Xalqaro terrorizm – odamlarning behuda halok bo’lishiga olib keluvchi, davlatlar va ular vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar, uchrashuvlarni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy qilmishlar yig’indisi. O’zbekiston Respublikasi xalqaro bitimlarning, chunonchi, xalqaro terrorizm ko’rinishlariga qarshi kurashga qaratilgan bitimlar va konvensiyalar ishtirokchisi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) – yer yuzida tinchlikni va havfsizlikni ta’minlash, davlatlar va millatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yilda ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g’alaba qozongan davlatlarning ixtiyoriy birlashishi natijasida tuzilgan xalqaro tashkilot. O’zbekiston Respublikasi 1992 yil 2-martda BMTga qabul qilingan.
UNESKO – Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkiloti. O’zbekiston Respublikasi 1993 yil 29-oktyabrda ushbu tashkilotga a’zolikka qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |