13-Mavzu. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar hisobi Reja


Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar va ularni to‘lashni aks ettirish



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana10.03.2023
Hajmi0,87 Mb.
#917952
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-Mavzu. Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar hisobi Reja

Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar va ularni to‘lashni aks ettirish 


Qarz summasiga (haqiqatda sarflangan va hisobdorlik ostida olingdn summalar 
o‘rtasida farqqa) 6970-“Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarzlar” schyoti xarajatlarni hisobga 
oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyada kreditlanadi. 
13.2-jadval 
Muomalalarning buxgalteriyada aks ettirilishi 
Masala. Korxona rahbari xodimni Buxoro viloyatiga xizmat safariga jo‘natdi. 
Xodimga xizmat safari xarajatlariga 860 ming so‘m summada pul mablag‘lari berildi. 
Taqdim etilgan bo‘nak hisoboti va tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq xizmat safari 
xarajatlari me’yor chegarasida amalga oshirilgan va 840 ming so‘mni tashkil qilgan, shu 
jumladan transport (borish-kelish poyezd chiptasi) 140000 so‘m, mehmonxonaga toiov — 
550000 so‘m, sutkalik xarajatlar — 150000 so‘m. 
Korxonalar rahbarlari barcha turdagi safar xarajatlari bo‘yicha belgilangan 
me’yorlarga qo‘shimcha toiovlar miqdorini mustaqil ravishda tasdiqlash huquqiga ega. 
2.Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi 
Korxona xodimlari bilan ish haqi va deponentlar bo‘yicha hisob-kitoblardan tashqari 
boshqa hisob-kitob turlarini ham olib borishlari mumkin. Kredit hisobiga sotib olingan 
tovarlar bo‘yicha hisob-kitoblar, iiy-joy qurish uchun olingan ssudalar, moddiy 
boyliklarning kamomadi bo‘yicha zararlarni qoplash uchun berilgan summalar bo‘yicha 
hisob-kitoblar xodimlar bilan boshqa muomalalar bo‘yicha hisob-kitob muomalalarini 
tashkil etadi. Ushbu hisob-kitoblarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko‘zda 
tutilgan: 
4710-“Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”; 
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”; 
4730-“Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari”; 
4790-“Xodimlarning boshqa qarzlari”; 
4710-“Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” hisobvarag‘ida 
korxona xodimlariga kreditga berilgan tovarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobga olinadi. 
Kreditga tovarlar sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti hisobiga uning 
ishchilariga berilgan kredit summalarini savdo korxonalariga toialigicha o‘tkazadilar. 
Kreditga tovar sotib olgan xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olinsa, 
quyidagicha provodka beriladi: 
Debet 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” 
Kredit 6710, 7810
Korxona xodimlardan kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha haqlarni ish haqidan ushlab 
qoladi: 
Debet 6710- “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” 
Kredit 4710- “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” 
So‘ngra ushlab qolingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun yo‘naltiriladi: 


Debet 6810, 7810 
Kredit 5110- “Hisob-kitob schyoti” 
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” hisobvarag‘ida korxona 
ishchilariga berilgan qarzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi, masalan, uy-joy 
qurilishiga, dala-hovlilarni xarid qilish yoki qurish uchun va hokazo. 
Xodimlarga ushbu maqsadlar uchun qarz berilganida quyidagicha provodka beriladi: 
Debet 4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” 
Kredit 5010-“Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” 
Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit hisobiga bevosita bank tomonidan 
xodimga berilsa, u holda quyidagicha provodka beriladi: 
Debet 4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” 
Kredit 6810-“Qisqa muddatli kreditlar” 
Kredit 7810-“Uzoq muddatli kreditlar” 
Qarzdor xodimlardan to‘lovlar qabul qilishganda quyidagicha yozuv qilinadi: 
Debet 5010, 5110, 6710 
Kredit 4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzi” 
Bank kreditlarini so‘ndirish paytida: 
Debet 6810, 7810 
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” 
Korxona tomonidan savdo tashkilotidan 600 ming so‘m summaga topshiriq-
majburiyat olindi. Topshiriq-majburiyatga ko‘ra korxona to‘rt kalendar oyi mobaynida har 
oyda savdo tashkiloti foydasiga A.Samadovdan 150 ming so‘m ushlab qolishi kerak. 
1-variant. Korxona xodimning ish haqidan ushlab qolingan summalarni bevosita 
savdo tashkilotiga o‘tkazadi: 
13.3-jadval 

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish