Kuchsiz to‘lg‘oq va kuchanishlar deganda bachadondagi homilani tashqariga chiqarish uchun bachadon va qorin muskullarining Etarli darajada qisqara olmasligi tushuniladi. Tug‘ish paytidagi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniqlar bachadon muskullarining kuchsiz qisqarishi va ular orasidagi pauzaning uzayib ketishi hamda qorin muskullari qisqarishining Etarli bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.
Sabablariga ko‘ra, birlamchi va ikkilamchi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniqlar farqlanadi. Tug‘ish jarayonining boshlanishida to‘lg‘oq va kuchaniq kuchsiz bo‘lsa birlamchi, bachadon va qorin muskullarining uzoq vaqt davomida kuchli, ammo natijasiz qisqarishlari tufayli bachadon va qorin muskullari Energiyasining kamayib, hayvonning darmonsizlanishi oqibatida yuzaga kelsa, bunga ikkilamchi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniq deyiladi.
Ko‘p bola tug‘adigan hayvonlarda homilani chiqarilishi uchun ko‘p vaqt talab Etiladigan hollarda ham ikkilamchi xarakterdagi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniq kuzatilishi mumkin.
Sabablari. Birlamchi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniq ko‘pincha hayvonni to‘yimligi past sifasiz oziqalar bilan boqish va uning bo‘g‘ozlik davrida Etarli harakat qilmasligi tufayli yuzaga keladi. Homila pardalarida suyuqliklarning ko‘payishi kasalligi, bachadon devorining haddan tashqari cho‘zilib ketishi, homilaning juda katta bo‘lishi va Egizak homiladorlikda tug‘ish me’yorida kechmasligi mumkin. Qorin devori grijasi va qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi va uning osilib qolishi kuchsiz kuchanishga sabab bo‘ladi. To‘lg‘oqning kuchsiz bo‘lishi ko‘pincha bachadonning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi (uning Etarli rivojlanmasligi, muskul devorining degenerasiyasi, innervasiyasining buzilishi).
Bachadonda homila a’zolarining noto‘g‘ri joylashishi, homila hajmi bilan tos kengligining bir-biriga mos kelmasligi, shuningdek, tug‘ish yo‘llarining tor bo‘lishi tufayli ikkilamchi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniq paydo bo‘ladi. Ko‘p bola tug‘adigan hayvonlarda ko‘pincha ikkilamchi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniq bachadonda homilalar soni ko‘p bo‘lganda yuzaga keladi, chunki homilalarning bir nechtasi tashqariga chiqarilgandan keyin bachadon muskullarining Energiya zapasi sarflanib kuchsizlana boshlaydi.
Davolash. Hayvonda kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniq kuzatilganda ba’zan qo‘lni hayvonning tug‘ish yo‘llari yoki bachadoniga kiritib, uning devorini bosish orqali reflektor yo‘l bilan normal tug‘ish faoliyati qo‘zg‘atiladi.
Yirik hayvonlarning tug‘ish yo‘llarida homila to‘g‘ri joylashganda uning tashqarida joylashgan qismidan qo‘l bilan tortish orqali tug‘ishga yordam berish kerak. Mayda hayvonlarda qorin devori tos tomonga qaratib massaj qilinadi, qoringa issiq kompress (ayniqsa itlarda) qo‘yiladi, qin issiq suv bilan yuviladi.
Shuningdek, bachadonning qisqarish faoliyatini kuchaytiradigan dori preparatlari qo‘llaniladi. Buning uchun 8-10 TB/100 kg dozada oksitosin yoki pitutrin, 20%-li glyukoza eritmasidan 200-400 ml, 20%-li kofein eritmasidan 10-20 ml aralashtirilib, vena qon tomiriga yuboriladi.
Belladona Ektrakti (yirik hayvonlarga 5-10 ml, itlarga 0,25-1,0 ml) pregnantol (yirik hayvonlarga 8-10 ml, mayda kavshovchi hayvon va cho‘chqalarga 1-2 ml, itlarga 0,3-1 ml) teri ostiga yuboriladi. Belladona preparatlari bachadon muskullarining juda ham kuchli darajada qisqarishini ta’minlab, devorining yirtilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ularni faqat bachadon bo‘yni to‘liq ochiq bo‘lganda va homilani tashqariga chiqarilishiga to‘siq bo‘lmaganda qo‘llanish lozim.
Cho‘chqalarda 0,8-1 ml/100 kg dozada Estrofan yoki Estrodiol benzoatdan muskul orasiga yuborish yaxshi natija beradi.
Ikkilamchi kuchsiz to‘lg‘oq va kuchaniqlarda oldin bolani tug‘ilishiga to‘sqinlik qilayotgan birlamchi sabablar bartaraf Etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |