13-Mavzu: muammoli ta’lim texnologiyasi reja: Muammoli o‘qitishning rivojlanish va shakllanish tarixi


O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar



Download 22,58 Kb.
bet2/4
Sana24.11.2022
Hajmi22,58 Kb.
#871799
1   2   3   4
Bog'liq
13-Mavzu

O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
yangi bilimlarni shakllanpshrishga olib keladigan noma’lumning bo‘lishi;
talabalarda noma’lumni topish yo‘lida talantni amalga oshirshi uchun zarur bo‘lgan muayyan bilim zahirasining bo‘lishi.
O‘quv muammosini echish jarayoinda talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning echilish usulini o‘ylab topish yoki gipoteza qilish hamda uni asoslashdir.
O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uni hal qilinishida bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari, malum va nomalumiing o‘zaro munosabati xarakteri bilimga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo‘lgan izlanishga undaydi.
Ta’kidlash joizki, muammoli o‘qitishning zaruriy sharti talabalarda uning natijasini izlash jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabitni vujudga keltirish hisoblanadi.
Talabalarning muammoli o‘qitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati muammoli vaziyat paydo qilinganda talabalar mashg‘ulotda muammoni ifodalab berishdan iborat bo‘ladi, yani bilishdagi qiyinchiliklarning paydo bo‘lishi mohiyatini (ya’ni ushbu damda unga nima ma’lum bo‘lsa) so‘z bilan ifodalab beradi, so‘ngra muammoning echilish usullarini qidiradi va bunda turli taxminlarni olg‘a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan taxminlardan birini faraz sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish muammo yoki vazifa bajarilgandan so‘ng tugallanadi.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat - o‘quv muammosi - o‘quv muammosini echish uchun izlanish - muammoning echilshii.
Muammoli o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o‘qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo‘lishi talab qilinadi. O‘qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (echimini) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo‘ladi.
Muammoli o‘qitish bilimlarni ongli va mustahkam o‘zlashtirish, atrof-muhitga o‘zining faol munosabatini belgilab olishda talabalar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega.
Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo‘lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.
Shunday qilib, muammoli o‘qitishning vazifasi talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o‘zlashtirishga xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini hosil qilish, bilish, mustahkamlashga o‘quv va tarbiya muammolarini hal qilishidir.
O‘quv jarayonining amaliy tahliliy muammosi o‘qitishning o‘ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o‘qitishning mohiyati ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgai axborotlarni o‘qituvchining maxsus tashkil qilishidan iboratdir.
Mashg‘ulotlarda ijodiy suhbatni qo‘llash maqsadga muvofiq topiladi. Talabalar bunday suhbat jarayonida o‘zlarida avvaldan mavjud bo‘lgan bilimlari, ijodiy faoliyati tajribasiga asoslangan holda o‘qituvchi rahbarligida muammoni izlaydi va mustaqil ravishda uning echimini topadlar. Talabalar o‘z tashabbuslari bilan savollarga javob beradilar yoki o‘z chiqishlarida turli mulohazalarni bildiradilar, muammoning echilishidagi o‘z variantlarini ilgari suradilar, hodisalar o‘rtasidagi rang-barang, aloqalar borasida bahslashadilar, boshqalarning fikriga tanqidiy munosabat bildiradilar. Bu jarayonda o‘qituvchining talabalarga yordam berish darajasi ularning mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Download 22,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish