Aholi daromadining iste’molga ketadigan ulushi iste’molga o’rtacha moyillik deyiladi (Io’M).
Aholi daromadining jamg’armaga ketadigan ulushi esa jamg’armaga o’rtacha moyillik (Jo’M) deyiladi.
Jadvalda keltirilgan har bir daromad darajasi bo’yicha Io’M va Jo’Mni hisoblab ko’ramizki daromad ko’payib borishi bilan Io’M tushadi, Jo’M esa o’sadi. Haqiqatda soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad yoxud iste’mol qilinadi va yoxud jamg’armaga ketadi. Shu sababli daromadning iste’mol qilinadigan va jamg’armaga ketadigan qismlari daromad har qanday darajasining butun miqdorini qamrab oladi. qisqasi Io’M+Jo’M=1,0 yoki 100% bo’ladi.
Daromad o’simining iste’mol qilinadigan qismi yoki hissasi iste’molga qo’shilgan moyillik deyiladi (IQM), yoki
Daromad har qanday o’sishning jamg’armaga ketadigan hissasi, jamg’armaga qo’shilgan moyillik deyiladi (JqM), ya’ni JqM = jamg’armadagi o’zgarish/daromaddagi o’zgarish.
Masalan, agar 1500 mlrd. so’m ni tashkil qiluvchi soliqlar to’langandan keyingi daromad 300 mlrd. so’mga ko’payib 1800 mlrd. so’mga etsa (7-qator) daromadning shu o’sgan qismining 2/3 qismi iste’mol qilinadi va 1/3 qismi jamg’armaga ketadi. Boshqacha aytganda, IqM - 0,666 ni, JqM esa 0,333 ni tashkil qiladi. Daromaddagi har qanday o’zgarish uchun IqM va JqM yig’indisi har doim I ga teng bo’lishi zarur yoki IqM + JqM = I. Bizning misolda 0,666+0,333= I,0
16-mavzu. Jamg`arma va uning hajmiga ta`sir etuvchi omillar
Jamg’arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg’arishning amalda namoyon bo’lish shakli bo’lganligi sababli dastlab tahlilni jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg’arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg’arish bir-biridan farqlanadi. Jamg’arilgan mablag’larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish iqtisodiy o’sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy- joy fondini, kasalxonalar, o’quv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg’arish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg’arish normasi bevosita jamg’arish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JN = (JF/MD) x 100,
Bunda, JN-jamg’arish normasi, JF-jamg’arish fondi, MD-milliy daromad.
17-mavzu. İqtisodiy o`sishning mohiyati, asosiy tavsifnomasi
Do'stlaringiz bilan baham: |