13-amaliy ish: Yo‘l poyini qurishda ishlar sifatini nazorat qilish va ishlarni qabul qilish Ishdan maqsad



Download 199,76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.04.2022
Hajmi199,76 Kb.
#533179
Bog'liq
13-амалий




13-amaliy ish: Yo‘l poyini qurishda ishlar sifatini nazorat qilish va 
ishlarni qabul qilish 
Ishdan maqsad: 
Talabalarga berilgan topshiriqqa asosan yo‘l poyini qurish 
ishlarida ishlar sifatini nazorat qilish va uni tashkil qilish ishlarini o’rganadilar. 
Ishlar sifatining nazorati 
Yo‘l poyini qurishda, avval loyihada ko‘rsatilgan konlardagi, zahiralardagi, 
o‘yilmalardagi, tabiiy asoslardagi gruntlarning haqiqiy ko‘rsatkichlari (zarra 
kattaligi, loysimon gruntlar plastikligi), hamda holati(namligi, zichligi) tekshiriladi. 
Ish bajariladigan joylarda nishabligi 1:3 dan katta qiyaliklar va yonbag‘irlarlar 
mavjud bo‘lsa, qurilish jarayonida yo‘l poyining surilish va cho‘kish xavfi bor-
yo‘qligi nivelir yordamida tekshirib olinadi. 
Yo‘l poyi qurilishi sifatini texnologik jarayonga muvofiq nazorat qilishda 
quyidagilarni tekshirish lozim: 
-yo‘l poyining o‘qi bo‘ylab rejada va balandlikda to‘g‘ri joylashganini; 
- tozalab olinadigan o‘simlik o‘sadigan grunt qatlami qalinligini; 
- yo‘l poyining asosidaga gruntning zichligini;
- ishlatiladigan gruntning namligini; 
- yotqizilayotgan qatlamning qalinligini; 
-ko‘tarma qatlamlarida gruntning bir xilligini; 
- ko‘tarma qatlamlaridagi gruntning zichligini; 
- yuza tekisligini; 
- yo‘l poyi ko‘ndalang kesimi (o‘q bilan cheti orasidagi masofa, ko‘ndalang 
nishabligi, qiyalik tikligi); 
- zax qochiruvchi quvur va suv qaytaruvchi qurilmalar, qatlamlar, yo‘l cheti 
va qiyaliklarning mustahkamligining to‘g‘ri bajarilganligi. 
Gruntning nazorat etiladigan geometrik o‘lchamlari va zichligining yo‘l 
qo‘yiladigan loyihadan chetga chiqishlari 2-ilova (majburiy)da kltirilgan. 
Qish oylarida tuproq ishlari sifatini joriy nazorat qilishda: muzlagan kesaklar 
va ularning kattaligi, undan tashqari yuzani qor va muzlardan tozalanganligi 
qo‘shimcha ravishda tekshirilishi zarur. 
Yo‘l poyining o‘qi, balandligi, ko‘ndalang kesimi, cheti, suv qaytaruvchi va 
zah qochiruvchi qurilmalar, qatlam qalinligini to‘g‘ri joylash-tirilganligini, asosan 
ish jarayonida belgilar o‘rnatilgan joylar yaqinida har 100 metrdan kam bo‘lmagan 
masofada (ko‘ndalang kesimda 3 nuqtada) geodezik asboblar va jihozlar bilan 
tekshiriladi. 
Grunt zichligini har texnologik qatlamni yotqizishda yo‘l poyi o‘qida, 
chetidan 1,5-2,0 masofada, qatlam kengligi 20 m dan ortiq bo‘lganda oraliq 
nuqtalarda tekshiriladi. 



Grunt zichligi, bir smenada zichlovchi mashinalar bajaradigan qismda, 
ko‘tarma balandligi 3 m gacha bo‘lganda har 200 m da, ko‘tarma balandligi 3 m 
dan ko‘p bo‘lganda esa ko‘pi bilan har 50 m masofada aniqlanadi. 
Yuqori qatlamning zichligi har 50m dan ko‘p bo‘lmagan masofada 
tekshiriladi.
Zichlikni qo‘shimcha ravishda nazorat qilish, quvur atrofini to‘ldirishda har 
bir qatlamda, quvurlar ustini yopishda, konuslar va ko‘priklar bilan ulashish 
joylarini qurishda olib boriladi.. 
Ustki qatlam zichligi qalinligining 1/3 yoki kamida 8 sm dan kam 
bo‘lmagan qismida tekshirilishi kerak. 
Zichlik koeffisientining talab qilingan darajadan chetga chiqishi, hamma 
bajarilgan o‘chovlar umumiy sonining 10% dan ko‘p bo‘lmasligi, ammo 0,04 dan 
ortmasligi kerak. 
Foydalanilayotgan gruntlarning namligi asosan olinayotgan erda (zahira, 
konda) smenada kamida 1 marta va har har yog‘ingarchilikda albatta tekshirilishi 
shart. 
Gruntning namligi va zichligi GOST 5180 bo‘yicha aniqlanadi. Ish jarayonida 
nazorat qilishda tez aniqlovchi, ekspress qo‘llanma va asbob-anjomlardan 
foydalanish mumkin. 
Gruntning bir hillik xususiyati ko‘z bilan chamalash asosida tekshiriladi. Agar 
gruntning bir hilligi o‘zgarsa, O‘zRST 25100 bo‘yicha uning farqli ko‘rinishi va 
toifasi aniqlanadi. 
Yo‘l poyi yuzasining tekisligi nivelir bilan ko‘ndalang kesimda, o‘qi va ikki 
chetidagi uch nuqtada kamida har 50 m masofada o‘lchov olish bilan nazorat 
qilinadi. Yo‘l poyining asosi va oraligidagi ko‘tarma qatlamlari yuzasida qurilish 
paytida suv to‘planib qoladigan mayda chuqurchalar bo‘lmasligi kerak. 
Vertikal drenaj uchun ishlatiladigan qumning tuzilishi loyiha talablariga javob 
berishi zahirada smena davomida bir marta aniqlanadi.

Download 199,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish