Yolg’onning mumkin emasligi. Yolg’onning mumkin emasligini kafolatlovchi vositalar uzatuvchi va qabul qiluvchining axborotlar uzatilganligi haqiqat ekanligidan tonishlariga imkon bermasligi kerak. Shunday qilib, agar axborot ishonchli uzatuvchi tomonidan yuborilgan bo’lsa, qabul qiluvchi axborot xuddi shu uzatuvchi tomonidan yuborilganligini isbot qilish imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
Resurslardan foydalanuvchanlik. Buzilishlarning ko’pgina xillari resurslardan foydalanuvchanlikni yo’qolishiga yoki ulardan foydalanishning qiyinlashishiga olib keladi. Bunda ba’zi hollarda autentifikastiya va shifrlash kabi avtomatlashtirilgan qarshi choralar samara bersa, ba’zi hollarda buzilishlarni oldini olish yoki tizim foydalanuvchanligini tiklash uchun ma’lum fizikaviy harakatlar talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |