13-bob. “O’TY” aj ning iqtisodiy faoliyat boshqarmalari


“O’ztemiryo’lhisob” boshqarmasi, tarkibiy tuzilishi va vazifalari



Download 1,03 Mb.
bet3/45
Sana02.05.2020
Hajmi1,03 Mb.
#48745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
TYT Menejmenti 13-19 bob LOTIN

13.3. “O’ztemiryo’lhisob” boshqarmasi, tarkibiy tuzilishi va vazifalari
“O’ztemiryo’lhisob” markazi temir yo’l tashishlar uchun hisoblar bilan shug’ullanuvchi “O’zbekison temir yo’llari” DATKning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Yuridik shaxs maqomiga ega emas, milliy valyutadagi asosiy va yordamchi daromad hisob raqamiga va tugallanmagan balansga ega. O’zining nomi yozilgan dumaloq muhri, “Xodimlar bo’limi” dumaloq muhri, burchak shtampi bor. Tezkor munosabatlarda buxgaletrlik hisobi va moliya boshqarmasiga boshlig’iga bo’ysunadi.

Markaz xalqaro va ichki temir yo’l tashishlari uchun hisoblarni amalga oshiradi, “O’zbekiston temir yo’llari” DATKsining yuk tashish bo’yicha daromadlarini nazorat qiladi.

Markazning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Temir yo’l transporti to’g’risidagi” Qonuni, temir yo’l Nizomi, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonuniy me’yoriy xujjatlari va temir yo’l tashishlari bo’yicha“O’ztemiryo’lhisob” markazi Nizomiga muvofiq olib boriladi.

Markazning tarkibida tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha texnologik markazlar mavjud:

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Toshkent texnologik markazi –1

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Qo’qon texnologik markazi –2

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Buxoro texnologik markazi –3

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Qo’ng’irot texnologik markazi –4

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Qarshi texnologik markazi –5

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Urgench texnologik markazi – 6

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Andijon texnologik markazi – 7

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Termiz texnologik markazi –8

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Samarqand texnologik markaz –9

Tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha Jizzax texnologik markazi – 10

Markaz boshlig’i tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha texnologik markazlar Nizomini tasdiqlaydi.

Markazning mehnat jamoasi temir yo’l transporti xodimlari uchun jamao shartnomasida ko’zda tutilgan barcha qoida va imtiyolardan, turli ijtimoiy - maishiy va tibbiy xizmatlardan foylanadi.

Markazning asosiy vazifalari:

- temir yo’l xizmatlari uchun barcha turdagi hisoblarni amalga oshirish; tashish xujjatlarini o’z vaqtida va sifatli qayta ishlash ustidan nazorat; yuk tashish stanstiyalari va tashish xujjatlarini qayta ishlash texnologiyasi hisobotini olib borish, mazkur tashishlar bo’yicha kompaniya hisoblash markaziga ma’lumotlar uzatish; kompaniyaga to’lanishi lozim bo’lgan tashish uchun to’lovlar, ko’rsatilgan temir yo’l xizmati uchun yig’im va jarimalarning bajarilishi ustidan nazorat; ekspeditorlik kompaniyalari orqali amalga oshirilgan eksport-import yuk tashishlar hamda tranzit uchun hisob-kitoblar shuningdek boshqa mamlakatlar temir yo’l ma’muriyati bilan hisob-kitoblarni olib borish;

- yuk tashishdan daromadni oshirish, hisoblarni takomillashtirish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- kompaniya hisobiga asosiy va ikkilamchi yig’im jamg’arma tushumlarining to’g’ri va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- OSJD a’zolari va temir yo’l transporti bo’yicha Kengash a’zolari, MDH mamlkatlari, Baltiq bo’yi va uchinchi taraf mamlkatlari temir yo’llari ma’muriyati bilan temir yo’l xizmatlari uchun o’zaro hisoblarni olib borish;

- kompaniya bilan ekspeditorlik tashkilotlari o’rtasida tuzilgan transport-ekspeditorlik xizmatlariga shartnomaning bajarilishi va valyuta hisob raqamiga daromadlarning kelib tushishi ustidan nazorat;

- tashish va hisob xujjatlarining o’z vaqtida va sifatli qayta ishlanishi, yuk tashish hisobotlarini tuzish ustidan nazorat;

- stanstiyalarda yuk xujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilishi, hisobtlarni o’z vaqtida taqdim etish ustidan nazorat;

- vagonlar ijarasi uchun kompaniya shartnomalari bo’yicha daromadlarining to’liq undirilishini ta’minlash;

- kompaniya daromadlarining to’liq kelib tushishini ta’minlash maqsadida tashish xujjatlarini qayta ishlash bo’yicha texnologik markazlar (TexPD), tovar kontoralari va stanstiya yuk saqlash joylarida tekshiruvlar olib borish;

- kompaniyaning asosiy jamg’arma hisobiga tushadigan yig’imlar, jarimalar, tashish to’lovlarini qaytarish, yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchilar yuk etkazib berish muddatining bajarilmasligi uchun jarima to’lash xaqidagi noroziliklarini ko’rib chiqish;

- yuk tashish bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobini olib borish;

- markazning o’zi va unga qarashli texnologik markazlardagi xodimlarni o’qitish va malakasini oshirish tadbirlarini olib borish;

- yuk tashish bo’yicha qat’iy blanklar yig’imi ishiga rahbarlik;

- kundalik daromad hisobiga tushgan pul vositalarini kompaniya hisob raqamiga o’tkazish;

- tashishdan tushgan daromad hisobi va nazorati bo’yicha Kompaniya tarkibiy tuzilmalari tomonidan ishlab chiqilgan buyruq loyihalari, ko’rsatma va yo’riqnomalarni ko’rib chiqish va kelishish;

- elektron-hisoblash texnikasidan foydalanib hisobotlarni tuzish va xujjatlarni qayta ishlashning yangi texnologiyasi va dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish;

- O’zbekison Respublikasi qonunchiligida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat va xizmatlarni bajarish.




«O’TY» AJ tovarlarni ishlab chikarish va sotish vaktida ichki va tashki hamkorlar bilan iktisodiy munosabatlarga kirishadi. Natijada, tashish ishlari va shunga alokdor xizmatlar bo’yicha hisob-kitoblarni yuritish zaruriyati tug’iladi. Hisob-kitoblarni tashkil kilishning asosiy talablari: o’z vaqtida tayyorlash va ma’lumotlarning to’liqligi, ularning bajarilishi soddaligi va qulayligi, hisob-kitoblar tizimining moslashuvchanligi. tashish amalga oshi­riladigan shart-sharoitlar hisobi. Ikki turdagi hisob-kitob tizimi qo’llaniladi - naqd pul va nakd pulsiz xisob-kitob­lar. Naqd pulsiz xisob-kitoblar kredit tashkilotlari orqali amal­ga oshiriladi yoki ularning nazoratida bo’ladi. shuningdek ushbu tizim hisob-kitoblarning birmuncha samarali shakli bo’lib, nakd pul muomalasi xajmini va pul vositalarini o’tkazish, saqlash va nazo­rat qilish bo’yicha xarajatlarni kamaytiradi, bank tizimi resurs­larini oshiradi. Yo’lovchi tashish, yuk tashish, pochta tashish bo’yicha hisob-kitoblar, ularni tashish ishlari amalga oshirilgunga qadar bajarilaai. Agar masofa o’zgarsa, tashish shartlari o’zgarsa yoki stanstiyaga qo’shimcha xizmatlar tayinlangan bo’lsa, yuklarni tashishda tarif summasi va qo’shimcha yigimlar bo’yicha kayta xisob-kitoblar amalga oshi­riladi.

Hisob-kitoblar markazlashtirilian va markazlashtirilmagan toifalarga ajratiladi. Markazlashtirilmagan hisob-kitoblarga stanstiya va vokzallar kassalari, bir martalik yuk tashish uchun yo’lov­chilarga beriladigan biletlarni sotish bo’yicha markazlashtirilgan idoralar orkali amalga oshirilgan hisob-kitoblarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Asosiy markazlashtirilgan hisob-kitob - bu nakd pulsiz hisob-kitoblardir. Yuki tashilayotgan xo’jalik sub’ektining bankdagi hisob rakamidan temir yul kompaniyasining daromadlar qismiga pul o’tkaziladi. To’lovlar quyidagi hisob-kigob hujjatlari orqali oli­nadi - bank tomonidan aksteptlangan to’lov talabnomasi, to’lov topshiriqnomasi. Temir yul transporti xujalik sub’ektlari, bank tashkilotlari va tarif to’lovchisi bo’lgan xo’jalik sub’ektlari o’rtasida hisob-kigob xujjatlarining harakati xujjatlar ayirboshlanishi deyiladi.

Markazlashtirilgan hisob-kigob tizimida xo’jalik sub’ektlari - yuk egalari bilan xisob-kitoblar tashish xujjatlari bilan ishlaydigan maxsus tuzilgan texnologik markazlar (THTM) tomonidan amalga oshiriladi. THTM xizmat ko’rsatish xududi ning chegaralari yirik yuk egalarining tashish xujjatlari bilan operativ ishlash talablariga muvofiq o’rnatiladi. Texnologik markazlarni tashkil kilish stanstiyalarning yuklar bo’yicha hisobotlarini kamaytiradi, xujjatlarning taksirovka sifatini oshiradi, tashish bo’yicha hisoblangan to’lovlar va tushumlar ustidan nazoratni kuchaygiradi.

Tashish bo’yicha xisob-kitoblarni tashkillashtirish tashish uchun to’lovlarni aniklash, tashilayotgan va hisob-kitob xujjatlari bi­lan ishlash texnologiyasini, tashish uchun to’lovlarni olish va ushbu operastiyalar ustidan nazorat qilishni o’z ichiga oladi. Xisob-kitoblarni tashkillashtirish qatnov turi ga karab farkdanadi.

Texnologik markazlarda tashish xujjatlarini ko’rib chiqish tar­tibi quyidagicha. Ko’rib chiqish uchun bekatlardan hujjatlarni qabul kilish tegishli idora tomonidan yuklarni jo’natishga kabul qilinganligi to’grisidagi FO-4 va FO-5 shakllar mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. THTMlarning buxgalterlari tashish qoidalari, tarif va yo’riqnomalar asosida tashish xujjatlarini rasmiylashtirish, ular bilan bog’liq hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat qilishadi. Jarimalarni hisoblash uchun umumlashtirilgan kartochkalar­ni, vedomostlarni va boshqa xujjatlarni tekshirish, vagonlarni tozalash va berish ishlarini nazorat kilish tajribali buxgalterlarning alohida bir guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Tekshirilgan xujjatlar EKIODVga berish uchun EHM operatorlari tomo­nidan ko’rib chiqiladi. Hisob-kitoblar natijalari bekatlar orkali temir yo’llarda tashish ishlari uchun nakd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradigan mijozlarga beriladi. Hisob-kitob kartochkasida temir yo’l tarifining har bir to’lovchisi bo’yicha qisoblangan to’lovlarning va ularni to’lovining hisob-kitobi amalga oshiriladi. Har bir to’lovchi bo’yicha ma’lumotlar u bilan tuzilgan xisob-kitoblar­ni yuritish bitimi asosida elektron ma’lumotnomaga kiritiladi. Kutilayotgan transport xizmatlari uchun oldindan to’lovlar amalga oshirilganda pul mablag’larini mavjudligi to’g’risida o’rnatilgan tartibda ma’lumotnoma beriladi.

Muddati o’tgan debitorlik qarzlari yuzaga kelishi to’grisida ogohlantirish berilishi uchun THTMda maxsus ish bajariladi. EKIODVning olingan hisob-kitob materiallarining hisoblash mar­kazlari tomonidan qayta ko’rib chiqilishi natijalariga ko’ra THMT transport xizmatlarini ko’rsatish asosida debitorlik qarzlariga ega korxonalar ro’yxatini tuzib chiqadi, ushbu ro’yxatga muddati o’tgan debitorlik

karzlariga ega korxonalar ham kiritiladi. Debitorlik qarzlari to’g’risida olingan ma’lumotlar ularni kamaytirish maqsa­dida ushbu holat yo’l qo’yilgan bekatlarga jo’natiladi. THMTda har bir yuk jo’natuvchi bo’yicha debitorlik qarzlarining holati tahlil qilib chiqiladi. Yuzaga kelgan debitorlik qarzlarini yo’q qilish chora-tadbirlari qaydnomasi yuritiladi. THMTda yuzaga kelgan debi­torlik qarzlarini yo’q qilish maqsadida qarzdorlik summasini tasdiqlash uchun qarzdor korxonalar bilan solishtirma akt tuziladi; solishtirma akt asosida qarzdor-to’lovchining hisob raqamiga inkassa qo’llash to’g’risida bankka topshiriq jo’natiladi; agar inkassa topshirig’i ham to’lanmasa, qarzdor-to’lovchiga shikoyat xati kiriti­ladi, ushbu xatda shikoyat summasi va moliyaviy jarima miqdorini hisobga olgan holda qarzdorlik summasi ham ko’rsatiladi.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish