Tarkibiy ko‘rinishdagi kambag‘allik – ushbu yondashuvga asosan kambag‘allikka institutsional va tarkibiy kamsitish sabab qilib ko‘rsatiladi. Jumladan, kambag‘allar yashaydigan hududda joylashgan maktablar boy hududlarda joylashgan maktablarga nisbatan o‘z ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun oz miqdorda resurslar olishadi.
Kambag‘allikning mutlaq konsepsiyasi – ushbu konsepsiya kambag‘allik chegarasi tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Kambag‘allik chegarasi mavjud daromad, yalpi daromad yoki iste’molning shunday darajasiki, ushbu darajadan past bo‘lganda odam kambag‘al hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |