalarini izchil rivojlantirish, shu yо’l bilan umumbashariy taraqqiyotga hissa qо’shish borasida amalga oshirilayotgan keng kо’lamli davlat siyosati О’zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi о’rnini mustahkamlashda, uning xalqaro miqesda keng tanilishida muhim omillardan biri bо’lib xizmat qilmoqda. О’zbekiston davlat byudjeti xarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta’lim, sog’liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalari rivojlanishiga sarflanayotgani bu borada ijobiy natijalar bermoqda.
Aloqalarimizning ushbu sohalardagi muhim yо’nalishlari xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, YUNESKO, TSESCO va boshqa tuzilmalar doirasida izchil rivojlanib bormoqda.
1993-yil 26-oktabrda О’zbekiston BMTning ta’lim, fan va madaniyat bо’yicha tuzilmasi YUNESKOga mustaqil davlat sifatida a’zo bо’lib kirdi, u bilan faol, о’zaro manfaatli hamkorlikni yо’lga qо’ydi. 1996-yil 26-aprelda mazkur tashkilot Bosh direktori Federiko Mayor taklifiga binoan Prezident Islom Karimov YUNESKOning Parij shahrida joylashgan bosh qarorgohiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida mamlakatimizning mazkur tashkilot bilan hamkorligi istiqbollari belgilab olindi. Oliy darajadagi muzokaralar О’zbekiston va YUNESKO о’rtasidagi munosabatlarning-yildan-yilga rivojlanib, doirasi kengayib borishida muhim omil bо’ldi.
1997-2001 va 2009-2013-yillari О’zbekiston YUNESKOning Ijroiya kengashiga saylandi va ushbu global tashkilot ishini boshqarishda bevosita ishtirok etdi.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzning qadimiy obidalari YUNESKOning Jahon madaniy merosi rо’yxatiga kiritilib, xalqaro muhofazaga olindi. "Shashmaqom" va Navrо’z bayrami insoniyatning og’zaki va nomoddiy merosi durdonasi deb e’lon qilindi. Toshkent shahrida saqlanayotgan Usmon Qur’oni va Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi nodir qо’lyozmalar "Jahon xotirasi" rо’yxatiga kiritildi. YUNESKO qaroriga muvofiq, 2001-yilda Buxoro "Tinchlik shahri" deb e’lon qilindi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan YUNESKO shafeligi ostida dunyoning eng qadimiy shaharlaridan bо’lmish Samarqandda tashkil etilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali xalqlar о’rtasida hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa va qо’shiq orqali odamlar qalbida ezgu tuyg’ularni uyg’otish, mushtarak tomirlarni bir-biriga yaqinlashtirishdek olijanob maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Milliy madaniyatni rivojlaitirish, madaniy-tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qо’shgan hissasi, xalqlar о’rtasidagi dо’stlik rishtalarini, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish, madaniy rang-baranglikni qо’llab-quvvatlash borasidagi ulkan xizmatlari uchun Prezident Islom Karimov 1998-yilda YUNESKOning "Abu Ali ibn Sino" oltin medali, 2006-yilda esa "Borobudur" oltin medali bilan taqdirlandi.
ISESCO tomonidan Toshkent shahrining 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganini ham alohida e’tirof etish zarur. Bunday yuksak maqomni qо’lga kiritish О’zbekiston xalqi uchun ulkan tarixiy voqea bо’ldi.
О’zbekiston Respublikasining nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari. О’zbekiston – BMT munosabatlari. Davlatlar va millatlar о’rtasidagi nizo va ziddiyatlarni tinch yо’l – muzokaralar orqali hal etishda eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning о’rni kattadir. О’zR о’zining xohish-irodasi va taklifiga kо’ra 1992-yil 2 martda BMTga qabul qilindi. О’zbekiston BMT Nizomini, xalqaro huquqiy meyorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining tо’la teng huquqli a’zosi bо’ldi.
1993-yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. Prezident I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil sentabrda bо’lgan 48- sessiyasida ishtirok etishi va unda qilgan ma’ruzasi О’zbekistonni jahonga kо’hna va navqiron davlat sifatida namoyon etdi. О’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bо’yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bо’yicha bir qator takliflarni о’rtaga qо’ydi.
О’zbekiston Respublikasi va BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMTning Taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bо’yicha oliy qо’mita komissari, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, Bolalar jamg’armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni о’z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bо’ldi. 1993-1997-yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida О’zbekistonda kо’plab xalqaro tadbirlar о’tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMTning qochoqlar ishi bо’yicha oliy qо’mitasi komissarining vakili tojik qochoqlarni yurtiga qaytarish, ularga BMTning insonparvarlik yordamini yetkazish bо’yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi. 1994-yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bо’lgan jahon sayyohlik tashkilotining «Ipak yо’li» xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida О’zbekistonning mavqeini yanada kо’tardi.
1995-yil 20-yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar-kengash bо’lib о’tdi. Unda О’zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, о’zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yо’llari muhokama etildi. О’zbekiston о’zining BMT ishidagi ishtirokini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va tinchlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratish imkoniyati deb biladi. О’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995-yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan seminar-kengash bо’lib о’tdi.
Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta’minlash, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan takliflarini aytdilar.
О’zbekiston BMTning 50-yilligiga bag’ishlangan tantanalarda faol qatnashdi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1995-yil 22-24-oktabrda bо’lgan yubiley sessiyasida qatnashib nutq sо’zladi.
Prezident о’z nutqida bu nufuzli xalqaro tashkilot faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka erishishdan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta’minlash yо’li bilangina jahon xavfsizligini ta’minlash mumkinligi alohida ta’kidlandi. Afg’onistondagi urushga barham berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, qurol savdosini cheklash tо’g’risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog’liq ekologik muammoni hal etishga xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish, BMTning tashkilotchilik ishini faollashtirish tо’g’risida bir qator takliflar ilgari surildi. Xalqaro tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma’qulladilar va muammolarni hal qilishga kо’maklashdilar.
1997-yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferensiya bо’lib о’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan О’rta Osiyo va Qozog’iston davlatlari Tashqi ishlari vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Unda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari, barcha davlatlar Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish tashabbusini qо’llab- quvvatlashga va uni barpo etishga kо’maklashishga chaqirildi. 2006-yilda ushbu masala bo’yicha shartnoma imzoladilar. 2009-yilning mart oyidan boshlab mazkur shartnoma kuchga kirdi. Bu mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlashning eng kafolatli yо’llaridan biri edi.
O’zbekistonning BMTga yo’llagan afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal qilish masalasida muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMT homiyligida 6+2 guruhi tashkil etildi. O’zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo’ldi.
1999-yilning 19-20 iyul kunlarida Toshkentda BMT homiyligida Afg’oniston bо’yicha «6+2» guruhining navbatdagi uchrashuvi bо’lib о’tdi.
Unda guruhga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari о’rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalari, BMT Bosh kotibining Afg’oniston bо’yicha maxsus elchisi Laxdar Braximiy ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg’onistondagi mojaroni hal etishning asosiy tamoyillari tо’g’risida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
2000-yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus qo’mitasi ta’sis etildi.
2000-yilning 8-sentabrida О’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida qatnashdi. 150 dan kо’proq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etgan ushbu sessiyada I.A.Karimov nutq sо’zladi. Tashrif davomida Islom Karimov Nyu-Yorkda bir qator uchrashuvlar о’tkazdi. 2002-yilning 18-20 oktabr kunlari BMTning bosh kotibi Kofi Annanning yurtimizda bо’lishi О’zbekistonning bu tashkilotga a’zo bо’lgandan keyingi va Prezidentimiz I.Karimovning BMT minbaridan sо’zlagan nutqidan keyingi eng e’tiborli voqealardan biri bо’ldi.
2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O’zbekistonga tashriflari mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni mustahkamlanib, obro’-e’tibori ortib borayotganining dalilidir.
O’zbekiston Prezidenti I. Karimov 2010-yil 22-sentabrda BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisida so’zlagan nutqida Afg’onistonda tinchlik o’rnatish bo’yicha ilgari tanlangan yo’l kutilgan natijani bermaganligini ta’kidladi. O’zbekiston tomonidan 2008-yilda taklif etilgan BMT shofeligida 6+3 muloqot guruhini tuzishini taklif etdi. Bu tashabbusning mohiyati shundaki, afg’onistonliklar o’z mamlakati muammolarini o’z manfaatlari, an’analari, urf-odatlaridan kelib chiqqan holda Afg’onistonga chegaradosh 6 mamlakat + AQSH, Rossiya va NATO ko’magida o’zlari hal etishlari zarurligi ta’kidlandi.
О’zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik sohasida о’z an’analariga doimo sodiq bо’lib, bu yо’ldan hech qachon og’ishmasdan ilgari bormoqda.
Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari о’rtasida о’zaro hurmat, dо’stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e’tibor qaratilgan.
Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni kо’z qorachig’idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir.
О’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk bor 2017-yil 12-sentabrda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida chiqish qildi. Prezidentimiz nutqi xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olini.
Xususan, SH.Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari о’tkazishni yо’lga qо’yish, BMTning «Ma’rifat va diniy bag’rikenglrik» maxsus rezolyusiyasini qabul qilish, BMTning Yoshlar huquqlari bо’yicha konvensiyasini ishlab chiqish, Orolbо’yi muammosiga e’tiborni oshirish va Afg’oniston muammosini hal etish kabi masalalarga oid 5 ta takliflarni ilgari surdi. 2020-yilga kelib bu takliflardan 4 tasi amalga oshdi.
Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari muntazam о’tkazilmoqda. 2018-yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» maxsus rezolyusiyasini tasdiqladi, shu-yili Orolbо’yi mintaqasida insonlar xavfsizligi bо’yicha kо’p sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyat boshladi. Ayni paytda BMTning Yoshlar huquqlari bо’yicha konvensiyasi loyihasi bо’yicha ishlar davom etmoqda, shu maqsadda inson huquqlari bо’yicha 2020-yil avgust oyida ―Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» mavzuida Samarqand forumi о’tkazildi. 2018-yil martida Toshkentda Afg’oniston bо’yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya tashkil etilib, uning yakunida deklaratsiya qabul qilindi.
О’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etdi. Jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli sessiya BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida о’tkazildi. Davlatimiz rahbari BMTda oliy minbaridagi 2-marotaba chiqishida mustaqil О’zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – о’zbek tilida nutq sо’zladi.
Mamlakatimiz rahbari SH.Mirziyoyev о’z nutqida mintaqada va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, konstruktiv muloqotni kengaytirish, shuningdek, iqlim о’zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammosi, qashshoqlikka barham berish va kambag’allikni qisqartirish masalalari kabi zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ularning eng muhimlari quyidagi takliflardan iborat bо’ldi:
-BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari tо’g’risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish taklif etildi;
-Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag’ishlangan sammitni о’tkazish bо’yicha taklifi ma’qullandi;
-Yoshlar huquqlari tо’g’risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish bо’yicha О’zbekiston tashabbusini qо’llab-quvvatlashga chaqirildi;
-Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish tо’g’risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi;
-BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklif etildi;
-Mintaqaviy qо’shma rejaning 10-yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag’ishlangan xalqaro konferensiyani о’tkazish taklif etildi;
-2021-yilda YUNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni о’tkazishga О’zbekiston tayyorligi ma’lum qilindi;
-BMT huzurida afg’on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat kо’rsatadigan qо’mita tashkil etish taklif etildi;
-Orolbо’yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etildi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi;
-Qashshoqlikni tugatish va kambag’allikka qarshi kurashishni BMT Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag’ishlangan global sammitni о’tkazish taklif etildi;
-О’zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng kо’lamli va о’zaro manfaatli sheriklikni, BMT va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirish uchun doimo tayyorligi ma’lum qilindi.
Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib о’tish masalalariga tо’xtalib о’tildi.
2020-yil 14-oktabr kuni BMT Bosh assambleyasida О’zbekiston BMT Inson huquqlari bо’yicha kengashiga kо’pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch-yillik muddatga saylandi. BMT Yangiliklar markazi ma’lumotiga kо’ra, quyidagi 15 davlat 2021-yil 1-yanvardan boshlab uch-yillik muddatga BMT Inson huquqlari bо’yicha Kengashi a’zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, RossiY. Senegal, Ukraina, О’zbekiston, Buyuk Britaniya. BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bо’yicha kengashga 47 ta davlat a’zodir. Kengash a’zolari uch-yillik muddatga yashirin ovoz berish yо’li bilan saylanadi. Mamlakatimizda investitsiya va biznes muhiti yaxshilanayotgani, turizm va eksport salohiyati yuksalib borayotgani, Xalqaro mehnat tashkilotining standart va qoidalari hayotga faol tatbiq etilayotgani tufayli О’zbekistonning xalqaro reytinglardagi о’rni-yil sayin yuksalmoqda.
O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
О’zbekiston 1992-yil 26-fevralda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bо’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YEXHT) a’zo bо’lib kirdi.
Islom Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bо’lib о’tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq sо’zlashi va Kengashning 10 iyulda bо’lgan majlisida raislik qilishi О’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib о’rin egallab borayotganligiga yana bir ishonchli dalil bо’ldi.
Prezident о’z nutqlarida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bо’lgan mojarolar oldini olish, mojarolarga yо’l qо’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish takliflarini ilgari surdi.
1994-yil 28-30 sentabrda Toshkentda YEXHTning umumiy masalalarga bag’ishlangan xalqaro anjumani о’tkazildi. Unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar kо’rib chiqildi. YEXHT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta tiklash bо’yicha seminarlar о’tkazdi. Mazkur xalqaro tashkilot Orol muammosini hal qilishga kо’maklashmoqda. 1995-yil iyulda Toshkentda YEXHTning aloqalar bо’yicha mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat kо’rsatmoqda.
YEXHTning 1996-yil dekabrda Lissabon sammitida XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bо’ldi. О’zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog’ yetkazib berishni tо’xtatish, YEXHTning Markaziy Osiyo faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon Deklaratsiyasiga kiritildi.
О’zbekiston tashabbusi bilan 1996-yilning 11-13 sentabr kunlari Toshkentda YEXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bо’yicha Byurosi (DIIHB)ning «Inson huquqlari bо’yicha milliy muassasalar» mavzusidagi xalqaro seminar-kengash bо’lib о’tdi. Unda Markaziy Osiyo, Yevropa, Amerikadagi 21 mamlakat ekspertlarining, shuningdek, 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Seminar, kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada Ombudsman instituti, inson huquqlari bо’yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalalari kо’rib chiqildi.
1999-yilning 18-19 noyabrida Istambulda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga a’zo 54 davlat boshliqlarining oliy darajadagi uchrashuvi bо’lib о’tdi. Uchrashuvda О’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qatnashdi. I. Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi.
Istambul sammitida Yevropa Xavfsizlik Xartiyasi, Istambul Deklaratsiyasi va boshqa bir qator xalqaro hujjatlar imzolandi.
2000-yilning 2-iyunida Prezidentimiz I.Karimov Oqsaroyda YEXHT ning raisi, Avstriya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Benito Ferrero-Valdner boshchiligidagi mazkur tashkilot delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi. Suhbat davomida О’zbekiston va YEXHT о’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashindi.
YEXHT tashkilotining bosh kotibi Y.Kubish 2002-yilning 6-7 aprel kunlari tashrif buyurgan bо’lsa, kо’p о’tmay YEXHT parlament assambleyasi delegatsiyasi 9-13 aprel kunlari О’zbekistonda mehmon bо’ldi.
О’zbekiston bilan Shimoliy Atlantika mamlakatlari tashkiloti – NATO о’rtasida о’zaro tushunish va hamkorlik mavjud. 1995-yil iyulida О’zbekiston NATOning «Tinchlik yо’lida hamkorlik» dasturiga qо’shildi. О’zbekiston bu dasturdagi ishtirokiga о’z mustaqilligini mustahkamlash, hozirgi zamon harbiy-texnikaviy yutuqlardan foydalanish, harbiy kadrlar tayyorlashda imkoniyatlarni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraydi. «Tinchlik yо’lida hamkorlik» dasturi doirasida 1995-yilda AQShda, 1997-yili Qozog’iston va О’zbekistonda о’tkazilgan harbiy mashqlarda О’zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini yanada kо’tarishga xizmat qildi. О’zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qо’shilmaslik harakatining a’zosidir. U bо’lajak jahon parlamentining timsoli bо’lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi konvensiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qo’shilgan.
О’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Jumladan, uning BMT homiyligida ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 183 davlat a’zo bо’lgan YUNESKOning bosh maqsadi – barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq о’rnatishga kо’maklashishdan iborat. YUNESKO har-yili о’z faoliyati doirasida jahonda 150-200 yirik tadbir о’tkazadi. U har bir davlatdagi ilg’or tajribalarni о’rganuvchi va boshqalarga tarqatuvchi «g’oyalar laboratoriyasi» rolini bajarmoqda.
1993-yil 29-oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida О’zbekistonni YUNESKO a’zoligiga qabul qilish marosimi bо’lib о’tdi. Shu kuni vatandoshimiz, buyuk olim Mirzo Ulug’bek tavalludining 600-yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil Parijda Mirzo Ulug’bek haftaligi tantana bilan о’tdi.
Mamlakatimizning qadimiy shaharlari Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar rо’yxatiga kiritildi. Bu rо’yxatda 411 ta obyekt bor.
1994-yil dekabrda Toshkentda YUNESKO ishlari bо’yicha О’zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. Komissiya idoralararo organ bо’lib, uning tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bо’ldi. YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini о’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat berishga kirishdi. UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. ‘Ipak yo’li – muloqot yo’li- deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi.
YUNESKO qaroriga binoan 1995-yilda Samarqandda Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro instituti tashkil etildi.
YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor Markaziy Osiyo tarixini tadqiq qilish xalqaro institutini tantanali ravishda ochdi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660-yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan xalqaro anjuman bо’lib о’tdi.
1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500-yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi. Bu О’zbekiston bilan YUNESKO о’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bо’ldi. 1997-yil 19-20 oktabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500-yilligi munosabati bilan bо’lib о’tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa kо’plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari ishtirok etdilar.
1998-yilning 6 noyabr kuni Parijda ochilgan YUNESKO Ijroiya kengashi 155- sessiyasining yakunlovchi majlisi Toshkentda bо’lib о’tdi.
Sessiyada О’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq sо’zladi. Shu kunning о’zidayoq О’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov YUNESKOning Bosh direktori Federiko Mayor va YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Pol Potoki boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashuvlar bо’ldi.
2000-yil iyulda esa Toshkentda Osiyo va Tinch Okean mintaqasi mamlakatlari YUNESKO ishlari bо’yicha milliy komissiyalarining XII mintaqaviy konferensiyasi bir hafta davom etdi. Shu-yilning 13 sentabrida esa Prezidentimiz tomonidan YUNESKO Bosh direktori lavozimiga saylangan Kongiro Matsuuruni qabul qildi.
Suhbat davomida О’zbekiston bilan YUNESKO hamkorligini yanada rivojlantirish haqida fikrlashib olindi.
YUNESKO homiyligida 2001-yili ulug’ fiqhshunos olimlari, islom olamining mashhur ulamolari Burxoniddin Marg’inoniy va Abu Mansur Moturidiyning yubileylari, 2002-yili Shahrisabz shahrining 2700-yilligi, Termiz shahrining 2500-yilligi, 2003-yili esa buyuk mutasavvuf Abduholiq G’ijduvoniy tavalludining 900-yilligi keng nishonlandi.
О’zbekiston ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg’armasi (UNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qо’mitasi bilan hamkorlik qilmoqda.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (UNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
MDHning tashkil topishi va kо’ptomonlama hamkorliklar. 1991-yilning avgust-sentabr oylariga kelib sobiq SSSR tarkibidagi barcha 15 ta respublika о’zini mustaqil davlat deb e’lon qilingan bо’lsa-da, SSSR Prezidenti, parlamenti, hukumati о’z faoliyatini tugatmagan edi. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Belovejskoe Pushcheda (Minsk, Belorus) Mustaqil Davlatlar Hamdо’stligi (MDH)ni tuzish tо’g’risidagi Bitimni imzoladilar. 1991-yil 13 dekabrda Ashxabodda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va О’zbekiston Davlat boshliqlari uchrashib, MDHni tuzish tо’g’risida Minskda imzolangan Bitimni muhokama qildilar va Bayonot qabul qildilar.
1991-yil 21-dekabrda Almatida MDHni tuzish tо’g’risidagi Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va О’zbekiston ham imzo qо’ydilar. Shu kuni ushbu davlatlar rahbarlari Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari bilan birgalikda «Mustaqil Davlatlar Hamdо’stligining maqsad va tamoyillari tо’g’risidagi Shartnoma»ni imzoladilar.
Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank tizimi bо’lishi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinishi, tashqi siyosat va armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holatda yuritilishi qayd etildi. Mazkur hujjatda SSSR davlatining faoliyati va SSSR Konsitusiyasi tо’xtatiladi, deb e’lon qilindi.
Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. MDH davlatlari boshliqlarining Almati kengashi maxsus qaror qabul qilib, Hamdо’stlik a’zolari bо’lgan davlatlarning BMT Nizomi bо’yicha majburiyatlarni bajarish niyatida ekanligini va BMTga a’zo bо’lish istaklarini bildirdilar.
1993-yilda MDHga Gruziya qо’shildi. Bu bilan MDHga a’zo bо’lgan davlatlar soni 12 taga yetdi. MDH oldida katta muammolarni yechish uchun Hamdо’stlik mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim hujjatlar va tadbirlar ishlab chiqdilar.
Jumladan, 1991-yil 30-dekabrda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida MDH mamlakatlari о’rtasida о’zaro manfaatli hamkorlikni yо’lga qо’yishga qaratilgan muhim masalalar kо’rib chiqildi.
1992-yil 15 mayda Toshkentda о’tkazilgan MDH mamlakatlarining navbatdagi Kengashida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida, havo bо’shlig’idan foydalanish haqida, kosmik dasturlarni bajarishga pul ajratish tо’g’risida, chegara qо’shinlarini pul bilan ta’minlash tо’g’risida, qurolli kuchlarni qisqartirish tо’g’risida bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.
1994-yil 21-oktabrda Moskvada о’tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida asosiy e’tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDH davlatlari о’rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yо’nalishlari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yо’nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Davlatlararo iqtisodiy qо’mita (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi MDH a’zolari о’rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta’minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning shtab- kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi. 1995-yil 10-fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvi bо’lib о’tdi. Unda MDH a’zolari bо’lgan mamlakatlar chegaralarini qо’riqlashda hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida bir-birlariga mos bо’lmagan turli fikrlar bildirildi.
Jumladan, О’zbekiston tomoni milliy tizimlardan ustun turadigan tuzilmalar, ayniqsa, harbiy tuzilmalar tuzishga qarshi ekanligini bildirdi.
MDH davlat boshliqlarining 1996-yil 17 may, 1997-yil 28-mart va 1998-yil 29-aprel kunlari Moskvada, 1997-yil 23-oktabrda Kishinevda о’tkazgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi birgalikda kurash dasturi, MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarning bajarilish ahvoli, MDHning istiqbollari, MDH organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2006-yil 8-sentabrda Qozog’istonning Semipalatinsk shahrida I.Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan Afg’oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish bо’yicha shartnoma imzolangani mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda muhim qadam bо’lib xizmat qilmoqda. Buning yorqin amaliy ifodasi sifatida 2009-yil mart oyida ―Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud haqida»gi shartnomaning kuchga kirgani olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etdi.
MDH tashkil etilgandan beri о’tgan davrda hammasi bо’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy- siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi. Hamdо’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog’ozda qolib ketdi. О’tgan-yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, о’zaro hisob-kitoblar hozirgi kungacha muvofiqlashtirilmadi.
О’zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun’iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, kо’plab amaldorlar ishlaydigan ma’muriy idoralar, harbiy-siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. О’zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg’unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida kо’rishni xohlaydi.
Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti. 2001-yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi va Toshkent bayonoti imzolandi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. I.Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini tuzishga kelishib olindi.
2002-yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini ta’sis etish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashdi. MOH tashkilotining raisi etib I.Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOH tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarining integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi.
MOH tashkilotiga a’zo davlat boshliqlarining 2002-yil 6-7-iyul kunlari Oqtov (Qozog’iston), 5-6-oktabr kunlari Dushanbe (Tojikiston) sammitlari bo’lib o’tdi. Toshkentda-yil noyabr oyida MOH tashkilotiga a’zo davlatlar parlamentlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillarining forumlari bo’lib o’tdi.
2002-yil 27-dekabrda va 2004-yil 28-mayda Astana shahrida bo’lib o’tgan MOH tashkilotiga a’zo davlat boshliqlarining sammitlarida mintaqaviy xavfsizlik, Orol inqirozi, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik, narkotik kontrabandasi, umumiy bozor barpo etish, suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umum mintaqaviy infratuzilmasini barpo etish kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur masalalar bo’yicha hamkorlik qilishga qaratilgan qo’shma kommyunike va bitimlar imzolandi.
2017-yildan “О’zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yо’nalish” tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishildi. Natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, о’zaro ishonch va yaxshi qо’shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlana boshlandi.
2017-yilda Turkmaniston va Qirg’iziston bilan strategik hamkorlik о’rnatildi. Qozog’iston bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir qator muhim hujjatlar imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz har tomonlama mustahkamlandi. Toshkent va Dushanbe shaharlari о’rtasida aviaqatnov yо’lga qо’yildi. Qirg’iziston bilan davlat chegaralari tо’g’risidagi bitimning imzolanishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan katta qadam bо’ldi.
Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l. 1993-yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi.
Uchrashuv qatnashchilari BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo’llab, Orol bo’yidagi murakkab ahvol va ro’y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora- tadbirlar haqida, shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini jalb qilish zarurligi to’g’risida uni xabardor etdilar.
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994-yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi ishtirokida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5-yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.
O’zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o’rtasida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam- baqadam amalga oshirib bordi. Tojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O’zbekistonning bergan siyosiy va iqtisodiy madadi, Orolni qutqarish harakatida O’zbekistonning faol ishtiroki fikrimizning dalilidir. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH). 1994-yil 10-yanvar kuni O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida, 1994-yil 16-yanvar kuni O’zbekiston bilan Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon to’g’risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 30-aprelda Cho’lponota shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi.
Uch davlat Prezidentlarining 1994-yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo’ldi. Unda o’zaro integratsiyani kuchaytirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. Bunday yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organlarining paydo bo’lishi O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yanada mustahkamladi. Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
Tashkilotning 1995-yil 14-aprel kuni Chimkentda, 1995-yil 15-dekabrda Jambulda, 1997-yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda (uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi), 1997-yil 12-dekabr kuni Qozog’iston Respublikasining yangi poytaxti – Astana shahrida, 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda va 2000-yil 14-iyulda tashkilotga 1998-yilda a’zo bo’lgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo’lib o’tgan kengashida iqtisodiy integratsiy muammolari hal etib borildi. Dushanbe Kengashida MOIH ning 2002--yilgacha bo’lgan muddatda yagona iqtisodiy makonni yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi say- harakatlari dasturi to’g’risida, 2005-yilgacha bo’lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish strategiyasi haqida qarorlar qabul qilindi.
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YOIH). 2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo’lib o’tgan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti Davlat rahbarlarining kengashida o’tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti Yevrosiyoda integratsiyalashuv jarayonidagi burilish nuqtasi bo’ldi. O’zbekiston rahbarining tashabbusi bilan MOH va Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni shakllantirishga qaror qilindi. Negaki, bu ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq qilmas edi. Ikki tashkilotning qo’shilishi natijasida yirik geografik makonda yanada faol yangi integratsiya uchun keng yo’l ochildi. YOIH Rossiya, Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida 1995-yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan edi. YOIHning 2006-yil 24-25-yanvar kunlari Sankt- Peterburg shahrida bo’lib o’tgan Sammitida O’zbekiston unga a’zo bo’lib kirdi. Mazkur sammitda O’zbekistonning YOIHni ta’sis etish to’g’risidagi shartnomaga qo’shilishi to’g’risidagi protokol, ‘YOIHni ta’sis etish to’g’risidagi shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida―gi Qarorlar imzolandi.
YOIH tashkiloti unga a’zo mamlakatlar o’rtasida integratsiyani rivojlantirishga, yagona umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tashkil topishiga ko’maklashadi.
2020-yilga kelib О’zbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklari 80 foizi Qozog’iston, Qirg’iziston va Rossiyaning tranzit yо’laklari orqali о’tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bо’yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston hissasiga tо’g’ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog’istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda О’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog’liq masalalar chuqurlashmoqda (Qarang. О’z.R Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020).
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. 1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa ‘Shanxay forumi“ yoki ‘Shanxay beshligi“ tashkiloti tuzilgan edi.
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov qatnashdi va O’zbekistonning ‘Shanxay forumi―ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi.
O’zbekiston ‘Shanxay forumi―ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – SHHT, deb o’zgartirildi. O’zbekiston uning asoschilaridan biri bo’ldi.
2001-yil iyunda bo’lgan Sammit yakunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachihk va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a’zo mamlakatlarning bir- biriga o’zaro ishonchi, do’stlik va qo’shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo- iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni rag’batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo’yilgan.
SHHT doirasida a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, Mudofaa vazirliklarining Kengashi tuzilgan va faohyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o’tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta’minlash maqsadida a’zo davlatlarning Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001-yilning iyun oyida Tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002-yilning 24-aprelida Almati shahrida bo’lib o’tgan a’zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida chegara xizmatlari faoliyatining, xususan, terrorchilik, g’ayriqonuniy muhojirlik va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bo’yicha harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari kelishib olindi.
2002-yil 6-7-iyun kunlari SHHT ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt- Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati – SHHT Xartiyasi, SHHTga a’zo davlatlar o’rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan SHHT doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHT ochiq tashkilot bo’lib, o’zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda.
2003-yil 29-may kuni Moskvada bo’lib o’tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo’mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004-yil 1-yanvardan boshlab ish boshladilar.
2003-yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi bo’lib o’tdi, uning qarori bilan ko’p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazirliklari, xavfsizlik kengashlari o’rtasida muntazam aloqalar yo’lga qo’yildi.
2004-yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo’lib o’tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Sammitda 2004-yil mart oyida O’zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo’lganligi, terrorchilarning bazalarini yo’qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi.
SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda SHHT a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini rag’batlantirishga kelishib olindi:
-transport infratuzilmasini rivojlantirish;
-tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o’zlashtirish;
-suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;
-ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
-fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
-investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to’siq va muammolarni bartaraf etish.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o’nta hujjat imzolandi.
2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi 10- majlisi bo’lib o’tdi. Davlat rahbarlari ko’p tomonlama va o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, muammolar bo’yicha fikr almashadilar. Kengashda kuzatuvchi va mehmon maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Turkmaniston, Pokiston va Mo’g’uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam masalalariga alohida e’tibor berildi.
Muzokaralar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining deklaratsiyasi, SHHTda yangi a’zolarini qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom, SHHT MATT kengashining 2009-yildagi faoliyatiga doir hisoboti tasdiqlandi. SHHT Davlat rahbarlari kengashi 10-majlisi yakunlari to’g’risida axborot qabul qilindi. Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar hukumatlari o’rtasida qishloq xo’jaligi sohasida va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitimlar imzolandi. Muxtasar aytganda, O’zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’ldi. О’zbekiston tashqi siyosatida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan yaqin aloqalar о’rnatish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yevropa Ittifoqi, avvalambor, bugungi kunga kelib, a’zolari 27 Evropa davlatidan iborat integratsiya birlashmasidir. Ushbu Ittifoq izchil ravishda imzolangan bir qator shartnomalarga asoslanib, ularning asosiy maqsadi urushdan keyingi Yevropada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash va a’zo-davlatlarni iqtisodiy integratsiya yо’li bilan birgalikda rivojlantirishdir.
О’zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi ishonchli sherik hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish va hamkorlikka intilar ekan О’zbekiston uning yordamida transport, energetika. Moliya sohasi, xususiylashtirish, ilm-fan, ta’lim, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek demokratiya va inson huquqlari sohasi bilan bog’liq keng qamrovli muammolarni hal etishga harakat qiladi. О’z navbatida Yevropa Ittifoqi, о’zining tashqi siyosiy faoliyati tamoyillari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, sobiq sovetlar makoni davlatlarini iqtisodiy jihatdan kuchli va barqaror, Yevropa mamlakatlari uchun ishonchli va teng huquqli sherik sifatida kо’rishni istaydi. Shunday ekan, sobiq sovetlar makonida yangi mustaqil davlatlar tashkil bо’lgan dastlabki-yillardan boshlab Yevropa Itttifoqi tomonidan Markaziy Osiy mintaqasida О’zbekiston Respublikasi bilan о’zaro manfaatli munosabatlar о’rnatilishi va rivojlantirilishiga kо’proq e’tibor qaratildi. YEIning О’zbekistondagi vakolatxonasi boshlig’i Olivye Alle ta’kidlaganidek, ―О’zbekiston G’arb va Sharq yо’llari kesishgan yerda joylashgani tufayli Markaziy Osiyoda nafaqat eng qulay geografik mavqega ega, balki kо’p qо’shnilaridan о’zining ijtimoiy-siyosiy barqarorligi, keng yoyilgan iqtisodiy infratuzilmalari bilan ham ajralib turadi».
Obyektiv sharoitlar va ikki tomonning yaqinlashishga intilishi О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi о’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratdilar. U ikki bosqichga bо’linadi. Ularning birinchisi 1992-yilda о’zaro anglashuv memorandumi imzolangan vaqtdan boshlanib, О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitim kuchga kirgunga qadar bо’lgan davrni о’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich 1999-yilda О’zbekiston Respublikasi va YEI о’rtasidagi ushbu bitim kuchga kirgan kundan boshlanadi. О’zbekiston va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini kо’rsatilgan har bir bosqichda rivojlantirish ikki yо’nalishda amalga oshirildi. Birinchi yо’nalish bu О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitimni imzolash istiqbollari va uni kelajakda hayotga tatbiq etish bilan bevosita bog’liq siyosiy va iqtisodiy yо’nalishdir. Ikkinchi yо’nalish tomonlar о’rtasida memorandum imzolangan vaqtdan boshlab Yevropa Ittifoqining TASIS ilmiy-texnik kо’maklashu dasturini amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bо’lib, islohotlarni qо’llab-quvvatlashga qaratilgan.
YEI bilan hamkorlik mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor yо’nalishi ekanidan kelib chiqqan holda О’zbekiston rahbariyati 1994-yilning mart oyida u bilan Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitimni imzolash tashabbusi bilan chiqdi. Tomonlarning о’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga bо’lgan ikki taraflama intilishlaridan kelib chiqqan holda tayyorgarlik kо’rish jarayoni bо’ldi (Uzbekistan- Yevropeyskiy Soyuz: vajniy shag na puti k yevropeyskoy integratsii. - T.: Informatsionnoye agentstvo «Jaxon». – 1996. - S. 5.).
Tomonlarning keng hamkorlik qilish bо’yicha eng asosiy hujjatni imzolashga tayyorgarliklari yakuni 1996 -yilning 21 iyunida Florensiyada (Italiya), ―Forteza da Basso» qal’asida YEI a’zo-mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvida О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitimni imzolash marosimi bо’ldi. Hujjat О’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov va о’sha paytda YEI Kengashining amaldagi raisi bо’lib turgan Italiya Vazirlar kengashi raisi Romano Prodi va YEI 15 a’zo-davlatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolandi.
1999-yilning 1-iyuli ham О’zbekiston va YEI о’zaro munosabatlari tarixiga alohida sana bо’lib kiradi. Bu kunda О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitim, YEI 15 a’zo mamlakati milliy parlamentlari va Yevropa parlamenti tomonidan murakkab ratifikatsiya taomilini о’tib, tо’la kuchga kirdi. Bu О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasida Sheriklik va hamkorlik munosabatlarining qonuniy asosda rasmiylashtirilganini anglatadi. О’zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu bitimga yuqori baho berib, ta’kidlagan ediki: “Biz iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar, shuningdek doimiy siyosiy muloqotga keng imkoniyatlar ochadigan Yevropa Ittifoqi bilan Sheriklik va hamkorlik bitimining amalga oshirilishiga juda katta e’tibor beramiz”.
О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi kuchga kirgan sherklik va hamkorlik bitimi о’zining asosiy maqsadi sifatida О’zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini qо’llab-quvvatlashni; О’Rning demokratiyani mustahkamlash, iqtisodiyot va bozor iqtisodiyotiga о’tishdagi yutuqlarini rivojlantirish bо’yicha harakatlarini qо’llash; tomonlar о’rtasidagi siyosiy muloqotlar uchun tegishli ramkalarni ta’minlash; tomonlar о’rtasidagi savdo, investitsiyalar va uyg’un iqtisodiy munosabatlarga kо’maklashish va bu bilan mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyotini qо’llash; qonunchilik, iqtisodiyot, ijtimoiy, moliyaviy, fuqarolik, ilmiy, texnologik va madaniy sohalardagi hamkorlikning asoslarini yaratish; О’zbekistonda qonun ustuvorligiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurishga kо’maklashishni biladi.
О’zbekiston Respublikasi xukumati, mazkur hujjatning respublika uchun muhimligini hisobga olgan holda, 1999 -yilning 3 sentabrida ―О’zbekiston Respublikasi Hukumatining О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitimni amalga oshirish bо’yicha kompleks dasturi tо’g’risida» qarorini qabul qildi. Ushbu hujjatga binoan Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitimni amalga oshirish bо’yicha asosiy yо’nalishlar, mas’ul idoralar va tegishli vazifalarni bajarishning aniq muddatlari belgilandi.
О’z navbatida Yevropa Ittifoqi tomonidan, Bitimga muvofiq, Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitim moddalarining ijrosi yuzasidan kuzatuv idorasi sifatida Hamkorlik kengashi tuzildi. U О’zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari, YEI Kengashi a’zolari va YEI Komisssiyasi a’zolaridan iborat bо’ldi. Hamkorlik kengashi о’z majlislarida hamkorlikning siyosiy, savdo- iqtisodiy va gumanitar sohalardagi asosiy yо’nalishlarini belgilaydi, xalqaro maydondagi vaziyat va ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar tо’g’risida fikr almashadilar. Hamkorlik kengashiga о’z vazifalarini bajarishda kо’maklashish uchun О’zbekiston Respublikasi hukumati vakillaridan, YEI Kengashi va YEIK a’zolarining katta mansabdor shaxs darajasidagi vakillaridan iborat Hamkorlik qо’mitasi tashkil etilgan.
Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitim qoidasiga binoan, shuningdek Parlament hamkorligi qо’mitasi ham ta’sis etilgan bо’lib, u О’zbekiston Respublikasi Parlamenti va Yevropa parlamenti a’zolarining uchrashuv va fikr almashishlari uchun forum hisoblanadi. Ular uchrashuv davomida О’zbekiston va Yevropa parlamentlari о’rtasidagi hamkorlikning ahvoli va istiqbolini qonunchilik, qonunchilikning moslashuvi, parlamentarizm tajribasi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish kabi yо’nalishlar bо’yicha muhokama qiladilar.
Undan tashqari, Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitim qoidalari asosida turli masalalarni muhokama qilish uchun eksport darajasida iqtisodiy hamkorlik qilish bо’yicha ―О’zbekiston-YEI» savdo va investitsiyalar bо’yicha quyi qо’mitasi ham tuzilgan.
Shunday qilib, Sheriklik va hamkorlik tо’g’risidagi bitimning tо’liq kuchga kirishi asosida О’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi о’rtasida idoraviy tuzilma shaklantirilib, u о’ziga hamkorlik bо’yicha qabul qilingan majburiyatlarning amalga oshirilishiga rioya qilish bо’yicha mas’uliyatni olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |