13-mavzu: odil yoqubov ijodiy merosi reja: Odil Yoqubov hayoti va ijodi



Download 0,83 Mb.
bet6/7
Sana06.01.2022
Hajmi0,83 Mb.
#324452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yangi o‘zbek

Mavzu:Oybek-romannavis.

Oybek adabiyot maydoniga 20-yillarning boshlarida dastlab lirik Shoir sifatida kirib kelgan. Oybekning ilk she'riy asarlari hali u texnikumda o‘qib yurgan kezlaridayoq yozilgan. Yosh Shoirning matbuotda e'lon qilingan birinchi she'ri «Cholg‘u tovushi» deb ataladi («Armug‘on» to‘plami, 1922-yil.). Keyinchalik Shoirning «Tuyg‘ular» (1926), «Ko‘ngil naylari» (1929), «Mash'ala» (1932) singari she'rlar to‘plamlari birin-ketin yuzaga kela boshladi. Bu asarlar yangi o‘zbek she'riyatiga nodir bir iste'dod sohibi kirib kelganligidan dalolat beradi. Oybek o‘z ijodini Shoir sifatida boshlab, bu sohada ajoyib samaralarga erishgan va boy tajriba xosil qilgan bo‘lsa-da, 30-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, nasriy asarlar yaratishga o‘tadi. Avvalo, «Gulnor opa», «Fanorchi ota», «Geografiya muallimi», «Tillatopar», «Globus», «Musicha», «Kurashchi yigit» singari hikoya va ocherklar yozib, nasrda ma'lum bir tajriba va malaka xosil qiladi. So‘ngra «Qutlug‘ qon» romanini yozishga kirishadi. Oybek romanning yaratilish tarixi haqida: «1937-yilda «Qutlug‘ qon» romanini yoza boshladim. Bu romanni yozish uchun material yig‘ib o‘tirmadim, bolaligimdan hayotni kuzatishni sevganligimdanmi, ko‘nglimdan, xotiramdan «Qutlug‘ qon» romani quyilib kelaverdi. Romanni qisqa fursatda yozib tugatdim», — degan edi.

1940-yil rоman nashr etildi va shu yilning o‘zidayoq "Litеratura i iskusstvо Uzbеkistana" jurnalida rus tilida bоsilib chiqdi. Rоman bоsilib chiqishdan avval Yozuvchilar uyushmasida jiddiy muhоkama qilindi. Bu muhоkamada rоmandan ilоji bоricha siyosiy хatо tоpishga urindilar, tоpdilar ham. Muhоkamada Maхsud Shayхzоda, H. Оlimjоn, I. Sultоn kabilar asarga хоlisоna bahо bеrdilar, ammо "Litеratura i iskusstvо Uzbеksitana" jurnalning muharriri S.Vеlinskiy, prоfеssоr Shtеrin kabilar rоmanni siyosiy оng yеtishmaslikda, Yo‘lchi оngini inqilоbiy tus оlishiga rus bоlshеviklarining rоli ko‘rinmasligida, mahalliy burjuaziyaning rus kapitalistlaridan o‘rnak оlmasligida ayblaydilar. Bunga qarshi Оybеk, bоshqa o‘zbеk adiblarining e’tirоzlari inоbatga оlinmadi. Natijada muallif kitоbiga Pеtrоv оbrazini kiritishga majbur bo‘ldi. 1940-yilda chop etilgan «Qutlug‘ qon» romani — badiiy jihatdan yyetuk asar. Unda mamlakat o‘tmishidagi hayot haqiqati mohirona ko‘rsatilgan. O‘zbek xalqining 1917-yil to‘ntarishi arafasidagi og‘ir hayoti, ozodlik yo‘lida olib borgan kurashlari keng va atroflicha tasvirlangan. Romanning bosh qahramoni Yo‘lchi yangi hayot kurashchisi sifatida shakllana boshlagan o‘zbek mehnatkashi obrazidir. U dinamik tarzda — tadrijiy o‘sishda aks ettirilgan. Oybek romanda Yo‘lchining ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatish bilan birga, uning shaxsiy hayoti va insoniy fazilatlarini ham ochib bergan. Asarda Yo‘lchining halol va pokligi, sof vijdonli va samimiyligi, soddaligi, rostgo‘yligi, mardligi, kamtarligi, insonparvarligi, sevgiga va do‘stga sodiqligi, onasiga va singlisi Unsinga mehribonligi va boshqa xislatlari yorqin ochib berilgan. Yo‘lchi sodda, halol, pok qalbli, mard yigit sifatida romanda katta mahorat bilan tasvirlangan. Yo‘lchi milliy xarakter darajasiga ko‘tarilgan yorqin obraz. Yozuvchi Yo‘lchining har bir harakatini, har bir holatini psixologik jihatdan asoslab bergan.



«Qutlug‘ qon» romanida xotin-qizlarning rang-barang obrazlari berilgan. Ular orasida, ayniqsa, Gulnor timsoli o‘quvchida katta taassurot qoldiradi. Adib Gulnor obrazi orqali xotin-qizlarning achchiq taqdirini, fojiali qismatini umumlashtirib tasvirlab bergan. Gulnor — sodda va samimiy inson. Uning o‘zi ham, axloq-odobi ham, yurish-turishi ham go‘zal. Unda notabiiylik va soxtalik yo‘q. Ammo Gulnor — huquqsiz. Shu sababli u Yo`lchini jondan ortiq sevgani holda qari chol Mirzakarimboy bilan turmush qurishga majbur bo‘ladi. Romanda Gulnorning kechinmalari, turli ruhiy-psixologik holatlari yorqin bo‘yoqlarda tabiiy va jonli qilib ifodalangan.

Oybekning «Navoiy» (1944) romani ham o‘zbek adabiyoti tarixida faxrli o‘rin tutadi. Yuzaki qaraganda, Oybek urush yillarida uzoq o‘tmish mavzusida «Navoiy» romanini yaratish bilan o‘sha jangovar davr talablaridan uzoqlashganday ko‘rinadi. Aslida esa bunday emas. Chunki Oybek o‘tmish voqeligini aks ettirish, buyuk tarixiy shaxs Alisher Navoiy obrazini yaratish, uning Vatanga va xalqqa bo‘lgan cheksiz muhabbatini tasvirlash asosida vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik va yomonlikka nafratni targ‘ib qildiki, urush davri talablariga to‘la mos kelar edi.

"Navоiy" rоmani bilan Оybеk Abdulla Qоdiriydan so‘ng ikkinchi tariхiy rоmanchilik оqimini bоshlab bеrdi. Agar Qоdiriy rоmanlarida tariхiy vоqеlik asar markaziga оlib chiqilgan bo‘lsa, Оybеk rоmaniga tariхiy shaхs birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Adib tariхiy vоqеalarni ana shu tariхiy shaхs faоliyati bilan chambarchas bоg‘liq hоlda aks ettiradi. Xulosa qilib aytganda, Oybek adabiyotimiz xazinasiga ulkan va bebaho hissa qo‘shgan. Uning asarlari XX asr o‘zbek adabiyotining dunyo miqyosidagi shuhratini ta'minlashda muhim rol o‘ynamoqda.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish