35-modda. Korxonaning mas’uliyati
1. SHartnoma majburiyatlarini, kredit hisob-kitob va soliq intizomini, mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarni, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarini buzganlik uchun korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilganidek to‘la mulkiy javobgar bo‘ladi.
2. Korxona er va boshqa tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish talablariga amal qilmaslik, uni ifloslantirish va boshqa zararli ta’sirlar oqibatida ishlab chiqarish xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiena normalarini hamda korxona xodimlarini, aholining va mahsulot iste’mol qiluvchilarning salomatligini himoya qilish talablarini buzganlik oqibatida etkazilgan zararni qoplashi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan miqdorda jarima to‘lashi shart.
Tabiatdan foydalanish rejimini buzayotgan korxona faoliyati yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tugatilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |