13-mavzu. Moliya nazariyalari reja: Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari


Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari



Download 27,03 Kb.
bet7/8
Sana02.04.2022
Hajmi27,03 Kb.
#525362
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MOLIYA NAZARIYALARI

2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari
Rossiyada moliya fani mustaqil voqelik sifatida X1X asrning boshlarida shakllana boshladi. Shu davrda moliya sohasiga oid birinchi yirik ishlar paydo bo’ldi. Rus moliya fanining boshlanishiga N.I.Tergenevning “Soliqlar nazariyalari tajribasi” asari (bu asar 1818 yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda Rossiyada ilk marta soliqlarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning davlat xo’jaligi va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun ahamiyati o’rganildi.
Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida moliya masalalari. Rossiya moliya fanining gullab-yashnashi X1X asrning oxiri va XX asrning boshlariga to’g’ri kelib, bu davrda rossiyalik iqtisodchilar va yuristlardan I.Yanjul, I.Ozerov, I.Kulisher, L.Xodskiy, V.Lebedev, S.Ilovayskiy va boshqalarning eng mashhur asarlari e’lon qilindi.
Rossiyalik iqtisodchi-olimlar moliya fanining ham nazariy va ham amaliy masalalarini ishlab chiqishdi. Nazariyada ular pragmatik yondoshuvning vakillari hisoblanib, “jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining tarafdorlari edilar. Bu narsa I.Ozerovning “Moliya fani asoslari” deb nomlangan darsligida yaqqol namoyon bo’lgan edi.
Davlat moliyasini tadqiq qilish shu davrdagi olimlarning ishlarida asosiy o’rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda e’lon qilingan ishlarda xususiy xo’jalik moliyasi to’g’risida masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. Bir vaqtning o’zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish shakllari va tartiblari, shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan amalga oshirilgan nazorat, byudjet defitsitini qoplash manbalari, davlat kreditining rivojlanishi kabilar etarli darajada to’liq tadqiq qilingan.
Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar moliyachilar tomonidan o’rganilgan masalalarning boshqa bir yo’nalishi byudjet va mahalliy byudjetlar bilan bog’langan. Ularda markaziy byudjet vamahalliy byudjetlarning tuzilish
masalalari va byudjet jarayoniga tegishli bo’lgan boshqa masalalar ko’rib chiqilgan.
Moliya nazariyasi masalalari bo’yicha munozaralarning mohiyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida moliyaning o’rnini aniqlashga borib taqaladi. K.Marksning siyosiy iqtisod yagona nazariyasiga tayangan holda turli kontseptsiyalarning mualliflari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh mualliflarining fikricha, moliyaning o’rni - bu faqat noekvivalent xarakterga ega bo’lgan pul mablag’larini taqsimlash tizimidir. Ana shundan kelib chiqqan holda, moliya faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, almashuv va iste’mol munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu guruhga kiruvchi iqtisodchi-olimlarning yorqin namoyondalari V.D’yachenko, G.Tochilnikov va M.Shermenyov edilar.
E.Voznesenskiy, A.Aleksandrov, A.Birman va boshqalardan iborat bo’lgan iqtisodchi-olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan boshqacha qarashga ega bo’lgan. Bu guruhga kiruvchi olimlarning fikricha, moliyaviy munosabatlarning mohiyatini takror ishlab chiqarishning barcha to’rt bosqichi yoki uning bir necha bosqichi belgilab beradi. Bunday yondoshuv moliyaning kengaytirilgan kontseptsiyasidan darak beradi.
Moliya nazariy kontseptsiyasi asosidagi ana shunday farqlardan kelib chiqqan holda iqtisodchi-olimlarning moliyaviy munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari, moliyaning funksiyalari, moliyaning chegaralari, moliya tizimining tarkibi va boshqa shunga o’xshash bir necha xususiy masalalarga nisbatan qarashlari ham turlicha bo’lgan.
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning o’zida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida printsipial jihatdan yangi ko’rinishga ega bo’lgan amaliy moliyaviy tadqiqotlar ham paydo bo’ldi. Agar 1930- va 1950yillarning boshlarigacha amaliyotda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish masalalariga bag’ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni yozma bayon etish yoki maqtash xarakteriga ega bo’lsa, 1960-yillarda boshlangan xo’jalik islohotidan keyin tanqidiy xarakterga ega bo’lgan va alohida moliyaviy instrumentlarni takomillashtirish bo’yicha ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. Bunga misol qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini ko’rsatish mumkin. Uning kitoblarida ilk marta korxonalar moliyasining masalalari etarli darajada yuqori bo’lgan tartibda qo’yilgan edi. Shuningdek, uning asarlarida birinchi marta xo’jalik hisobi sharoitida moliyaviy kategoriyalardan foydalanish masalalari ishlab chiqildiki, ular muallif talqinida sotsializm sharoitida bozor xo’jaligining elementlariga ega edi.
Shu davrda moliyaviy resurslar va korxonalar moliyasini boshqarishning mazmuni birinchi marta o’rganishga kirishildi. A.Birmanning ishlari 1960-1980yillardagi iqtisodchi- olimlarning (P.Bunich, G.Bazarova, V.Senchagov, S.Sitaryan,
M.Romanovskiy, V.Kolesnikov, P.Jevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida korxonalar moliyasini tadqiq etishda, o’ziga xos, turtki bo’ldi.
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki yo’nalish asosida amalga oshirildi: 1) byudjet daromadlari va xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy byudjetlarni tashkil etish. Biroq, shu davrlarda byudjet masalalarini kompleks tadqiq etishni moliya fanida hukmronlik qilgan ma’lumotlarning etarli emasligi va g’oyaviy qotib qolishlarning mavjudligi ancha murakkablashtirgan edi. Bu davrdagi davlat byudjetiga bag’ishlangan yirik izlanishlar qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, Ya.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini ko’rsatish mumkin.
Sug’urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi sug’urta masalalarini o’rganishga o’zining keskin salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu sohadagi nazariy tadqiqotlar K.Marksning sug’urta fondlarining zarurligi, mazmuni va roli to’g’risidagi tasavvurlarini interpretatsiya qilishga bag’ishlangan bo’lib, etarli darajada ilmiy yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug’urtasining nazariyasi va amaliyotini umumlashtirgan L.Motilev, L.Reytman va E.Kolomin,
X.Shennaevlarning ishlari, birmuncha, diqqatga sazovordir.
Shu davrlarda xorijiy mamlakatlarning moliyaviy munosabatlarini tahlil va tanqid qilish masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir tomondan, kapitalizm moliyasining rivojlanishiga bag’ishlangan ishlarni (B.Boldirev, L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okuneva va boshqalarning asarlarini) alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’lsa, ikkinchi tomondan, sotsialistik mamlakatlarda moliyaviy instrumentlarning rivojlanish tendentsiyalari va o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ishlar (D.Butakov, Yu.Kashin va boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bo’lganligini e’tirof etish zarur.
Moliya fanining hozirgi holatiga (ahvoliga) tavsifnoma bera turib, qayd etish kerakki, bu sohaga bag’ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar hozirgi sharoitda mavjud emas. Ayrim mualliflarning ishlari metodologik va metodik xarakterga emas, balki mavjud narsani oddiy tarzda bayon etish xarakteriga ega. Boshqa bir mualliflar mavjud bo’lgan qarashlar va instrumentlarni hozir sharoitga moslashtirish bilan band. Uchinchi guruhga kiruvchi mualliflar esa xorijlik mualliflar ishlarini kompilyativ tarzda bayon qilish bilan ovora. Bularning barchasi quyidagi bir necha holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi:

  • marksistik siyosiy iqtisodni tadqiq etishning yagona nazariy asosi g’oyib bo’ldi. Eski yo’nalishlar bo’yicha munozaralarni o’tkazish o’z dolzarbligini yo’qotdi;

  • bozor iqtisodiyoti voqeliklarini o’rganishning zamonaviy metodologiyasini qo’llashda ko’plab iqtisodchilarning tayyor emasligi va barqaror moliyaviy ma’lumotlarning yo’qligi natijasida moliyaning amaliy masalalarini tadqiq etish murakkablashgan;

  • moliya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun barqaror qonunchilik asos mavjud emas.


Download 27,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish