13-mavzu: Nutq va tafakkur haqida tushuncha Reja


Tafakkur haqida umumiy tushuncha



Download 89,75 Kb.
bet2/6
Sana16.01.2022
Hajmi89,75 Kb.
#373405
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-mavzu

Tafakkur haqida umumiy tushuncha.

Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. Yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifii berish mumkin:

Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiysababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiysababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakkab bilish jarayoni ekanligini yana bir karra tasdiqiab turibdi.

Tafakkur amaliy faoliyat asosida xissiy bilishlardan paydo bo‘ladi va xissiy bilish chegarasidan ancha tashkariga chikib ketadi. Bizning dunyoni, uning sir – asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur – inson ongining bilish ob’ektlari hisoblanmish narsa va hodisalar urtasida murakkab, xar tomonlama aloqalarning u bilishini ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir.

Aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining nakadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo‘lsa ham shuni ta’kidlash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari – bu bilish jarayonlari;


  • Ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;

  • Uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o‘rganiladi;

  • To’rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yukori darajadagi shaklidir.

Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo‘lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo’q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Kallamizga kelgan barcha uy – hayollar – bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, xar on, xar daqiqada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo‘ladi. Ularni tartibga solish, keragiga dikkatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish – fikrlash jarayonidir.

Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog‘lanadi hamda shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Hissiy bilish yetarli bo‘lmay qolgan yoki hatto ojizlik qilib qolgan joyda tafakkur boshlanadi. Fikrlar muvakkat nerv bog‘lanishlari differensirovka qilinishi, ya’ni ayrim nerv bog‘lanishlarini mustahkamlanishi boshqalarining tarmoqlanishi natijasida mukammallashadi va aniqlanib boradi. Miya po’stining bunday faoliyati analitik faoliyat deyiladi. Shunday qilib, miya pustining murakkab analitik sintetik faoliyati tafakkurning fiziologik asosi hisoblanadi, miya pustining bu faoliyati esa ikkala signal sistemasining baravar ishlashi bilan bog‘liqdir.

Akademik I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’lmotiga binoan tafakkurning nerv – fiziologik asosida birinchi va ikkinchi hamda signallar sistemasining o‘zaro bog‘liqlikdagi munosabati hamda ikkinchi signallar doirasida yuzaga keladigan assotsiatsiyalar muvvaqqat aloqalar yotadi. Bundan tashkari, tafakkurning nerv-fiziologik asosi bosh miya po’stining butun faoliyati bilan bog‘liqdir. Chunki tafakkur jarayoni tashqi olamdagi narsa va hodisalarni to’la va chuqur aks ettirishdan iboratdir. Odamning tafakkur faoliyati uchun faqat hissiy bilish bilan o‘zaro aloqada bo’lishigina muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki til bilan nutq bilan o‘zaro aloqada bulish ham muhim ahamiyatga yegadir. Inson tafakkuri til va nutq bilan chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur zaruriy tarzda so’zning moddiy qobig’ida mavjuddir. Tafakkur faoliyati insoniyatning tarixiy taraqiyoti davomida bilimlarni o’zlashtirish uchun ham masalan, bolalar tomonidan o’zlashtirilishi va mutlaqo yangi bilimlar ochish, egallash dastaval olimlar tomomnidan kashf etilishi uchun ham zaruriy asos bo‘lib qoladi.


Download 89,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish