13-amaliy mashg’ulot



Download 23,19 Kb.
Sana06.03.2021
Hajmi23,19 Kb.
#60992
Bog'liq
AT. 13-mavzu


13-amaliy mashg’ulot.

Google Apps - Google kompaniyasi tomonidan hamkorlikda ishlash uchun tavsiya qilingan bulutli xizmatlar va dasturlar paketi. Paketga Google ning Gmail, Google Disk, Google Hangouts, Google Taqvim va Google Hujjatlar veb-dasturlari kiradi. Google Apps bulutli tizim bo’lgani uchun undagi foydalanuvchilar ro’yxati Google ning himoyalangan data-markazlarida saqlanadi. Google ma’lumotlariga ko’ra Google Apps jahonning 5 million tashkilotida ishlatiladi.

Gmail

Gmail pochta servisi 2004 yil 1 aprelda ishga tushirilgan. 2007 yilgacha u faqat taklifnoma bo’yicha ochiq edi. Hozirda u juda ommabop pochta xizmati hisoblanadi.

Google Apps tarkibidagi Gmail qo’shimcha imkoniyatlarga ega. Ularga quyidagilar kiradi.

• kompatiya domenidagi electron pochta manzili;

• uzluksiz ishlashiga kafolat berish;

• 30 ГБ или неограниченное пространство для хранения почты и файлов на Google Диске (зависит от тарифного плана);

• Google Diskda pochta va fayllarni saqlash uchun 30 gb yoki chegaralanmagan joy (tariff rejasiga ko’ra);

• reklamaning yo’qligi;

• sutka davomida ish rejimida bo’lish;

• Google Apps Sync for Microsoft Outlook sinxronizatsiya asbobi.

Google Disk

Fayllarni saqlash va sinxronizasiya qilish uchun Google servisi rasmiy ravishda 24 aprel 2012 yilda namoyish qilingan edi, lekin u haqida ma’lumotlar 6 yil oldin ma’lum edi. Kompaniya blogida Disk fayllarni yaratish va saqlashga ruxsat beradigan, ular ustida ish olib boriladigan va boshqa foydalanuvchilar ruxsatli kirishiga ruxsat beradigan servis sifatida yoritilgan.

Google Diskda ixtiyoriy formatdagi fayllarni yuklash, ularni turli qurilmalarda, ShK, planshet va smartfonlarda ochish va tahrirlash, hamda ulardan boshqa foydalanuvchilar foydalanishiga ruxsat berilishi mumkin. Mac OS va Windows uchun “Disk” dasturi mavjud. Uni kompyuterda yuklashda maxsus papka yaratiladi va undagi barcha o’zgarishlar barcha qurilmalarda sinxronizatsiya qilinadi. Bepul versiyasida foydalanuvchiga Gmailda pochtani, Diskda fayllarni va Google+ da rasmlarni saqlash uchun 15 GB beriladi.

Google tarkibidagi Disk qo’shimcha imkoniyatlarga ega. Ularga quyidagilar kiradi:

• Gmailda pochtani va Diskda fayllarni saqlash uchun 30GB yoki chegaralanmagan joy (tarif rejasiga muvofiq holda);

• 24 soat mobaynida muntazam ishlash;

• ko’rish va tahrirlash uchun ruxsatli kirish sozlanmasi;

• Audit va hisobotlarni shakllantirish uchun kengaytirilgan funksiyalar.

Google hujjatlar, jadvallar, taqdimotlar va shakllar

Google Apps paketi tarkibiga matnli hujjatlar, electron jadvallar, taqdimotlar va so’rovlar bilan ishlash uchun onlayn-muharrirlar kiradi. Ular 11 oktyabr 2006 yilda “Google hujjatlari va jadvallari” nomi ostida taqdim qilingan edi.

Google hujjatlar, jadvallar, taqdimotlar va shakllar Internetga ulangan ixtiyoriy brauzer va barcha mobil telefonlarda ishlaydi. Fayllarga ruxsatli kirish, ularni izohlash va aniq vaqt rejimida boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda tahrirlash mumkin. Qo’shimcha imkoniyatlariga hujjat mavjud bo’lgan davrda o’zgarishlari tarixini kuzatish va fayllarga offlayn kirishni kiritish mumkin.

2014 yil 25 iyunda Microsoft Officening tahrirlash imkoniyatining sozlangan formatini qo’llash qo’shilgan.

Google Saytlar

28 fevral 2008 yilda HTML va veb-dizayn bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilarga ham veb-sahifalarni yaratish va tahrirlashga ruxsat beradigan Google Sayt ishga tushdi. Saytlarni noldan yoki shablon asosida yaratish, ularga rasm va videolarni yuklsh hamda korishga va alohida sahifalarini tahrirlashga ruxsat berishni o’rnatish mumkin.

Avvaliga Google Sayt Google Appsning pullik versiyasi hisoblanib, keyinchalik ochiq holda tarqatila boshlandi. Kompaniyalarda bu xizmat turi loyihalar saytlarini, korporativ tarmoqlar veb-saytlarini yaratish uchun qo’llaniladi

Google Taqvim

Google kompaniyasi 13 aprelda Gmail asosida ishlaydigan onalyn-taqvimni taqdim etdi. U iCal stantarti asosida ishlaydi va boshqa electron taqvimlar bilan mos ishlaydi.

Google Taqvim boshidan birgalikda ishlash uchun yaratilgan edi, shuning uchun unda umumiy ruxsatli kirish va integratsiya funksiyalari kiritilgan. Taqvimni uning sozlanmalari va ishiga ruxsatli kirishga ega boshqa foydalanuvchiga yo’naltirish mumkin. Shuningdek Google Taqvimda tadbirlar uchun konferens-zal va boshqa resurslarni bron qiladigan funksiya mavjud.

Google Taqvim funksiyalari o’z ichiga quyidagilarni oladi:

• xodimlarga foydalanuvchining bandligini ko’rsatuvchi taqvimga ruxsatli kirishni berish;

• bir nechta taqvimlarda berilgan tadbirlarni bitta taqvimga oson bo’lishi uchun tasvirlash;

• mobil dasturni o’rnatish imkoniyati yoki Google Taqvim ni mobil qurilmaning sozlangan taqvimi bilan moslashtirish;

• taqvimlarni Internetda chop etish va Google Sayt bilan integratsiya;

• ma’lumotlarni Exchange, Outlook, iCal taqvimlardan yoki ICS va CSV fayllardan oddiy o’tkazish;

• tadbirlar va boshqa resurslarni rezervlash.

Google Hangouts

15 may 2013 yilda Google Hangouts xizmati Google Talk, Google Voice va Google+ VideoUchrashuv ni o’rnini egalladi. U matnli va ovozli chat hamda videokonferensiyani birlashtirdi. Hangouts kompyuterlar va mobil qurilmalarda ishlaydi. Bepul versiyasida videouchrashuvga 10 tagacha, pulli versiyasida 15 tagacha odam qo’shilishi mumkin. Hamsuhbatlarda boshqa foydalanuvchilarga o’zining ekranini ko’rsatish hamda eslatma va hujjatlarni birgalikda tahrirlash imkoni mavjud. “Hangouts jonli efirda” xizmati videoni Google+, YouTube va real vaqt rejimidagi veb-saytlarga yuborishga ruxst beradi.

Google Apps tarkibidagi Hangouts 15 ishtirokchi uchun videuchrashuv o’tkazadi. Bunda administrator tashqi domen foydalanuvchilariga qo’shilishga ruxsat bermaydi.

Hangoutsda foydalanuvchilar almashadigan xabarlar Internetda saqlanadi, chat tarixini yozish mumkin. Xizmat Google+ bilan integrallashgani uchun hamsuhbatlar almashinadigan barcha rasmlr Google+ ning yopiq albomida saqlanadi.

30 iyul 2014 yildan boshlab Hangouts ruxsatli kirish Google Apps ning barcha mijozlariga, ularda Google+ profile bo’lmasa ham taqdim etiladi. Servis Blue Jeans Network va Intercall kabi dasturchilarning chatlari bilan integrallanadi. Bundan tashqari, Google kompaniyasi Hangouts Google Apps ning boshqa mahsulotlari kabi sharoitlarga ega bo’ladi: foydalanuvchilarga telefonda kun bo’yi gaplashish imkoni, cheksiz ishlash vaqti beriladi hamda ISO27001 va SOC 2 standartlarga mos keladi.

Google+

Google+ ijtimoiy tarmog’i 28 iyun 2011 yilda paydo bo’ldi va avval faqat taklifnomalar bo’yicha taklif qilingan. Google+ Tvitterdan o’tib ketgan bo’lsa ham Facebook dan keyingi ijtimoiy tarmoq hisoblanadi.

27 oktyabr 2011 yildan boshlab Google+ xizmati Google Appsdan foydalanuvchilar uchun ishlatish ruxsat berildi.

29 avgust 2012 yilda Google kompaniyasi Googlr+ xizmatini tashkilotlar uchun ham ishlab chiqara boshladi. Unda kompaniya ichida content bilan almashish va tashqi foydalanuvchilarni profil va yozuvlarga ruxsatli kirishini cheklash imkoni paydo bo’ldi.

5 noyabr 2013 yilda yana bir havfsizlik darajasi yaratildi – faqatgina tashkilot hodimlari ruxsatli kirishi mumkin bo’lgan yopiq xizmatlar. Tashqi foydalanuvchilar unga administrator ruxsati bilan qo’shilishi mumkin.

Blogger — bloglarni yuritish uchun veb-servis bo’lib, ixtiyoriy foydalanuvchi uning yordamida dasturlashtirishsiz va dasturiy ta’minotni o’rnatish va sozlashlarsiz o’zining blogini yaratishi mumkin bo'ladi. Blogger hozirgi kunda Google kompaniyasi egalik qilayotgan Pyra Labs kompaniyasi tomonidan yaratilgan.



1 may 2010 yilgacha Blogger postlari FTP va SFTP yordamida blog egasining xostingiga avtomatik o’tishi mumkin edi.

Google Scholar —Ilmiy nashrlarning barcha format va fanlardan to’liq matnlar bo’yicha bepul qidiruv tizimi.
Download 23,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish