18.2.Toshkent quyuv mexanika zavodi faoliyatini boshqarish
O'zbekiston SSR Vazirlar Kengashining 1973 yil 28 avgustdagi 392-sonli qaroriga asosan 1979 yilda suvto’sin armaturasi va nostandart gidrotexnik uskunalar zavodi tashkil etilgan. Boshlang'ich nomi - "O'zbekiston irrigatsiya va gidrotexnika mashinasozligi zavodi" bo’lgan. Uning asosiy vazifasi sobiq Sovet Ittifoqining qurilayotgan obyektlari uchun suvto’sin armaturalari, metall konstruksiyalar, nostandart uskunalar, turli xil kranlari bilan qishloq xo'jalik sanoat eksporti liniyasi bo'yicha chet elda qurilayotgan ob'ektlarni ta'minlash edi. Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi korxonalari uchun buyurtmalar ishlab chiqarish hajmining kamayishi munosabati bilan "Dizel lokomotivlari parkini modernizatsiya qilish" loyihasi bo'yicha xorijiy investitsiyalardan yanada samarali foydalanish maqsadida zavod "O'zbekiston temir yo'llari"DATK bo'ysunuviga topshirildi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 oktyabrdagi 464-sonli qarori bilan korxonani "O'zbekiston temir yo'llari" DATK "O'ztemiryo'lmashta'mir" UK "Quyish-mexanika zavodi"ShK ga aylantirish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Zavod o'z faoliyatini vagonlarni va yo'lning yuqori qismlarini ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishdan boshladi.
2004dan beri zavod yarim vagonlar, mineral tashuvchi vagonlar va lokomotivlarni kapital, depov va joriy ta'mirlashni o'zlashtirdi.
2005da zavod tsement tashuvchi vagonlar, xopper vagonlar, yarim vagonlarni ta'mirlash va modernizatsiya qilishni o'zlashtirdi va amalga oshirdi.
2006dan beri zavod xizmat muddatini 5 ga uzaytirish bilan kapital ta’mir, katta hajmli konteynerlarni tashish uchun platformalar, shuningdek, platformalarning xizmat muddatini 5 yilga uzaytirish bilan kapital ta'mirlash dasturini o'zlashtirdi, 2006 yildan buyon yopiq vagonlarning xizmat muddatini 5 yilga uzaytirish bilan kapital ta'mir turlarini o’zlashtirdi. Shuningdek shu davr mobaynida zavod, vagonlarga va yo'lning yuqori qatlami ta’miri uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bo’yicha assortimentini kengaytirdi.
Temir yo'llarni qurish uchun turli xil boltlar, shaybalar va temir yo’l transporti faoliyati uchun zarur bo’ladigan ehtiyot qismlar va qurilmalarni ishlab chiqarish o'zlashtirildi.
2007dan zavod yopiq vagonlarning xizmat muddatini 5 yilga uzaytirish bilan kapital ta'mirlashni amalga oshirib, sementni tashish uchun modernizatsiya qilish, Shuningdek platforma kapital ta’mirlab stement tashish uchun modernizastiya qilish dasturini o’zlashtirdi
2007 yil oxirida yopiq yuk vagonlari va yarim vagonlari qurilishi o'zlashtirildi va ishga tushirildi. 2013-yilda 387 ta yopiq vagon va yarim vagonlar ishlab chiqarildi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bir qatorda, zavod yangi vagonlarni ishlab chiqarish uchun nostandart uskunalar, konduktorlar va moslamalar, shuningdek, ehtiyot qismlarni sinash uchun sinov stendlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirdi.
2012-yilda yuk vagonlarini qurishning yangi modellari o'zlashtirildi:
11-9923modelidagi yopiq vagonning sig’imini 158 m3 va 12-9922 modelidagi yarim vagon sig’imini 92 m3 ga oshirdi, bu esa yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi. Ushbu vagonlar uchun ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi va tegishli sertifikatlar olindi.
2016-2017 yillarda korxona tomonidan seriyali ishlab chiqarilgan mahsulotlar TR bojxona Ittifoqining texnik reglamentiga muvofiq sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini oldi.
Korxonaning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Yuk vagonlarini qurish va ta'mirlash sifatini oshirish, yuk vagonlaridan foydalanish kafolat muddatini ta'minlovchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish
19-9600 modelli mineral o'g'itlarini tashuvchi Hopper vagonlariini seriyali ishlab chiqarishni o'zlashtirish.
19-9596 modelli tsementni tashish uchun Hopper vagonlarni qurish hajmini oshirish .
Vagonlarning yangi turlarini ta'mirlashni o'zlashtirish
Yuk vagonlarini xizmat ko’rsatish muddatini 11 va 16 yilgacha uzaytiri bilan ta’mirlash xajmini oshirish
Yopiq va yarim vagonlarni qurish hajmini oshirish.
Ehtiyot qismlar ishlab chiqarishning assortimentini kengaytirish.
Po’lat va cho’yan quyish stexi rekonstrukstiyasidan keyin tormoz kolodkasi, frikstion klin, ressor usti balkasi, yon ramalar, avtoulash korpusi, tormozlavchi bashmak va shu kabilarni ishlab chiqarish dasturini bajarish
Mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish
Moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash
Korxonaning ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarini rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash.
Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Ishlab chiqarish ekologiyasini yaxshilash
Ishchilarning ish sharoitlarini yaxshilash, xavfsiz va avariyasiz ishlarni ta'minlash.
Nomenklaturani kengaytirish bilan tayyor mahsulotni sotish hajmini oshirish.
Mahsulotlarni eksport qilish orqali savdo bozorini kengaytirish.
Harakat tarkibini va temir yo'lini ta'mirlashda foydalanish uchun uskunalarni loyihalash va ishlab chiqarish;
Harakat tarkibining tarkibiy qismlari va qismlarini ta'mirlash va modernizatsiya qilishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish bo'yicha loyiha-konstruktorlik faoliyati;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun texnik-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Vagonning detal va uzellarini sinovdan o'tkazish;
Qurilish ob'ektlarida metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va montaj qilish;
Yuk ortish mashina va mexanizmlarini ishlab chiqarish;
Aholi ehtiyoji uchun tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish va aholiga pullik xizmatlar ko'rsatish.
Zavodning ishlab chiqarish tarkibi ko’p profilli stexlardan iborat, jumladan:
Yopiq va yarim vagonlarni qurish stexi;
Vagon yig’ish stexi;
Mexanik yig’uv stexi;
Quyuv stexi;
Temir presslash stexi;
Instrumentlar stexi;
Ta’mirlash-komplektlash stexi;
Vagon-g’ildirak stexi;
Mexanik-ta’mir stexi;
Yog’ochni qayta ishlash stexi;
Transport stexi;
Kompressor stexi;
Kislorodlash stexi;
Energiya kuchlanish stexi.
Toshkent quyuv mexanika zavodining boshqaruv tuzilmasi asosan quyidagi yo’nalishlardan iborat bo’lib, har bir boshqaruv personali ma’lum ishlab chiqarish faoliyati uchun javob beradi
-rasm. Toshkent quyuv mexanika zavodining boshqaruv tuzilmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |