13 mashg’ulot



Download 329,11 Kb.
bet4/6
Sana25.09.2021
Hajmi329,11 Kb.
#184785
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-amaliy

Jinsiy sistemasi. Jigar qurti, aksariyat so’rg’ichlilar singari germafrodit chuvalchangdir. U barcha organ va qismlarga ega bo’lgan murakkab sistemadir.

Erkaklik jinsiy organlari tananing markaziy qismida joylashgan juda ko’p mayda shoxchalar hosil qilgan bir juft urug’donlardan iborat. Har bir urug’dondan chiqqan urug’ yo’llari qorin so’rg’ichiga yaqinlashib, o’zaro qo’shilib, urug’ pufagini hosil qiladi. Urug’ pufagi biroz ingichkalashib urug’ chiqarish naychasiga aylanadi. Ushbu naycha sirrus deb ataluvchi qo’shilish organiga ochiladi. Sirrus o’z xaltasiga ega va tinch holatda uni ichida joylashadi. Qo’shilish vaqtida sirrus buralib tashqariga chiqariladi.

Urg’ochi jinsiy sistemasi ham bir qator organlardan tashkil topgan. Lekin, boshqa bir qancha so’rg’ichlilardagidek, jigar qurtining urg’ochilik organlari tarkibida ootip shakllanmagan. Shunga binoan ootip funksiyasini tuxumdonning kengaygan uchi bajaradi, chunki ushbu joyga sariqlik yo’li ham kelib qo’shilgan. Urg’ochi jinsiy organlari tarkibiga sariqdondan tashqari yana toq (bitta) tuxumdon, tuxum yo’li, Melis tanachasi, bachadon va jinsiy kloaka kiradi.

Rasm 43. Jigar qurti – Fasciola hepatica



A – jinsiy sistemasini tuzilishi, B – ovqat hazm qilish sistemasi

1 – og’iz so’rg’ichi, 2 – qorin so’rg’ichi, 3 – shoxlangan ichak, 4 – kuyikish organi (sirrus), 5 – tuxumdon, 6 – sariqdon, 7 – sariqdon yo’llari, 8 – urug’don, 9 –urug’ yo’li, 10 - bachadon

Jigar qurtida Laurerov kanali (pufakchasi) aniq shakllanmagan, sariqdon jigar qurtining ikki yon tomonida sariqlik ishlab chiqaruvchi pufakchalar ko’rinishida. Ularning ishlab chiqargan maxsuloti mayda kanalchalar orqali ikki katta kanalga, ular ham o’z navbatida qorin so’rg’ichi yaqiniga kelib qo’shilib, bitta sariqlik yo’li bilan tuxumdonning oxirgi kengaygan uchiga ochiladi. Ushbu joyga Melis tanachasidan hosil bo’lgan suyuqlik ham to’kiladi. Urug’langan tuxumlar bu joyda sariqlik bilan o’raladi, Melis tanachasidan (bezchalardan) kelgan suyuqlikdan esa tuxum po’sti hosil bo’ladi. Jigar qurtlarini ikkitasi o’zaro qo’shilishi (o’z-o’zini urug’lantirishi ham mumkin) paytida urug’ suyuqliklari bilan almashinadi. Jinsiy kloaka orqali qabul qilingan urug’ suyuqligi dastlab bachadon orqali o’tib tuxum yo’lining kengaygan uchiga kelib tushadi va u yerdagi tuxumlarni urug’lantiradi. Urug’langan tuxumlar bachadonga o’tadi va ma’lum vaqt saqlanadi hamda o’z rivojlanishini dastlabki bosqichini shu yerda boshlaydi.



Download 329,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish