13-Mavzu. NARX SIYOSATI
REJA:
13.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati.
13.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari.
13.3. Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o’zgaruvchanligi.
Tayanch iboralar
Narx, raqobat, harajat, kaymogini olish, kirib borish, talab, narx siyosatining
shakllanishi, narx turlari.
13.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda
yuz beradigan
munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar kiymatining puldagi
ifodasi, kiymatining bozordagi ko’rinishidir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi, narx pasayib ketsa,
tovar bozori kasodlikka yo’likkan bo’ladi, tovar nafsiz bo’lib, uni boshqa tovar bilan
almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga kuyiladi.
Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko’rsatib beradi. Narx nimaga
tegishli bo’lishidan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
1.
bozor muvozanatini ta’minlash
funksiyasi
2.
hisob-kitob, ulchov funksiyasi
3.
iqtisodiy regulyator funksiyasi
4.
raqobat vositasi funksiyasi
5.
ijtimoiy ximoya funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
1.
demping narx
2.
nufuzli narx
3.
milliy narx
4.
arzonlashtirilgan narx
5.
jaxon narxi
6.
yashirin narx
7.
erkin narx
8.
standart narx
9.
kontrakt (ulgurji) narx
10.
chakana narx
11.
o’zgaruvchan narx
12.
limit narx
13.
muvozanat narx
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o’zgarib
turish
qobiliyatidir. Narxlar xech kachon sababsiz o’zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori
sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo’lgan tovarlarga o’rnatiladi. Narx
darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi urni bog’liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko’paytirish, qisqa vaqt ichida eng
ko’p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saklab kolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo’yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir
kiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga,
tovarning yashash davriga, talab va
taklifning potensial mikdoriga bog’liq bo’ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy
tovar ishlab chiqarishning
barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning,
taqsimlashning, almashuv va iste’molchining o’ziga
xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda yuritiladi.
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko’rib utamiz: avvalo narxlar ishlab
chiqarish va iste’moldagi o’zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan
ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni
rag’batlantirishdir.
Narxlar
mexanizmi
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
mikdorini
ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli
usullarini ishlashni
ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu
daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati
ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish
iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan
tovarlar va xizmatlarning
narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning To’rtinchi vazifasi aloxida korxonalarga va xo’jalik sohalariga
ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.