13-mavzu. Moliya nazariyalari reja: Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari



Download 27,03 Kb.
bet6/8
Sana02.04.2022
Hajmi27,03 Kb.
#525362
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA NAZARIYALARI

Postkeynschilar nazariyalari. Yangi mumtoz maktab vakillari nazariyalarining ma’lum darajada rivojlangan bo’lishiga qaramasdan keynschilar ta’limoti yangi sharoitlarga muvofiq rivojlanishda davom etmoqda. 1970-yillarda postkeynschilar yo’nalishi shakllandiki, uning yirik namoyandalari qatoriga AQShda X.Minskiy, R.Klauer, Buyuk Britaniyada – N.Kaldor, G.Shekl va boshqalarni kiritish mumkin. Bu yo’nalish ham yangi keynschilarning va ham yangi maktab vakillarining asosiy qoidalarini tanqid ostiga oldi. Postkeynschilar nazariyasining asosini hamon moliya mexanizmi yordamida davlat aralashuvini kengaytirish g’oyasi yotmoqda. Moliyaviy siyosat asosiy siyosatga aylanmog’i va u monopoliyalar faoliyatini cheklashga hamda harbiy xarajatlarni qisqartirishga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. “Daromadlar siyosati”da ular sotsial islohotlarni amalga oshirish va sotsial muammolarni hal etish tarafdorlari sifatida maydonga chiqmoqdalar. Ularning fikricha, eng yaxshi soliqqa tortish metodi bu xarajatlarni soliqqa tortishdir. Ingliz tadqiqotchisi N.Kaldor daromad solig’ini iste’mol solig’i bilan almashtirish g’oyasini rivojlantiradi. U iste’mol solig’ini shaxsiy xarajatlarni qondirishga sarflanadigan daromadlarning bir qismini soliqqa tortish sifatida talqin qiladi. Uning nazarida, bu chora jamg’arishni rag’batlantirishi va inflyatsiyaning darajasini pasaytirishi mumkin.
N.Kaldorning fikri G’arb olimlari tomonidan keng qo’llab-quvvatlanildi. Ular ham soliq tizimini xarajatlardan olinadigan yagona soliqqacha soddalashtirish tarafdori bo’lib, fuqarolarning faqat iste’mol xarajatlari soliqqa tortilishi kerak.
XX yuz yillikning oxiri va XX1 yuz yillikning boshlarida iqtisod ilmi, yaxlit holda bozor tizimini, biznes qonunlarini, iqtisodiyotning har qanday sohasidagi amaliy faoliyatni afzal ko’rmoqda. Bir vaqtning o’zida esa, amerikalik mashhur olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular o’zlarining “Ekonomiks. Printsiplar, muammolar, siyosat” asarida yozganlaridek, moddiy ehtiyojlar cheklanmagan, resurslar esa (kapital, er, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar) aksincha, cheklangandir. Shuning uchun ham iqtisodiyot taraqqiyotining turli davrlarida uning darajasi turlicha bo’lishiga qaramasdan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish doimiy ravishda talab qilinadi. Yuqoridagi har ikkala muallif taklifga yo’naltirilgan fiskal siyosatni qo’llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni o’zgartirish orqali esa taklifga ham ta’sir ko’rsatadi. Byudjetdan transfert to’lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta’minlashi mumkin.
Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy moliya fanida, turli maktablar o’rtasida doimiy ravishda munozaralar va farqlanuvchi fikrlar bo’lishiga qaramasdan, konvergentsiya jarayoni kuzatilmoqda. Masalan, keynschilar nazariyasida qarashlar yangi mumtoz maktab vakillarining qarashlariga va yangi mumtoz nazariyalar esa keynschilar nazariyalaridagi qarashlarga kirib bormoqda. Bu, eng avvalo, barcha nazariyalarda mavjud bo’lgan moliya-kredit-pul mexanizmiga tegishlidir. Barcha nazariyalar mamlakatning xo’jalik hayotiga ta’sir ko’rsatish uchun bu instrumentlarni tadqiq etish zarur ekanligini bir ovozdan tan oladilar, so’zsiz e’tirof etadilar. Holbuki, bunday ta’sir choralari, ulardan foydalanish instrumentlari va vaqtlari bir-biriga mos tushmasligi mumkin.
Xorijiy mualliflar moliyaviy kontseptsiyalarining tahlili quyidagi yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi:

  • moliya sohasidagi qarashlar tizimi umumiqtisodiy nazariyaning ma’lum bir qismi hisoblanadi, ular moliya fanini boyitadi va rivojlantiradi;

  • moliyaviy kontseptsiyalarning vujudga kelishi mamlakat makro- va mikroiqtisodiyotining talablariga javob reaktsiyasidir yoki ma’lum hukmron

sotsial guruhlar buyurtmasining bajarilishidir (ijro etilishidir);

  • xorijiy olimlarning progressiv moliyaviy g’oyalari iqtisodiy o’sishning etarli yuqori darajasini ta’minlab, insonning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda jamiyatga yordam beradi.


Download 27,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish